Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet195/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

«Er» sistemasida axborot energiya almashinuvi inson uchun yanada 
foydaliroq bo„lgan yashash joylarini tanlash, tabiiy va antropogen xususiyatga ega 
bo„lgan nouyg„un vaziyatlarni bashorat qilish imkonini beradi.
«Kosmos» sistemasi uchun astrofizik paradokslarni echish, astrologiyaning 
ilmiy boyligi va «kontaktyorlik» effektlarining oqilona qismi ayniqsa muhimdir. 
Hozirgi vaqtda har bir ob‘ektga ham, butun Koinotga ham yo‗ldosh bo‗lgan 
o‗ziga xos informatsion maydonlar mavjudligi aksariyat olimlar tomonidan tan 
olingan. Koinotda axborot olami informatsion maydonida jamlanadi deb 
hisoblanadi. Ammo mazkur jarayon mexanizmi hanuzgacha o‗rganilmagan. 


253 
Informatsion maydon ob‘ektning davomiga aylanadi, binobarin, u ob‘ektning 
xususiyatini o‗rganishda hisobga olinishi lozim.
G.SHvebs axborot maydonlarining o„ziga xos xususiyatlari ustida mulohaza 
yuritar ekan, materiya (ob‟ekt)ning mohiyatini aks ettiruvchi va boshqa 
informatsion maydonlar bilan bog„lovchi bo„g„in bo„lib xizmat qiluvchi birlamchi 
informatsion maydonni va shu jumladan golografiklik va fraktallik bilan 
tavsiflanuvchi singulyar informatsion maydonni ajratishni taklif qiladi.
Axborot maydonlarining quyidagi tiplari farqlanadi: 

bo‗lg‗usi voqealar kodini tashuvchi axborot maydoni; 

kosmik axborot maydoni; 

geoaxborot maydoni (kosmik informatsion maydonning erdagi in‘ikosi; 

gelioaxborot maydoni; 

galaktik axborot maydoni
1

Axborot maydonlari tabiatini tushunishga ob‘ektning o‗z nurlanishi 
nazariyasi ayniqsa yaqin keladi. Biomaydon organizm nurlanishlari majmuidan 
iborat bo‗lib, biolokatsiya metodlari (romlar, mayatniklar va sh.k.) yordamida qayd 
etiladi. Biomaydonning maxsus komponenti sifatida psi-nurlanish amal qiladi. U 
shunday bir chegaraga egalik bilan tavsiflanadiki, bu chegara ortida u mavjud 
bo‗lmaydi. Jonsiz ob‘ektlar uchun psi-maydon uning yuzasidan 0,5-0,6 m ni, inson 
uchun uning tanasi sirtidan (o‗rta hisobda) 2,5-2,6 m ni qamrab oladi. Psi-maydon 
pilla shakliga ega, organizm funksiyalarining buzilishi chiqindilar tashlanishiga va 
pillaning qarama-qarshi tomonida botiqlar paydo bo‗lishiga olib keladi, degan 
tasavvur vujudga kelgan. Inson psi-maydonining anomaliyalarini aniqlash va 
bartaraf etish muhim vazifa bo‗lib, uni echish insonning sog‗lig‗i va ish 
qobiliyatini quvvatlash uchun zarur. SHu bilan bir vaqtda tadqiqotchilar sun‘iy psi-
maydonlar paydo bo‗lishi va faoliyat ko‗rsatishining salbiy oqibatlari muammosini 
ham qayd etadilar. F.YUsupov «Tabiiy psi-maydonlar mavjudligi jonli 
mavjudotlar yashaydigan muhitning xossalaridan biridir,-deb ta‘kidlaydi. – Jonli 
materiya o‗z tadrijiy rivojlanishining millardlab yillari mobaynida bu maydonlarga 
moslashgan. Sun‘iy psi-nurlanishlar bu moslashuvga putur etkazadi. Sun‘iy psi-
nurlanishlar generatorlari (televizorlar va kompyuterlar)ning odamlar yashaydigan 
joylarga keng miqyosda ekspaniyasi qo‗qqisdan yuz berishi va ko‗p vaqtga 
cho‗zilmasligi (taxminan 50 yil) bilan ajralib turadi. Bu muddat ichida irsiy yo‗l 
bilan avloddan-avlodga o‗tuvchi himoya mexanizmlari shakllanib ulgurmaydi»
2
.
Hozirgi 
zamon 
fani 
kvant-mexanik 
effektlar 
asosida 
axborotni 
kanallashtirishning turli tiplari mavjud bo‗lishi mumkin degan qoidani qabul 
qiladi. Bu erda tegishli kodlar yoki filtrlar mavjudligi ayniqsa muhim ahamiyat 
kasb etadi. Jumladan, G.YUng qayd etgan jamoa ongsizligi miyaga bevosita 
semantik maydondan muayyan kanal orqali keluvchi axborotni o‗z-o‗zidan 
taroziga solib ko‗rishni ta‘minlovchi tug‗ma kodlar yoki filtrlar to‗plami sifatida 
tushunilishi mumkin. Ongli matnning shakllanish bosqichi mavjud emas, lekin 
ba‘zan anglash jarayoni individual ong osti sohasida kodlangan dastur bilan o‗zaro 
1
қаранг: Швебс Г.И. Холистическая научно-эзотерическая доктрина мироздания // Сознание и физическая 
реальность. – М., 1998. №5. – 7,11-б. 
2
Юсупов Ф. О феномене пси-излучения // Сознание и физическая реальность. – М., 1998. №6. – 63-б. 


254 
ta‘sirga kirishish natijasida yuz berishi mumkin. Bunday jarayonlar uchun javob 
beradigan va sinergetikadagi attraktor tushunchasi bilan ayniy bo‗lgan struktura 
ezoterikada egregor
 
deb ataladi. Egregorning boshqacha talqini ham mavjud bo‗lib, 
u antik an‘anaga yaqin turadi: bu erda u Kosmik Logos sifatida tushuniladi. 
Egregor (jamoa ongi) individdan tortib etnosga qadar bo„lgan har bir sistemali 
tuzilmaga mosdir, deb hisoblanadi.
U muntazam boshqaruvchi va yo‗l 
ko‗rsatuvchi harakatga ega. Egregor yo‗l ko‗rsatuvchi struktura, har bir xalqqa xos 
bo‗lgan funksional omil sifatida tushuniladi
1
. SHu ma‘noda etnos egregori o‗zidan 
sotsium energetikasini o‗tkazadi va o‗ziga xos bo‗lgan funksiyalarni hamda 
o‗zidan lozim darajada foydalanish shakllarini tanlaydi.
Energiya axborot almashinuvi mexanizmi kontekstida Eynshteyn – 
Podolskiy – Rozen paradoksining oqibatlari ustida mulohazalar alohida ahamiyat 
kasb etadi. V.Erekaev qayd etishicha, paradoksning mohiyati shundan iboratki, 
o‗zaro ta‘sirga kirishgan va uzoq masofaga tarqalgan ikki kvant zarrasiga nisbatan 
bir zarra xossalarining o‗zgarishi, kvant mexanikasi qonunlariga binoan, ikkinchi 
zarraning o‗zgarishiga sabab bo‗ladi. O‗zaro ta‘sirga uchinchi zarra kirishsa
birinchi zarra o‗zining dastlabki «sherigi» - ikkinchi zarra bilan yuz bergan 
o‗zgarishlarni «his etishi» va o‗z ko‗rsatkichlarini o‗zgartirishi lozim. Uchinchi 
zarra ayrim to‗rtinchi zarra bilan o‗zaro ta‘sirga kirishsa, Eynshteyn – Podolskiy – 
Rozen paradoksining effektiga ko‗ra, ikkinchi zarra bundan ta‘sirlanishi va o‗z 
ko‗rsatkichlarini o‗zgartirishi darkor. U o‗zgarganidan so‗ng birinchi zarrada ham 
o‗zgarishlar yuz berishi lozim va h.k. Bu mikrodunyoda muayyan turdagi 
«zanjirli» o‗zaro ta‘sirlar mavjudligini anglatishi mumkin. Bunday zanjir qay 
darajada uzun bo‗lishi mumkin? Agar u cheksiz bo‗lsa, har bir zarra o‗zaro ta‘sirlar 
bo‗yicha o‗z sheriklarini va o‗zining tug‗ilgandan boshlab tarixini «yodda 
saqlashi» kerak. Mazkur holat «teleonomizm» terminidan foydalanib muhokama 
qilinadi. «Bu effektlar natijasida, - deb qayd etadi V.Erekaev, - birinchi zarra 
tashqi (makroskopik) kuzatuvchi nuqtai nazaridan o‗z ko‗rsatkichlarini muntazam 
ravishda spontan va sababsiz o‗zgartirishi lozim. Aslida u o‗zining o‗zaro ta‘sirlar 
bo‗yicha oldingi sheriklari holatlarining o‗zgarishlarini pinhona va ziyraklik bilan 
kuzatadi. Bu erda makroasboblar bilan ko‗rib bo‗lmaydigan sababiy bog‗lanishlar 
yoki «korrelyasiya zanjirlari» ishlaydi»
2
.
Bu va boshqa ko‗pgina innovatsion gipotezalar energoinformatsion 
jarayonlarni tushunish va ulardan insoniyatning gumanistik rivojlanishi 
maqsadlarida foydalanish uchun keng yo‗l ochadi. Hozirgi informatsion-energetik 
o‗zaro ta‘sirlar tizimida yozilmagan qonunlar maqomiga ega bo‗lgan bir qancha 
qoidalar mavjud:
1. Axborot-energiya o‗zaro ta‘sirlarning barcha texnikalari mutlaq emas, 
balki nisbiy xususiyat kasb etadi. Ularni real axborot-energetik qobiliyatlarga ega 
bo‗lgan, kasbiy tayyorgarlikdan o‗tgan, yuksak ma‘naviy burch hissi va ruhiy 
barqarorlik bilan tavsiflanadigan kishilar ishga solishlari mumkin.
1
қаранг: Файдыш Е.А. Природа времени. Связь между настоящим и будущим // Сознание и физическая 
реальность. – М., 1998. №4. – 5-б. 
2
Эрекаев В.Д. Некоторые следствия парадокса Эйнштейна – Подольского – Розена // Смирновские чтения. 
Международная конференция. – М., 1999. – 211-б.


255 
2. Axborot-energetik o‗zaro ta‘sirlar amalga oshishining ishonchlilik 
darajasi yuz foiz emas. U Inson – Er – Kosmos sistemalarining uchalasida ham 
tashqi omillar hamda operatorning holatiga bog‗liq bo‗ladi.
3. Axborot-energetik texnikalar inson ongi bilan bog‗liq bo‗lgani bois, bu 
ongga destruktiv ta‘sirlardan himoya zarur. Mehr-muhabbat, yaxshi niyatlar 
haqidagi da‘volar o‗z-o‗zidan shaxs va jamiyat psixosferasi uning «shifokorlari» 
tomonidan buzilishidan himoyalovchi vosita bo‗lib xizmat qilmaydi. Amaliyot 
sinovidan o‗tgan, tabobatda esa – uzoq vaqt barqaror natijalar bergan vositalargina 
shaxs va jamiyat tafakkurini himoyalashni yuksak darajada kafolatlashi mumkin. 

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish