519
amalga oshirishning oliy darajasiga ega bo‗ladi. Masalan, insonning kosmosga
uchish imkoniyati bir paytlar formal bo‗lgan, endilikda u real tus oldi.
Imkoniyatning miqdoriy tavsifi aniqroq bo‗ladi. Agar imkonsizlikni «0»
bilan, voqelikni esa «1» bilan ifodalasak, «0» dan «1» gacha bo‗lgan oraliq
qiymatlarning barchasi imkoniyat darajasini tavsiflaydi. Ehtimollikning shartli o‗qi
atrofida imkoniyatning butun doirasini ko‗rsatish mumkin.
Abstrakt imkoniyatlarni imkoniyatsizlik bilan
ham aynanlashtirish mumkin
emas. CHunki birinchisi, ob‘ektiv qonuniyatlar bilan bog‗liq, ikkinchisi esa
mutlaqo unga qarama-qarshi bo‗ladi. Binobarin, abstrakt imkoniyatlarning
ayrimlarida konkret sharoitga ko‗ra voqelikka aylanish ehtimoli bo‗lishi mumkin.
Jumladan, o‗tgan asr boshida koinotga uchish, uni tadqiq etish abstrakt imkoniyat
holatida edi, ammo fan-texnika taraqqiyoti natijasida asr o‗rtalarida bu real
imkoniyatga aylandi. Demak, abstrakt va real imkoniyat o‗rtasidagi tafovut nisbiy
bo‗lib, rivojlanishning muayyan bosqichlarida birinchisi ikkinchisiga aylanishi ham
mumkin ekan. Xullas, tabiiy va ijtimoiy hayotdagi imkoniyatlarga bir xil o‗lchov
bilan yondashish, ularni bir xil usulda ro‗yobga chiqadi, deb qarash xatodir.
Tabiatda
imkoniyatlar stixiyali tarzda, ob‘ektiv sharoitlar bag‗rida voqelikka
aylanishi bilan chegaralanadi. Jamiyatda esa imkoniyatning voqelikka aylanishida
o‗zgacha mazmun bor, bunda imkoniyatni voqelikka aylantiradigan moddiy,
tashkiliy, siyosiy omillardan tashqari, ma‘naviy shart-sharoitlar ham zarur. Bunga
odamning ongi, irodasi, maqsadi, uyushqoqliligi, faolligi va boshqalar kiradi.
Masalan, bugungi o‗tish davri ijtimoiy rivojlanish qonuniyati bilan belgilanadigan
ob‘ektiv vaziyatlar bilan bog‗liq. Lekin bunga sub‘ektiv vaziyat, ya‘ni
fuqarolar
faolligi, ularning tub o‗zgarishlarga tayyorligi, davlat va nodavlat tashkilotlari
faoliyati kabilar qo‗shilmasa, bu ish muvaffaqiyatli bo‗lmaydi.
SHuning uchun ham ijtimoiy hodisalarning mazmun-mohiyatini aniqlashda
va maqsadga muvofiq yo‗naltirishda sub‘ektiv omillarga ham e‘tibor berish lozim.
Bugungi jamiyatimizning tabiatiga ko‗ra, birinchidan, turli imkoniyatlarning
voqelikka aylanishi uchun umummilliy an‘analar, xalqaro tajriba, mamlakatimizda
demokratik hayot barpo etish kabi shart-sharoitlar mavjud,
ikkinchidan,
jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va g‗oyaviy birligi asosida, sobiq ittifoq
davrida aslo bo‗lmagan yangi imkoniyatlar vujudga kelib, ro‗yobga chiqmoqda.
Ba‘zan real imkoniyatlar o‗zaro raqobatlashadi va ularning biri amalga
oshsa, boshqasi amalga oshmaydi (muqobil imkoniyatlar). Inson maqbul
imkoniyatlar amalga oshishi uchun sharoit yaratish yo‗li bilan voqealar jarayonini
kerakli tomonga yo‗naltirib, unga faol ta‘sir ko‗rsatishga qodir.
.
Do'stlaringiz bilan baham: