Нигинахон шермухамедова


Axborotning turli konsepsiyalari



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet193/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Axborotning turli konsepsiyalari.
«Axborot» tushunchasi (lot. – 
informatio) etimologik jihatdan tanishish, xabar, tushuntirish sifatida talqin 


249 
qilinadi. Axborotning predmet sohasi to‗g‗risidagi masalaga bag‗ishlangan falsafiy 
munozaralarda kamida uch nuqtai nazar vujudga kelgan. 
Birinchidan, axborot 
muloqot sohasi va umumiy ilmiy refleksiya vositasi sifatida talqin qilinadi. 
Ikkinchidan, u o„z-o„zidan tashkil topuvchi tizimlarning o„zaro ta‟sirlarni tartibga 
solish bilan bog„liq bo„lgan xossasi sifatida tushuniladi. Uchinchidan, axborot 
materiya va energiya taqsimlanishining turli jinslilik mezoni, dunyoning azaliy 
turli jinsliligini qayd etuvchi barcha moddiy tizimlar xossasi sifatida namoyon 
bo„ladi
. Axborotning yuqorida zikr etilgan talqini hozirgi zamon nazariyasidan 
axborotning atributiv, funksional va kommunikativ konsepsiyalari degan nomlar 
bilan o‗rin olgan.

Atributiv konsepsiya axborotning jonli va jonsiz tabiatdagi har qanday 
ob‟ektlar va jarayonlarda rang-baranglikning in‟ikosi sifatidagi keng talqiniga 
tayanadi.
Unda axborot umuman olganda materiya va energiyaning dunyoda yuz 
beruvchi barcha jarayonlarga yo‗ldosh bo‗lgan makon va vaqtda taqsimlanishining 
turli jinsliligi mezoni sifatida tavsiflanadi. Akademik V.Glushkov axborot moddiy 
jismlarning o‗zi va, binobarin, ular yaratgan turli jinsliliklar mavjud bo‗lgani uchun 
ham mavjuddir, degan xulosaga kelgan. Har qanday turli jinslilik o‗zida muayyan 
axborotni aks ettiradi.
Axborotning materiya va energiya taqsimlanishining turli jinslilik mezoni 
sifatidagi keng atributiv talqinida asosiy e‟tibor tartibga solish funksiyasiga emas, 
balki dastlabki rang-baranglik sharoitida almashinuvni ta‟minlashga qaratiladi.
YAngi struktura haqida axborot vujudga kelgani «tasodifiy» tanlash 
mustahkamlanganini anglatadi. Tabiat o‗zi nimani istashini «oldindan» bilmaydi, u 
«ko‗r-ko‗rona» mutatsiya qiladi, erishilgan har bir natijani u qay darajada ishonchli 
ekanligini aniqlash maqsadida sinovdan o‗tkazadi. Barcha takrorlanish hollari 
keyingi rivojlanish jarayoniga ta‘sir etuvchi turli holatlarni o‗z ichiga oladi. 
Axborot almashinuv jarayonlari aniq pirovard maqsadlar va tartibga solish 
darajalariga ega emas. Ular azaldan o‗zgaruvchan, mutlaqo nomutanosib o‗zaro 
ta‘sirlar maydonida aktuallashadi. Bu holda axborot tabiiy stoxastikaga 
(noaniqlikka) monelik qilmasdan almashinuv jarayonlari haqida signal beradi, 
degan xulosa mutlaqo o‗rinli va asoslidir.
Axborotning funksional konsepsiya doirasida in‟ikosning o„zini o„zi 
boshqaruvchi tizimlar bilan bog„liq bo„lgan shakli tushuniladi. 
Mazkur kontekstda 
axborot materiyaning umumiy xossasi sifatida emas, balki o‗zini o‗zi boshqaruvchi 
jonli tizimlar yoki ongli mavjudotlarning xususiyati sifatida, optimal 
boshqaruvning asosiy omili va sharti sifatida talqin qilingan. Funksional 
konsepsiya doirasida inson ongining informatsion tabiati muammosi mutlaqo 
yangicha mazmun kasb etdi.
Ortiqchalik, etarli emaslik, optimallik axborotning xususiyatlari sifatida qayd 
etiladi. Axborot oqimlari qayd etuvchi va boshqaruvchi axborot oqimlariga 
bo‗linadi. 
Ijtimoiy o„zgaruvchan va invariant axborot ham farqlanadi. Ijtimoiy 
o„zgaruvchan axborotda mafkuraviy qoliplar, milliy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa 
munosabatlarning ta‟siri seziladi, u ijtimoiy guruhlarning ehtiyojlari hamda 
psixologik xususiyatlarini aks ettiradi.


250 
Axborotning kommunikativ konsepsiyasi ma‟lumot, xabarlar berish, 
ishlarning holati haqida xabardor etishni o„z ichiga oladi va u XX asr 20-
yillarining o„rtalarigacha amal qildi.
Uzatiluvchi ma‘lumotlar hajmi o‗sishi bilan 
ularni miqdoriy o‗lchash zarurati tug‗iladi. 1948 yilda K.SHennon axborotning 
matematik nazariyasini yaratdi. Unda 
axborot deganda odamlar bir-biriga 
beruvchi har qanday xabarlar emas, balki oluvchida noaniqlikni kamaytiruvchi 
xabarlargina tushunilgan.
Axborot manbai, axborot uzatish moslamasi, aloqa 
tarmog‗i, qabul qilgich, adresat va shovqinlar manbaidan iborat bo‗lgan aloqa 
abstrakt sxemasi taklif qilingan. Bunday jarayonlar bilish va boshqarishda ayniqsa 
muhim ahamiyat kasb etgan. N.Viner axborot tushunchasidan tirik organizmlar, 
jamiyat va mashinalarda boshqaruv va aloqa haqidagi fan – kibernetikada 
foydalanishni taklif qilgan
1
.
«Axborot jamiyati» tarafdorlarining fikriga ko‗ra, jamiyatda eng muhim 
narsa – axborotdir. Ular dunyo miqyosidagi elektron sivilizatsiya loyihasini ilgari 
suradi. 
Ijtimoiy 
axborotning 
salbiy 
jihatlariga 
ilmiy 
bilimlar 
rolini 
mutlaqlashtiruvchi ssientistik kayfiyatlarning paydo bo‗lishi, bilimlarning o‗sgan 
hajmini «aralash-quralash» idrok etish, tezkor va uyushqoq teskari aloqaning 
yo‗qligi kiritiladi. YUzaga kelishi mumkin bo‗lgan «informatsion ochlik» ishlov 
berilmagan ma‘lumotlarning juda ko‗p miqdori bilan zarur axborotning etarli 
bo‗lmagan miqdori o‗rtasidagi tafovut bilan belgilanadi 
Ba‘zida axborotning xususiyatlariga uning ortiqchaligi, etarli emasligi va 
optimalligini kiritadilar. Bunda qayd etuvchi va boshqaruvchi axborot oqimlari 
farqlanadi.
SHuningdek ijtimoiy o‗zgaruvchan va bir variantli axborot ham tafovut 
etiladi. 
Ijtimoiy o„zgaruvchan axborot mafkuraviy andozalarni, milliy, siyosiy, 
iqtisodiy va boshqa munosabatlarni o„z ichiga oladi, ijtimoiy guruhlarning 
ehtiyojlari va psixologik xususiyatlarini aks ettiradi. 
Hozirgi falsafiy adabiyotlarda 
aynan axborotning atributiv konsepsiyasi alohida istiqbollar bilan bog‗lanadi. 
YAngi ilmiy yo‗nalish sanalgan informatikada energiya axborot o‗zaro 
ta‘sirlarning quyidagi tiplari farqlanadi: 
energo-moddiy o„zaro ta‟sirlar; moddiy-
energetik o„zaro ta‟sirlar; energo-informatsion o„zaro ta‟sirlar; informatsion-
energetik o„zaro ta‟sirlar.
Xususan, axborot-energetik o‗zaro ta‘sirlar juda oz 
energiya kiritilishi bilan tavsiflanadi (masalan, ekstrasens ta‘sirida). Teran dunyoda 
energiya nolga yaqin, axborot esa cheksizlik sari intiladi.
Fizikada ma‘lum bo‗lgan to‗rt fundamental o‗zaro ta‘sir: gravitatsion, 
elektromagnitli, kuchli va kuchsiz o‗zaro ta‘sirlar ong va anomal hodisalarning 
axborot-energetik fenomenlarini hali tushuntirib berganicha yo‗q. SHu sababli 
teran dunyolar strukturasi hozirgi zamon tabiatshunosligi sohasida 
beshinchi – 
informatsion tipdagi fundamental o„zaro ta‟sir
bilan bog‗liq bo‗lishi lozim degan 
faraz mavjud. Bu holda axborot maydonlari teran dunyo elementlari sifatida 
odatdagi fizik ma‘nodagi kuch maydonlari emas. Ular energiyasiz bo‗lishi lozim, 
ularda axborot uzatish jarayonlari entropiyasiz, shuningdek yorug‗lik tezligidan 
1
қаранг: Винер Н. Кибернетика и общество. – М., 1953.


251 
ham ortiq bo‗lgan tezliklardan iborat bo‗lmog‗i darkor
1
. Eynshteyn postulati 
yorug‗lik tezligi chegarasini axborot maydonlari uchun emas, balki elektromagnit 
maydonlar uchun ta‘riflagan va shu bois u bilan kelishmovchiliklar yo‗q.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish