Нигинахон шермухамедова


Xullas, sabab va oqibat o‗rtasida murakkab dialektik o‗zaro aloqa



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet397/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   393   394   395   396   397   398   399   400   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Xullas, sabab va oqibat o‗rtasida murakkab dialektik o‗zaro aloqa 
mavjud. 
U quyidagilarda namoyon bo‗ladi:
1) sabab vaqtda oqibatdan oldin keladi. Oqibat sababdan oldinroq yuz 
bermaydi. Ammo bu biri ikkinchisidan oldin keladigan har qanday hodisa u bilan 
sababiy aloqada bo‗ladi, degani emas. Masalan, tun tongdan oldin keladi, lekin u 
tongning sababi hisoblanmaydi; 
2) sabab muayyan sharoitda albatta oqibatni vujudga keltiradi. Sabab va 
oqibat shu darajada bog‗liqki, agar sabab yuz bersa va etarli sharoit mavjud bo‗lsa, 
muqarrar tarzda oqibat ham yuz beradi; 
3) sabab va oqibat bir-biri bilan o‗zaro ta‘sirga kirishadi. Bu o‗zaro 
ta‘sirlanish jarayonida sababgina emas, balki oqibat ham faol bo‗ladi. U sababga 
aks ta‘sir ko‗rsatadi. Misol uchun, g‗oyalar borliqni aks ettiradi, lekin, vujudga 
kelgach, ijtimoiy borliqning o‗zgarishiga kishilarning amaliy faoliyati orqali faol 
ta‘sir ko‗rsatadi; 
4) ayni bir hodisa bir munosabatda sabab sifatida, boshqa bir munosabatda – 
oqibat sifatida amal qiladi. Aytaylik, yomg‗ir – muayyan ob-havo sharoitlarining 
oqibati, lekin uning o‗zi yaxshi hosildorlik sababiga aylanadi; hosildorlik esa 
davlatning iqtisodiy qudratini mustahkamlash omili bo‗lib xizmat qiladi. SHu 
tariqa hodisalar o‗rtasida sababiy aloqa vujudga keladi. Ammo biz faqat ikkita 
alohida-alohida hodisani ko‗rib chiqqanimizda, ular o‗rin almashishi mumkin 
emas; 
5) sabab va oqibatning o‗zaro ta‘siriga tegishli sharoitlar ta‘sir ko‗rsatadi. 
SHaroitlar – bu shunday bir hodisalarki, ular mazkur voqea yuz berishi uchun 
zarur, lekin o„z holicha ular bu voqeani oldindan belgilamaydi.
Oqibat yuz 
berishiga qulaylik yaratuvchi sharoitlar ham, sababning ta‘sirini qaytaruvchi 
sharoitlar ham bo‗lishi mumkin. Ayni bir sabab muayyan sharoitlarda turli 
shakldagi oqibatlar yuz berishiga olib keladi;
6) sababni vaj bilan ayniylashtirmaslik kerak. 
Vaj – bu boshqa voqeadan 
bevosita oldin keladigan, uning yuz berishiga imkoniyat yaratadigan, lekin u uni 
vujudga keltirmaydigan va oldindan belgilamaydigan voqea.
Vaj harakatni 
yaratmaydi, balki unga turtki beradi.
Sababiy aloqa tushunchasi muhim metodologik funksiyani bajaradi. 
Muayyan oqibatning yuz berish sabablari va sharoitlarini bilgan holda, inson 


509 
nafaqat uning yuz berishini bashorat qiladi, balki zarur oqibatni yaratadi. Bu 
insonga o‗tmishni bilish va kelajakka nazar tashlash imkonini beradi.
Umuman olganda, moddiy ob‘ektlarning o‗zi emas, balki ularning 
o‗zgarishlari sabab va oqibat hisoblanadi. Sabab sifatida bir ob‘ektning o‗zgarishi, 
oqibat sifatida esa – boshqa bir ob‘ektning o‗zgarishi amal qiladi. Biron-bir 
voqeaning sababini aniqlash jarayonida biz odatda uning holatlarini tahlil qilamiz. 
O‗zgarmas xususiyatga ega bo‗lgan holatlarni biz sharoitlar qatoriga kiritamiz, 
sababni esa o‗zgaruvchan holatlar orasidan izlaymiz. Ammo sabab va sharoit 
o‗rtasidagi farq nisbiydir. Masalan, televizor egasi tasvir sifati pastligining 
sababini atmosfera shovqinlarida ko‗rishi, telemarkazdan uzoqda joylashganlikni 
esa sharoitlar qatoriga kiritishi mumkin (u televizor egasi uchun – o‗zgarmas 
holat); telemarkaz xodimining nuqtai nazaridan atmosfera shovqinlari ayni holda 
sharoitgina, xolos (ular xodim uchun – o‗zgarmas holat), teleko‗rsatuvlar yomon 
qabul qilinayotganining sababi esa televizor signal manbaidan uzoqda 
joylashlanganligidir (bu, uning nuqtai nazaridan, o‗zgaruvchi kattalik). 

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   393   394   395   396   397   398   399   400   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish