Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet402/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

fatalizm
ga yo‗l ochadi.
Fatalizm – taqdirga, hamma narsa oldindan belgilanganiga bo‗lgan ishonch. 
Boshqa bir nuqtai nazar tasodifning ahamiyatini oshirib ko‗rsatadi. Bu erda, 
aksincha, voqelikdan har qanday ichki aloqalar, narsalarning ob‘ektiv 
belgilanganligi chiqarib tashlanadi: dunyoda faqat tasodif hukm suradi. Ilmiy 
dunyoqarash birinchi nuqtai nazarni ham, ikkinchi nuqtai nazarni ham tan olmaydi. 
Zaruriyat va tasodif alohida-alohida mavjud bo‗lmaydi. Ularning o‗zaro aloqasi 
shundan iboratki, tasodif zaruriyatning namoyon bo‗lish shakli sifatida va uning 
to‗ldiruvchisi sifatida amal qiladi. Masalan, mamlakatda amalga oshirilayotgan 
islohotlar zaruriy xususiyat kasb etadi. Ularda bu islohotlarni yo‗lga soluvchi 
muayyan siyosiy arboblar tasodifiy element hisoblanadi. 
Zaruriyat va tasodif dialektikasi
ikki muhim jihatni nazarda tutadi. 
Birinchidan, tasodif rivojlanish jarayonida zaruriyatga aylanishi mumkin (u yoki 
bu biologik turning qonuniy belgilari avval tasodifiy og‗ishlar sifatida paydo 
bo‗ladi va to‗planib boradi, so‗ngra ularning asosida tirik organizmning zaruriy 
sifatlari shakllanadi). Ikkinchidan, zaruriyat son-sanoqsiz tasodiflar orqali o‗ziga 
yo‗l ochadi. Masalan, jamiyatning rivojlanishi turli maqsadlarni ko‗zlovchi, fe‘l-
atvori har xil bo‗lgan kishilar faoliyati bilan belgilanadi. Bu maqsadlar va 
intilishlarning aloqai, chatishuvi va to‗qnashuvi pirovard natijada rivojlanishning 
zaruriy, muqarrar xususiyatga ega bo‗lgan muayyan yo‗nalishiga olib keladi.
Dialektikaning barcha qonunlari va kategoriyalari kabi, zaruriyat va tasodif 
ob‘ektiv voqelikni bilishning tayanch nuqtalari hisoblanadi. Bu kategoriyalarning 
funksiyalari teng qimmatga ega emas. Bilishda tasodif doim boshlang‗ich 


515 
instansiya sifatida, zaruriyat – maqsad sifatida amal qiladi. Bilish faoliyati 
tasodifdan zaruriyat sari yuksalish tarzida yuz beradi. 
Zaruriyat va tasodif dialektikasida ichki va tashqi narsalar tushunchalari 
nisbatdosh ekanligini e‘tiborga olish muhimdir. Bir jihatdan ichki bo‗lgan narsa 
boshqa bir jihatdan tashqi xususiyat kasb etadi. Masalan, sayyoralarning quyosh 
sistemasi orbitalari bo‗ylab harakati bu sayyoralarni o‗zaro bog‗lovchi va ular 
aylanayotgan orbitalar shaklini belgilovchi ichki munosabatlar bilan belgilanadi. 
Quyosh sistemasiga nisbatan boshqa kosmik ob‘ektlar tashqi muhitni tashkil etadi. 
Ammo quyosh sistemasi galaktika elementi bo‗lib, yulduzlararo makonda 
muayyan o‗rin egallaydi. SHu sababli ayni shu ob‘ektlar quyosh sistemasi 
sayyoralari evolyusiyasining ham, ularga yaqin kosmik jismlar evolyusiyasining 
ham ichki manbai hisoblanadi. SHu boisdan zaruriyat va tasodif tushunchalari ham 
nisbatdoshdir: bir jihatdan tasodifiy bo‗lgan narsa boshqa bir jihatdan zaruriy 
hisoblanadi.
Zaruriyat va tasodif qarama-qarshiliklar bo‗lsa-da, lekin ular birdir. Har 
qanday hodisa ichki zaruriyat tufayli yuz beradi, ammo uning yuz berishi ko‗p 
sonli tashqi omillar bilan bog‗liq bo‗lgani bois, zaruriyatni tasodif muqarrar tarzda 
to‗ldiradi. Bu zaruriyat ham, tasodif ham sof holda mavjud bo‗lmasligini anglatadi. 
Tasodif – zaruriyatning namoyon bo‗lish shaklidir. Zaruriyat, sabab, qonunni kashf 
etish – ahamiyatsiz, tasodifiy narsalarni mavhumlashtirish demakdir.
Bir qarashda zaruriyat sababiyatga zid bo‗lib tuyuladi. Bu ziddiyat yo 
tasodifiy hodisa sababga ega emasligi bilan, yo tasodifiy hodisalar umuman 
bo‗lmasligi bilan izohlanishi mumkin. Amalda har qanday, shu jumladan tasodifiy 
hodisa ham muayyan sababga ega bo‗ladi 
SHunday qilib, tasodif va zaruriyat – bu imkoniyatni voqelikka 
aylantirishning har xil usullari.
Ammo dunyoda «sof» tasodif ham, «sof» zaruriyat 
ham mavjud emas. Amalda ob‘ektlar mavjud bo‗lgan sharoitlar kuzatib 
bo‗lmaydigan darajada ko‗p sonli, ularning hammasini hech qachon to‗liq hisobga 
olish mumkin emas. Biron-bir konkret ob‘ektni va uning o‗zgarishlarini o‗rganar 
ekanmiz, biz doim bu ob‘ektning mavjudligini belgilovchi sharoitlarning bir 
qisminigina hisobga olamiz, voqealar rivojiga ta‘siri ahamiyatsiz darajada oz 
bo‗lgan boshqa sharoitlarni esa e‘tibordan soqit etamiz. Ammo ayrim sharoitlarga 
nisbatan tasodifiy bo‗lgan voqea boshqa sharoitlarga nisbatan zaruriy bo‗ladi.
Masalan, bilyard soqqasining harakati u olgan turtki sharoiti bilan 
belgilanadi; lekin uning harakatiga bilyard stolining titrashi, stol yuzasining 
notekisligi va hokazolar ta‘sir ko‗rsatishi mumkinligini hisobga olsak, soqqaning 
haqiqiy traektoriyasida tasodif elementi paydo bo‗ladi.
SHunday qilib, har bir voqea qaysidir jihatdan tasodifiy, qaysidir jihatdan 
esa zaruriy hisoblanadi.
Tasodifning zaruriyat bilan aloqasi o‗zgaruvchan sharoitlarda yuz beruvchi 
ommaviy jarayonlarni o‗rganish chog‗ida ayniqsa bo‗rtib namoyon bo‗ladi. 
Masalan, bozorda narxlarning o‗zgarishlari tasodifiy, lekin o‗rta hisobda bu narxlar 
tovarlar qiymatiga zarur darajada mos kelishi lozim. Ko‗p sonli ommaviy tasodifiy 
voqealarda statistik qonuniyatlar namoyon bo‗ladiki, ularga muvofiq bu 


516 
voqealarning butun yig‗indisi zarur darajada u yoki bu xossalarga ega bo‗ladi. Bu 
erda tasodif zaruriyatning namoyon bo‗lish shakli sifatida amal qiladi.
Demak, zaruriyat va tasodif voqealar rivoji davomida sodir bo‗ladigan 
hodisalarni tavsiflaydigan, ob‘ektiv olamdagi aloqadorlikni ifoda etuvchi falsafiy 
kategoriyalar. Falsafaning boshqa kategoriyalari singari zaruriyat va tasodiflarning 
mazmuni hamda umumiy xususiyatlari haqidagi masala hozirga qadar o‗tgan 
ko‗plab faylasuflarning e‘tiborini o‗ziga jalb etgan edi. Ba‘zi faylasuflar 
voqelikdagi narsa, hodisalar muayyan sabablar asosida sodir bo‗lar ekan, demak, 
olamda tasodif bo‗lmaydi, har qanday hodisa ma‘lum sabablar tufayli yuzaga 
keladigan zaruriyatdir deb qaragan. Dunyoda tasodifga o‗rin yo‗q, mavjudlik va 
taraqqiyotni birgina zaruriyat belgilaydi, deb hisoblaganlar.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   398   399   400   401   402   403   404   405   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish