Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

In‘ikosning shakllari

In‘ikos jarayonining namoyon bo‗lish xususiyati 
materiyaning tuzilish darajasiga bog‗liq. SHu munosabat bilan in‘ikosning turli, 
chunonchi: 
- jonsiz tabiatdagi; 
- jonli tabiatdagi; 
- jamiyatdagi darajalari farqlanadi.
Materiyaning rivojlanish jarayonida uning tuzilishining murakkablashuvi 
yuz beradi. SHu bois materiyaning harakat shakllari qancha bo‗lsa, in‘ikos 
shakllari ham shuncha bo‗ladi: mexanik, fizik, kimyoviy, biologik (psixik), 
ijtimoiy va hokazo. In‘ikos shakllarining evolyusiyasi jonsiz tabiat narsalarining 
xossasi sifatida amal qiluvchi in‘ikos yuqoriroq darajadagi in‘ikosning elementar 
negizini tashkil etishini nazarda tutadi. Bu darajada in‘ikos muhit haroratining 
o‗zgarishiga qarab oddiy mexanik deformatsiya, qisqarish yoki kengayish 
ko‗rinishida, yorug‗lik in‘ikosi, elektromagnit to‗lqinlarning o‗zgarishi in‘ikosi, 
ovoz to‗lqinlari in‘ikosi (aks sado), kimyoviy o‗zgarishlar (masalan, lakmus qog‗oz 
rangining o‗zgarishi) in‘ikosi sifatida amal qilishi mumkin. 
1
Дидро // Всемирная энциклопедия. -М.: Современный литератор, 2001.-С.134. 


246 
Jonsiz tabiatdagi in‟ikosga tanlash xususiyati va kumulyativlik, ya‟ni oldingi 
ta‟sirlarning izlarini saqlash xosdir
. In‘ikosning tanlash xususiyati o‗zaro ta‘sirga 
kirishuvchi ob‘ektlarning o‗ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Masalan, 
kimyoviy element boshqa har qanday element bilan emas, balki tanlash va ajratish 
asosida kimyoviy reaksiyalarga kirishadi hamda birikadi. Tabiatdagi ayrim 
predmetlar ekranlashtirish xossalariga ega bo‗ladi va elektromagnit to‗lqinlarni aks 
ettiradi, ayrim predmetlar esa bunday xossalarga ega bo‗lmaydi. Kumulyativlik – 
oldingi ta‘sirlarning izlarini saqlash tizimning eskirishi haqida hukm chiqarish 
imkonini beradi. Aks ettiruvchi tizim oldingi ta‘sirlarni «yodda saqlaydi» va 
o‗zining keyingi faoliyatida ularni hisobga oladi.
Jonlining jonsizdan farqi haqida gapirganimizda, biz XIX asrning ikkinchi 
yarmida yuzaga kelgan, ammo hozirgi zamon fani inkor etmagan, balki 
mufassallashtirgan hayotning universal ta‘rifini eslaymiz: «Hayot – bu oqsilli 
jismlarning mavjudlik usulidir». Oqsillar, aminokislotalar, nuklein kislotalar 
tiriklikning eng muhim unsurlari hisoblanadi. Ko‗payish, o‗sish va moddalar 
almashinuvi tirik organizmlarning o‗ziga xos xususiyatidir. O‗z-o‗zidan ko‗payish 
qobiliyati kimyoviy reaksiyalarning jonsiz tabiatda uchramaydigan turi bilan 
ta‘minlanadi va matritsali sintez deb ataladi. V.A.Engelgardt jonli sistemalarning 
yana bir muhim xossasi – «xaosdan tartib o‗rnatish» qobiliyatini, ya‘ni hayot 
jarayonlarining entropiyaga zid xususiyatini qayd etadi. Tirik organizmlar 
molekulalarning xaotik issiqlik harakatini tartibga solishga qodir. 
Jonli tabiatda in‟ikos oddiy bir hujayralilar va o„simliklarning 
ta‟sirlanuvchanligi, asab hujayralarining ta‟sirchanligi ko„rinishida, shuningdek, 
hayvonlar darajasida ularning xulq-atvorini tartibga solishni ta‟minlovchi psixik 
in‟ikos ko„rinishida mavjud bo„ladi.
Biologik in‘ikos shunday bir xossaki, usiz 
hayvonlar o‗z mavjudlik sharoitiga moslasha olmaydi. Ma‘lumki, ayrim 
o‗simliklarning barglari doimo yorug‗lik manbai tomonga – nurlar ularga 90 
gradusga intiluvchi burchak ostida tushadigan tarzda qarab o‗sadi. Kungaboqar 
boshchasi quyosh tomonga o‗girilib o‗sadi. SHunga o‗xshash hodisalarni ildiz 
sistemasining o‗sishida ham kuzatish mumkin. Oziqlanish va suv ta‘minoti shart-
sharoitlari optimal bo‗lgan joyda ildiz yaxshi o‗sadi.
Mimikriya hodisasi jonli tabiatdagi in‟ikosning o„ziga xos shakli 
hisoblanadi. Jonli sistemalar in‟ikosining mazkur shakli mavjudlikning muayyan 
shart-sharoitlariga yaxshiroq moslashish imkonini beradi
. Turli hayvonlar ularni 
ko‗zga ko‗rinmas qilib qo‗yadigan yoki ularning dushmanlarini hurkitadigan shakl, 
tus yoki holatga kirganida mimikriya hodisasi yuz beradi.
Biologik in‟ikosda ikki jarayon kuzatiladi. Birinchi – in‟ikosda aks etayotgan 
narsani in‟ikosning barcha (tubanroq) shakllariga xos bo„lishi mumkin bo„lgan 
tuzilishi o„z ifodasini topadi
. Masalan, issiqlik ta‘sirida har qanday jism, shu 
jumladan, organizm qiziydi. 
Ikkinchi - aks etayotgan narsaning o„ziga xos 
xususiyatlari in‟ikosning jonli tizimlargagina xos bo„lgan alohida jarayonlari 
bilan bog„lanadi.
Keltirilgan jarayonga tatbiqan aytish mumkinki, organizmning 
nafaqat qizishi, balki uning suvsizlanishi ham yuz beradi. O‗simlik suvni 
bug‗lantiradi, inson terlaydi, uning butun ichki sistemalari normal faoliyati 
o‗zgaradi. I.Pavlov fikriga ko‗ra, har qanday in‘ikos ikki asosiy komponentdan 


247 
tashkil topadi: birinchi – tashqi komponent predmetlar o‗rtasidagi reaksiyalar 
shaklida namoyon bo‗ladi; ikkinchi – ichki komponent o‗zaro ta‘sirlar natijasida 
yuzaga keluvchi ichki holatlar, izlar shaklida mavjud bo‗ladi
1
.
Biologik in‟ikos ta‟sirlanuvchanlik va ta‟sirchanlik bilan tavsiflanadi.
Sezgi 
psixik in‘ikosning asosiy shakli hisoblanadi. 
Organizm asab sistemasiga ega 
bo„lgan holdagina psixik in‟ikos to„g„risida so„z yuritish mumkin.
Sezgi 
organizmning xulq-atvoriga ta‘sir ko‗rsatuvchi sub‘ektiv, ichki holat sifatida amal 
qiladi, lekin organizm uchun muhim omillarni ob‘ektiv aks ettiradi.
In‟ikosning psixik shakliga
sezgi bilan bir qatorda instinktlar, shartli 
reflekslar, idrok etish, emotsiyalar, fikrlash kiradi
. Instinkt mazkur turning hamma 
ko‗rinishlarida bir xil bo‗lgan murakkab tug‗ma xususiyat sifatida amal qiladi. 
Lekin instinkt juda tor doiradagina maqsadga muvofiqdir. Asalarilar shaklan va 
mustahkamlik jihatidan mukammal bo‗lgan mumkataklar yasaydi. Lekin katak tubi 
qirqib olib tashlansa, asalari bunga e‘tibor bermaydi va katakka asal quyishda 
davom etadi. Tirik organizm darajasidagi in‘ikosning o‗ziga xos xususiyati 
shundan iboratki, jonli sistemalarda aktual in‘ikoslar tarzida yuz beruvchi 
o‗zgarishlar individlar tajribasida va turlarning xossalarida saqlanib qoladi hamda 
yig‗ilib boradi.
Sub‘ekt o‗zini qancha faol tutsa, u shuncha ko‗p predmetni aks ettiradi. 
Masalan, qoyatosh to‗lqinlar ta‘sirida emiriladi, korall – organizm o‗sib boradi. U 
suvdan oziq moddalarni o‗zlashtiradi. Bunda organizm ta‘sirga shunchaki javob 
bermaydi, u atrof-muhitni o‗zgartiradi.
Materiya tuzilishining ijtimoiy darajasida in‟ikos
 
quyidagilarni o„z ichiga 
oladi: a) o„z faoliyatini tartibga soluvchi individni ongli aks ettirish; b) fan, san‟at 
hamda ijtimoiy ongning jamiyat hayotini aks ettiruvchi boshqa shakllari; v) 
in‟ikosning inson sun‟iy sistemalar yaratuvchi texnika, bog„lanish va 
boshqaruvdagi shakli alohida o„rin egallaydi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish