356
belgilaydi, amalda mavjud bo‗lgan barcha imkoniyatlar, tasodiflar va
zaruriyatlarning manbalarini o‗zida mujassamlashtiradi.
O„zaro aloqani tushunish
– umuman ob‟ektni tushunish demakdir.
Ammo har qanday ob‘ekt boshqa ob‘ektlar bilan o‗zaro aloqa qilgani bois,
uning barcha o‗zaro aloqalarini bilish uchun undan boshqa ob‘ektlarni o‗rganishga,
ulardan – uchinchi ob‘ektlarga o‗tishga to‗g‗ri keladi va h.k. Ayrim ob‘ektning
tabiatini belgilovchi o‗zaro aloqani bilish jarayoni cheksizdir. Paskal ta‘biri bilan
aytganda, to‗g‗nag‗ich kallagini bilish uchun butun Olamni bilish talab etiladi.
Aloqa uchun asos.
Aloqa, aloqa uchun asos va aloqa shart-sharoitlari
tushunchalarini farqlash lozim.
Aloqa yuzaga kelishiga imkoniyat yaratuvchi ayrim
xossa, belgi yoki munosabat aloqa uchun asos bo„ladi
. Asosning mavjudligi aloqa
o‗rnatish uchun zarur, lekin etarli emas, chunki uning o‗rnatilishi doim emas, balki
muayyan sharoitdagina yuz beradi. SHart-sharoitlar – bu avvalo predmet mavjud
bo‗lgan muhitdir. U aloqa o‗rnatish uchun qulay yoki noqulay bo‗lishi mumkin.
SHart-sharoitlar o‗z holicha aloqa o‗rnatish omili bo‗lishi mumkin emas, ular faqat
aloqa yuzaga kelishiga ko‗maklashadi yoki monelik qiladi.
Narsalar o‗rtasida aloqa biron-bir muayyan asosga ko‗ra yuzaga keladi.
Umumiy asos ayrim umumiy asosga ega bo‗lgan turli ob‘ektlar o‗rtasida umumiy
aloqa yo‗lini ham vujudga keltiradi.
Masalan, muayyan manfaat guruhlari o„z
manfaatlarini himoya qilish uchun siyosiy guruhlarga birlashadilar, mamlakatdagi
siyosiy muhitga kuchli ta‟sir ko„rsatadilar. Ammo boshqa, masalan, etnik, diniy va
boshqa asoslarga ko„ra ular o„zaro bog„liq bo„lmasligi ham mumkin.
SHunday
qilib, mazkur misolda aloqa yo‗li aloqa yuzaga kelishi uchun asos, boshqa belgilar
– buning shartlaridir. O‗zaro aloqa umumiy xususiyat kasb etadi, u butun borliqqa
xosdir. SHu sababli aloqa tushunchasi dialektikada eng umumiy tushunchalardan
biri hisoblanadi. Boshqa barcha kategoriyalar o‗zaro aloqaning muayyan turlari
bilan tavsiflanadi.
Aloqa tushunchasi o„zaro aloqa, harakat, munosabat tushunchalari orqali
yoritiladi
. «Hozirgi zamon falsafa lug‗ati»da
1
munosabat
tushunchasi
«narsalarning o‗zaro mavjudlik usuli, ularda yashirin xossalarning namoyon
bo‗lish omili» sifatida ta‘riflangan. Bu ta‘rifda munosabatni tavsiflovchi quyidagi
jihatlar farqlanadi: birinchidan, narsalarning o‗zaro mavjudligi, yaqinlashuvi,
birlashuvi. Ikkinchidan, munosabat narsaning xossalarini namoyon etish, ya‘ni
harakatga keltirish usuli sifatida amal qiladi. Uchinchidan, narsalarning birlashuvi
sifatidagi munosabat ta‘sirida kooperativ effekt, ya‘ni
narsalar holatlarining bir-
birini o„zgartirishi
yuz beradi. Bunda munosabat yuzaga kelgunga qadar yashirin
holda mavjud bo‗lgan narsalarning xossalari bir-biriga o‗tadi va namoyon bo‗ladi.
Xullas,
munosabat, bir tomondan, narsalarning o„zaro aloqasini, boshqa
tomondan esa – ularning alohida-alohida mavjudligini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: