Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet196/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Torsion maydonlar. 
Ilgari surilgan gipotezalarga ko‗ra, beshinchi 
fundamental fizik daraja manbasi 
torsion maydonlar
(aylanish maydonlari) 
bo‗lishi mumkin. Ular ekstrasensor o‗zaro ta‘sirlarda qayd etiladi va ularda hal 
qiluvchi rol o‗ynaydi. 
Torsion maydonlar o„ng va chap aylanishga ega bo„lib, bu 
«o„ng» va «so„l» dunyolar mavjudligini taxmin qilish imkonini beradi.
Tabiiy 
muhitlar orqali o‗tishda torsion nurlanishlarning zaiflashuvi mavjud bo‗lmaydi. 
Olimlar taxminiga ko‗ra, torsion maydon kvantlari sifatida past energetik reliktli 
neytrinolar amal qiladi, torsion nurlanishlarning o‗ta o‗tuvchanligi esa tabiiy 
xususiyat sifatida qaraladi.
Torsion to‗lqinlarning tezligi kamida 10
9
s (yorug‗lik tezligi)ga teng deb 
baholanadi. Ammo bunday misli ko‗rilmagan yorug‗lik tezliklari fizika uchun 
yangi va favqulodda bir hol emas. Torsion maydonlar o‗z-o‗zidan hosil bo‗lishi 
mumkin deb hisoblanadi. Ular fizik vakuumning ta‘sirlanishi natijasi sifatida 
vujudga kelishi mumkin. Har qanday shakl, hatto uning massasi juda oz bo‗lsa 
ham, vakuumni ta‘sirlantirishi va uni qurshagan muhitda torsion maydon sifatida 
namoyon bo‗luvchi qutblashishni vujudga keltirishi mumkin. Bundan tashqari, 
vakuumning elektrostatik yoki elektromagnit maydoni mavjud bo‗lgan qismida 
doim ushbu maydon yaratadigan torsion komponentlar mavjud bo‗ladi. Birlamchi 
torsion maydonlar birdan-bir tavsifi axborotni tashiydigan va o‗zaro ta‘sirga 
kirishish chog‗ida energiya almashmaydigan uyurmalar mavjudligi hisoblanuvchi 
materiya shakli sifatida qaraladi. Ikkilik signallarni torsion aloqa kanali orqali 
birinchi uzatish 1986 yilda amalga oshirilgan
1
.
Tadqiqotchilar torsion maydonlarning effektlarini o‗rganar ekanlar, shuni 
qayd etadilarki, «vakuum fluktuatsiyasi magnit maydonining muayyan analogiga 
olib keladi. Bunda ushbu maydon torsion tuzilmalar tarzida shakllanadi. Torsion 
maydonlarning o‗zi vakuumning axborot tashuvchi birlamchi bioenergetik 
qo‗zg‗alishlari sifatida qaraladi. Ular vakkumdan materiyaning tug‗ilishini, uning 
rivojlanishi va o‗zaro ta‘sirlarini boshqaradi»
2
. G.SHilov torsion maydonlar 
informatsion maydondagi moddiy ob‘ektning o‗rni va ahamiyatini aks ettiruvchi 
barqaror maydon tuzilmalari – fikr shakllaridan iborat, degan xulosaga keladi
3

Barcha moddiy ob‘ektlar o‗z atrofida torsion maydonlarni yaratsa, ong ular bilan 
o‗zaro ta‘sirga kirishish xususiyatini aniqlaydi. Torsion maydon tashqi torsion 
1
қаранг: Акимов А.Е., Шилов Г.И. Сознание, физика торсионных полей и торсионные технологиии // 
Сознание и физическая реальность. – М., 1996. №1-2. – 70-б. 
2
Панов В.Ф., Тестов Б.В., Клюев А.В. Влияние торсионного поля на лабораторных мышей // Сознание и 
физическая реальность. – М., 1998. №4. – 48-49-б. 
3
қаранг: Шилов Г.И. Теория физического вакуума. – М., 1993. – 192-б. 


256 
maydon 
ta‘siri yo‗qolganidan keyin saqlanib qoladigan qutblashuvni 
induksiyalaydi. Bu holda ko‗z tegishi, issitish va sovutish kabi parailmiy 
fenomenlarni, shuningdek «suv xotirasi» hodisasini tushuntirish uchun imkoniyat 
yaratiladi. V.YArsev insonning o‗z tanasi hujayralarini energiya va axborot bilan 
yagona bioenergetik organizmga birlashtirish xossasini kashf etdi. Bunda 
hujayralar birikuvining faollik darajasi va yo‗nalishi inson ongi va uning 
elementlari (aql, sezgilar, iroda) bilan belgilanadi. Umuman olganda inson 
organizmi o‗zining umumiy torsion maydonini yaratadi. Axborotni saqlash va 
uzatishda organizmdagi suv strukturasi ulkan ahamiyat kasb etadi. Bundan 
tashqari, torsion maydonlar o‗z-o‗zidan hosil bo‗lishi mumkin.
Torsion maydonlar nazariyasi – hozirgi zamon fanining eng so‗nggi 
yutuqlaridan biri va shu bilan bir vaqtda ezoterikaning ko‗pgina hodisalarini 
tushuntirish uchun sababiy asos. Torsion maydon tushunchasi sinergetika 
tamoyillarini, xususan attraktorlar harakatiga doir qoidalarni chuqurlashtiradi. 
Elektromagnit nurlanish ham doim torsion elementga ega bo‗ladi. Katta tezlikda 
aylanayotgan jism gravitatsiya kuchini kamaytiradi. Fikr shakli torsion maydonlar 
yordamida uzatilganida telekinez fizikasini abstrakt holda tasavvur qilish mumkin.
Torsion maydon individual xotira substrati hisoblanadi, degan faraz ham 
mavjud. Professor A.Stepanov chiqargan xulosaga ko‗ra, sirtdan keluvchi axborot 
miyaning turli zonalarida kodlanadi va ikki parallel oqimga ajraladi. Bir oqimdan 
kiruv parametrlarining ichki holat matritsalari bilan ayniyligini solishtirish uchun 
foydalaniladi. U organizmning adaptatsion-kompensator faoliyati uchun javob 
beradi. Ikkinchi oqim yangi holatni qayd etadi va kelgan axborotning torsion 
maydonlarini induksiyalaydi
1
. Bunday xulosalar Stanislav Grof ilgari surgan 
xolotrop konsepsiyasiga ham mos keladi. Ongni xolotrop (yunon. holes – yaxlit) 
tushunish ong maydoni miyaning individual faoliyati bilan bilvosita belgilanishini 
va Koinot evolyusiyasining rang-barang tajribasini o‗z ichiga olishini qayd etadi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish