Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet406/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   402   403   404   405   406   407   408   409   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Imkoniyat
rivojlanishning ob‟ektiv tendensiyalarini aks ettiradi, u qonuniyat, 
zaruriyatga, o„zgarayotgan narsaning muhim tomonlariga muvofiq yuzaga keladi.
SHuningdek, 
Imkoniyat 
– narsaning uning tugallanmagan, potensial 
rivojlanishidagi ob‟ektiv mavjud bo„lgan va ichdan belgilangan holatini aks 
ettiruvchi falsafiy tushuncha. 
Har bir vaziyatda imkoniyatlarning muayyan to‗plami 
mavjud bo‗lib, ulardan biri amalga oshgani boshqalari chetda qolganini anglatadi. 
Imkoniyatlarning «kurashi» va amalga oshish xususiyatiga ichdan zarur 
tendensiyalarga nisbatan tasodifiy hisoblangan sharoitlar o‗z ta‘sirini ko‗rsatadi. 
SHu sababli voqelik doim ichki va tashqi, mohiyat va hodisa, zaruriyat va 


520 
tasodifning dialektik birligidan iborat bo‗ladi. Ijtimoiy rivojlanish va tabiatning 
o‗zgarishi sohasida imkoniyatning voqelikka aylanishi kishilarning ongli yo‗l 
tanlashi va faoliyati bilan tartibga solinadi.
Ammo imkoniyat qanday ob‘ektiv asoslarga ega bo‗lsa, imkonsizlik ham 
shunday ob‘ektiv asoslarga egadir. Imkonsizlik – ikoniyatga zid tushuncha. 
Imkonsizlik tushunchasi ikki xil ma‘no kasb etadi. Birinchi – predmetning tabiatiga 
mos kelmaydigan narsa bo‗lishi mumkin emas. Masalan, arpa urug‗idan bodring 
etishtirish mumkin emas. Imkonsizlik tushunchasining boshqa bir ma‘nosi 
imkoniyat va zaruriyat kategoriyalarining munosabatlari bilan bog‗liq. Zaruriyat va 
imkoniyat – bir zanjir bo‗g‗inlari: rivojlanayotgan predmet zaruriyati uning boshqa 
bir holati bo‗lishi mumkinligini belgilaydi. Ammo predmetning rivojlanishida, 
odatda, ko‗p sonli muqobil imkoniyatlar mavjud bo‗lgani bois, ulardan birini 
tanlash zaruriy hisoblanmaydi. Bir imkoniyatning ro‗yobga chiqishi qolgan 
imkoniyatlarni ro‗yobga chiqarish imkonini bermaydi. Tuzatib bo‗lmaydigan 
oqibatlarga olib kelgan qabul qilgan qarori, o‗ylamasdan sodir etgan qilmishidan 
afsus chekmagan odam topilmasa kerak. Ba‘zan imkonsizlik boy berilgan 
imkoniyat tarzida mavjud bo‗ladi. Bu holda imkoniyat imkonsiz bo‗lmagan narsa 
sifatida va ayni vaqtda zarur bo‗lmagan narsa sifatida namoyon bo‗ladi.
Har bir predmet ko‗p sonli aloqalar yuzaga kelishiga zamin yaratuvchi 
muayyan muhitda mavjud bo‗ladi. SHu sababli muhim yoki ikkinchi darajali, 
tasodifiy yoki zaruriy bo‗lishi mumkin bo‗lgan ko‗p sonli imkoniyatlar mavjuddir. 
Imkoniyatning ro‗yobga chiqishida ichki va zaruriy aloqalar muhim rol o‗ynaydi, 
ammo uning ro‗yobga chiqish shartlari, garchi ular tasodifiy xususiyatga ega 
bo‗lsa-da, rivojlanish jarayoniga sezilarli darajada, ba‘zan hal qiluvchi ta‘sir 
ko‗rsatadi. Ayni shu sababli voqelik ham zaruriy va tasodifiyning birligi 
hisoblanadi.
Imkoniyat va voqelik bir-biridan farqlanadi, lekin ularni ayrim olingan holda 
mutlaqlashtirish yaramaydi, bir-biridan ajratib qo‗yish ham xatodir. Ammo falsafa 
tarixida imkoniyat va voqelikni dunyodan ajratib, uning mazmunini inkor etish, 
imkoniyat va voqelik faqat ruhning, g‗oyaning, tafakkurning mahsulidir, 
sezgilarning yig‗indisidir, inson istak-irodasining ko‗rinishidir, deb tushuntirishlar 
bo‗lgan. Zamonaviy falsafa imkoniyat va voqelikni ilmiy tushuntirib, bu 
kategoriyalar dunyodagi aloqadorlik va rivojlanishning muhim xususiyat, 
tomonlarini ifodalaydi, olamdagi narsalarning bir shakldan ikkinchi shaklga 
o‗tishini, taraqqiyotning oddiydan murakkabga qarab yo‗nalishini, eskilik bilan 
yangilik o‗rtasidagi qarama-qarshi munosabatlarni bildiradi. deb hisoblaydi. 

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   402   403   404   405   406   407   408   409   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish