252
shuni ko‗rsatadiki, sensorli axborotni mumkin qadar kamaytirish va unga chek
qo‗yish gallyusinatsiyalar va alahlash jadal sur‘atlarda rivojlanishiga olib keladi.
Fiziologik oziq oladigan, lekin axborotdan mahrum etilgan chaqaloqlar sust
o‗sishga, ba‘zan halok bo‗lishga mahkumdirlar. Axborot miyaning asosiy ozig‗idir
va u rang-barang, ko‗p va ishonchli bo‗lishi, yangilik xususiyatiga egalik bilan
tavsiflanishi lozim, deb taxmin qilish mumkin.
Kezi kelganda insonning sog‗lom mavjudligi ontologik asoslari bilan
bevosita bog‗liq bo‗lgan yana bir jihatni qayd etib o‗tish o‗rinli bo‗ladi. Biron-bir
patologiya xususida: «Moddalar almashinuvi buzilgan», deb aytish odat tusini
olgan. Ko‗pgina anomaliyalarni ayni shu keng tushuntiruvchi asosga ishora qilish
orqali talqin etishga harakat qiladilar. Hayotga moddalar almashinuvi sifatida
qarash keng tarqalgan va odat tusini olgan. Vaholanki, moddalar almashinuviga
yo‗ldosh jarayonlarning barchasi energiya yutish bilan ham, ko‗p miqdorda
energiya sarfi bilan ham bog‗liq. Organizm moddalarni qayta ishlashi: parchalash,
ajratish va o‗zlashtirish, dissimilyasiya va assimilyasiya jarayonlari juda ko‗p
energiya sarfini talab qiladi. Insonga uning hayot faoliyati jarayonida, har bir
elementar hayot amalida ko‗p miqdorda energiya kerak bo‗ladi. Bularning barchasi
inson hayotiga energiyalar almashinuvi sifatida yondashishga majbur etadi.
Energiya tashqi muhitdan axborot olish uchun, unga organizmning o‗zida ishlov
berish uchun zarur. Emotsiyalar va fikrlash jarayonining faollik darajasi energiya
sarfining indikatorlari bo‗lib xizmat qiladi.
Organizm infraqizil nurlanishlarga ham, ultrabinafsha nurlanishlarga ham
uning uchun joiz va maqbul diapazonda muhtoj bo‗lishi aniqlangan. Energiya
ko‗pgina jarayonlarning katalizatori bo‗lishi ham, ularga monelik qiluvchi omil
bo‗lishi ham mumkin deb hisoblanadi. Inson organizmiga o‗zini o‗zi sozlovchi va
o‗zini o‗zi rostlovchi tizim sifatida qarash odat tusini olgan. Uning ulkan
laboratoriyasida organlar, hujayralar va to‗qimalarning talablariga muvofiq
energiyaning oqilona taqsimlanishi va sarflanishi yuz berishi taxmin qilinadi.
Mushak to‗qimasi, nerv tolalari, miya ayni vaqtda energiya omborlari,
akkumulyatorlari va iste‘molchilaridir. Organizmga energiyaning muayyan
zaxirasini yaratish xos. Oqsillar, yog‗lar va uglevodlar energiya manbalari sifatida
etakchi va muhim rol o‗ynaydilar, lekin hayot ta‘minotining energiya axborot
almashinuvi jarayonlari moddiy tushuntirish paradigmasi doirasiga sig‗ishi
mumkin emas. Zikr etilgan oziq moddalargina emas, balki quyosh, havo, suv
energiyasi ham inson organizmining oziq manbai hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: