355
bog‗lovchi va ular bilan o‗zaro ta‘sirga kirishish imkonini beruvchi xossalarining
yaxlit majmui bilan tavsiflanadi. Narsaning nisbatan mustaqilligi va nisbatan
o‗zgarmasligi boshqa narsalar bilan bog‗liq bo‗lmagan va o‗zgarishsiz qoladigan
narsalar mavjud emasligini anglatadi. SHoir ta‘biri bilan aytganda, «Dunyoda
hamma narsa bir-biri bilan bog‗liqdir». Aslida, bu aloqaning shoirona talqini.
Xo‗sh, aloqa tushunchasining falsafadagi talqini qanday?
Dunyo o‗ta rang-barang. Har bir ob‘ekt ko‗p sonli xossalarga ega bo‗lib,
ular boshqa ob‘ektlar bilan o‗zaro aloqa qilish jarayonida namoyon bo‗ladi.
Boshqacha qilib aytganda, har qanday tuzilma boshqa tuzilmalar bilan aloqaga
kirishish orqali namoyon bo‗ladi. SHunday qilib, har bir ob‘ekt o‗zga ob‘ektlar
bilan qonuniy aloqa qiladi va bu ob‘ektlar bilan o‗zaro ta‘sirga kirishish jarayonida
ishtirok etadi.
Aloqa.
Falsafada aloqa deganda makon yo vaqtda bir-biridan muayyan
masofada uzoqlikda joylashgan ikki yoki bir necha hodisa yoki ob‟ektning o„zaro
bog„lanish jarayoni tushuniladi
. Ob‘ektlar diskretlik, shakllanganlik va nisbatan
mustaqillikdan mahrum bo‗lgan joyda aloqalar mavjud bo‗lishi mumkinmi? O‗z-
o‗zidan ravshanki, shakllangan, nisbatan mustaqil narsalar mavjud bo‗lmagan
joyda aloqa mavjudligini taxmin qilish ham mumkin emas. SHu sababli umumiy
aloqa
kategoriyasi
«narsa»,
«uzluklilik»,
«uzluksizlik»,
«cheksizlik»,
«tuganmaslik» tushunchalari bilan tavsiflanadi. Hozirgi ilmiy bilimga tayanuvchi
borliqning falsafiy talqini olamning universal yaxlitligini, dunyoning birligini
ochib beradi.
Dialektika kategoriyalari borliqning universal aloqalarini bilish
shakli hisoblanadi.
Aloqalarning universalligi ularning tiplari va turlarining rang-barangligida
namoyon bo‗ladi. Aloqalarni tasniflash turli asoslarga ko‗ra amalga oshiriladi.
Xususan, bir tomonlama va o„zaro aloqalar, to„g„ri va egri aloqalar, bevosita va
bilvosita aloqalar, ichki va tashqi
aloqalar farqlanadi
.
Hajm jihatidan aloqalar
umumiy, alohida va xususiy bo„lishi mumkin. Mazmun jihatidan genetik,
funksional, strukturaviy, energetik, moddiy, informatsion
va boshqa aloqalar
farqlanadi. Aloqalarning butun rang-barangligi fanning qaysidir bir tarmog‗i
doirasida tadqiq etilishi mumkin emas. Ularning muayyan turlari maxsus
fanlarning predmeti hisoblanadi. Dialektika borliqning barcha jarayonlariga xos
bo‗lgan umumiy, muhim, universal aloqalarni o‗rganadi. Fan borliqning universal
qonunlarini tashkil etadigan
ichki, zaruriy, muhim, barqaror, takrorlanuvchi
aloqalarga alohida e‘tibor beradi. Umumiy aloqalar dialektika kategoriyalarida
yoritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: