248
– obraz va originalning o‗zaro mosligi darajasi har xil bo‗lishi mumkin.
In‘ikos natijasi nafaqat tashqi ta‘sirlar (aks ettiriluvchi), balki hodisaning ichki
tabiati (aks ettiruvchi) bilan ham belgilanadi.
P.Anoxin nazariyasi.
Borliqni oldinroq aks ettirish g„oyasi P.Anoxin
tomonidan ishlab chiqilgan.
U materiyaning makon va vaqt doirasidagi
harakatining asosiy shakllari noorganik tabiatda tirik organizmlar paydo
bo„lishidan ancha oldin mavjud bo„lganiga e‟tibor qaratdi
. «Jonli materiya»
dunyoning tayyor makon-vaqt strukturasiga «singib ketgan»
va muqarrar tarzda
uning xossalarini o‗zida mujassamlashtirgan. Mavjud shart-sharoitga moslashish
zarurati tug‗ilgan. Moslashish jarayonida tashqi vaqt ko‗rsatkichlari, aniqrog‗i,
ketma-ketliklar katta rol o‗ynagan.
Bu ketma-ketliklarni P.Anoxin ikki guruhga ajratdi:
1. Ketma-ketliklarning takrorlanuvchi, tiklanuvchi, ritmlilik va sikllilik (kun
– tun; bahor – yoz – kuz – qish) bilan tavsiflanuvchi muhim, doimiy va barqaror
qatorlari.
2.
Mazkur
organizmning
hayotida
keyinchalik
takrorlanmaydigan
ahamiyatsiz va tasodifiy ketma-ketliklar qatori (masalan, dovul, zilzila va h.k.),
ahamiyatsiz va tasodifiy ketma-ketliklargina mavjud bo‗lganida, hayot rivojlana
olmas, tirik organizm barqaror va mustahkam strukturaga ega bo‗lmas edi. CHunki
bunday struktura tashqi dunyoning organizmga ritmli va siklli ta‘sirlari
in‘ikosining natijasi sifatidagina paydo bo‗lishi mumkin. Tabiiy ritmlarga
bo‗ysunuvchi o‗zaro ta‘sirlar organizmga minglab va
millionlab yillar davomida
ta‘sir ko‗rsatadi. Ular organizmlarning tuzilishida qayd etiladi. Natijada organizm
oldinroq aks ettirish qobiliyatiga ega bo‗ladi.
Masalan, kuz keldi, barglar to‗kiladi, fiziologik jarayonlar sekinlashadi,
daraxtlar qishni qarshi olishga tayyorlanib suvsizlanadi,
lekin hali sovuq tushgani
yo‗q. Bu oldinroq aks ettirishga misol. Vaqtda organizmning (sub‘ektning)
o‗zgarishi unga tashqi holatlar (ob‘ekt) ta‘sir ko‗rsatishidan oldinroq yuz bergan
.
Oldinroq aks ettirish – noorganik dunyo va atrof-muhitning takrorlanuvchi
ta‟sirlariga tirik organizmning reaksiyasi.
Bu ketma-ketlik va takroriylik muhim
xossalar hisoblanuvchi noorganik dunyoning makon-vaqt
strukturasiga jonli
materiya moslashuvining asosiy shaklidir.
Oldinroq aks ettirish jonli sistemalar dunyoda chidamli, moslashuvchan,
o„zgarishlarga to„la bo„lishiga imkoniyat yaratadi. Insonda oldinroq aks ettirish
qobiliyati ilmiy bashorat va prognostika shaklini kasb etadi.
In‘ikos
yo protsessual tomondan, yo natija nuqtai nazaridan qaralishi
mumkin. Tashqi real aks ettiriluvchi ob‘ekt yo‗q bo‗lganidan keyin in‘ikosning
o‗zi, aks ettirish jarayonining natijasi sifatida, yo‗q bo‗lmaydi, balki aks ettiruvchi
ob‘ektda iz ko‗rinishida saqlanib qoladi. SHunday qilib, tashqi ta‘sir aks
ettiruvchining tarkibidan o‗rin oladi. S.L.Rubinshteyn materiya aks ettirish
qobiliyatining ayni shu xususiyatini nazarda tutib, har bir hodisa ma‘lum ma‘noda
«Olam ko‗zgusi va aks sadosidir», degan. Axborotning atributiv konsepsiyasi shu
asosda tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: