Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Ibn Sino 
fikricha ham borliqning asosi ―vujudi vojib‖ ya‘ni Ollohdir. Vujudi 
vojib bu birinchi mohiyat. Uning mavjudligi sababini boshqa narsalardan qidirish 
noo‗rin. CHunki birinchi sabab uning natijasi bo‗lgan xilma xil jarayonlarning 
mohiyatiga bog‗liq bo‗la olmaydi
3
. Zero vujudi vojibning mavjudligi uning o‗ziga 
bog‗liq. U yagona, abadiy mohiyat. Unda kamchilik va qusurlar bo‗lishi mumkin 
emas. Vujudi vojib doimiy faol, unda toliqish sustlik bo‗lishi mumkin emas. 
Vujudi vojib vujudi mumkinning yaratuvchisi. Vujudi mumkinning ichki mohiyati 
harakat bilan bog‗liq. Ibn Sinoning borliq haqidagi qarashlari keyingi mutafakkirlar 
ijodiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatdi. 
Tasavvuf ta‘limotida borliq muammosi. 
Tasavvufda oriflar va oshiqlar 
o‗zlarining poetik asarlarida va mifologik g‗oyalarida borliq haqidagi bilimlarini 
bayon etganlar.
Poetik ontologiyada birinchidan, ramz, majozlar, qiyos va h.k. ko‗p. 
Ikkinchidan, ushbu ontologiya inson tafakkuriga emas, ko‗proq tuyg‗ularga 
yo‗nalgan. Ayniqsa, musiqa jo‗rligi, tasviriy san‘at asarlarida namoyon bo‗lgan, 
«Aruz» vaznida bitilgan maqomlarda kuylangan. 
Uchinchidan, poeziya qalb faolligining mahsuli hisoblanadi va u asosan
tuyg‗ularga ta‘sir etadi. Buni anglashning mantiqiy tafakkurdan yuqori shakli, 
deyish mumkin. SHu ma‘noda poeziyani tushunish uchun ongning mantiqiy 
(nazariy) tafakkurdan yuqoriroq shakli – intellektual intuitsiya taqazo etiladi. 
1
Ал-Форобий Политика гражданства (Фуқаролик сиѐсати). –Душанбе.1995. –Б.31 
2
Ўш ерда.-Б.31 
3
Ибн Сино Трактат о разделении // Классификации существующих вещей//Материалы по истории 
прогрессивной философии .-М.: 2003. –С. 56 


20 
CHiziqli (mantiqiy) tafakkurning yolg‗iz o‗zida esa, na intellektual va na estetik 
(hissiy) intuitsiya ishtirok etmaydi. SHu ma‘noda A.Navoiy aytganidek, majozlar 
haqiqatga ancha yaqinroq. 
To‗rtinchidan, ramzlar, majozlar hammaga ham aytilishi mumkin bo‗lmagan 
ba‘zi g‗oyalarni (sirlarni) muayyan odamlargagina etkazish vazifasini bajargan.
Sufiylar may majozini har qanday odam emas, balki faqat Xudoning 
marhamati bilan u bilan aloqaga muyassar bo‗lgan muayyan (maxsus) insonlargina 
boshdan kechiradigan zavqu - shavq, jazba holatini ifodalash uchun qo‗llaganlar. 
Alisher Navoiy bu ramzlarni quyidagicha tushuntirgan: 
Sen gumon qilg„ondin o„zga jomi may mavjud erur, 
Bilmayin nafy (inkor) etma, mayxona ahlin zohido. 
U
shbu g‗azaldagi ontologik va gnoseologik g‗oyalar quyidagicha: 1. Quyoshning 
nurlari Xudo (mohiyat)dan kelib chiqadi; 2. Agar inson dunyoviy tashvishlardan 
ko‗nglini (diqqatini) uzib mohiyatga yuzlana olsa, uning qalbi ham zavqdan xuddi 
quyoshday porlab ketadi; 3. Inson mohiyatan Xudoga etishadi, birlik (vahdat) 
zavqini tuyadi.
Tasavvuf prozasida ham shu kabi ramzlar ishlatiladi. Masalan, Ibn 
Sinoning «Hay ibn YAkzon» asarida (qush – jon – tayr forscha. Semurg‗ - Xudo 
(mohiyat, Vahdat) tuban nafs – yirtqich hayvon va bilan ifodalangan). 
Abu Said Mayhoniy borliqning mohiyati, ya‘ni Xudoni shunday 
ta‘riflaydi: 
Jon dildagi bir suvratu (Platon, Aristoteldagi «shakl») ma‟no 
(ushbu sur‟atga ma‟no bag„ishlaguvchi, ya‟ni strukturlab 
(tuzish) o„sha shaklni olishga ta‟sir qilgan kuch) Sensan. 
Maqsidi hama din ila dunyo Sensan, 
Ham barcha uchun ma‟shuqi tanho Sensan 
Lek kimga nihon (yashirin), kimga xuvaydo (namoyon) Sensan. 
Sufiy Ahmad Jomiyning quyidagi misralarida, panteistik ontologiya 
yaqqol namoyon bo‗ladi. Ushbu satrlarda u Xudoning tilidan shunday yozadi: 
Men barcha mavjudotlarda bo„laman paydo, 
Men odam libosida ham bo„ldim xuvaydo. 
Zotim barcha ashyolarda bo„lur namoyon, 
Bari menu, o„zga narsa bo„lmaydi paydo, 
 
Manam dar kulli mavjudot paydo, 
Manam bir kisvati odam xuvaydo. 
Ba zohir zoti dar jumla oshiist, 
Manam jus‟ man naboshat hech paydo. 
 
Mashrab g‗azalida esa ontologiya quyidagicha tavsiflanadi:
Bu tani xokiyniyu ruhi ravonni na qilay, 
Bo„lmasa qoshimda janona, bu jahonni na qilay. 
YOrsiz ham bodasiz Makkaga bormoq na qilay, 
Ibrohimdin qolg„on ul eski do„konni na qilay. 


21 
Urayinmu boshima 8 behishtu do„zoxin, 
Bo„lmasa yor vasli menga 2 jahonni na qilay. 
Zarrai nuri quyoshdek bu jahon ichra tamom, 
Oshkora bo„lsa, bu sirri nihonni na kilay. 
Arshning kungurasin ustiga qo„ydim oyogim, 
Lomakondin xabar topdim, bu makonni na qilay.
Ushbu misralarda jannat (osmonlar)ning va do‗zaxning strukturasi (8 
qavatli) hamda Arshning makonsizligi (lomakon) haqidagi g‗oyalar o‗rin olgan. 
Zero, makonsizlik Xudoning zotiga tegishli sifat bo‗lib, bu sifat materiyasiz sof 
mohiyatni bildiradi. Tasavvuf mistik poeziyasida Olam (kosmos) yaralishining ilk 
manzarasi jarayoni ham juda jonli ifodalangan. 
 
A. Navoiyning «Layli va Majnun» dostoniga epigraf sifatida kirgan 
ushbu jumlalar Injildagi: Azalda Xudo Osmon bilan Erni yaratadi (yaralishdan 
oldin). Er hali shaklsiz (xaos holida) va bo‗m – bo‗sh bo‗lib, tubsizlik uzra 
qorong‗ulik (ya‘ni xaos) hukm suradi. Xudoning ruhi esa, (shu dastlabki 
yaratuvchi shabada – nasimi ofarinisi edi) suv (xaos) yuzida parvoz etadi. Xudo 
«yorug‗lik bo‗lsin» (Bo‗l!), deb amr etdi (bu erda A. Navoiy poeziyasida 
dinlarning tolerantligi ham ko‗rinadi). Zero, qur‘onda ham shunga juda mos oyati 
karima bor (2:117). 
A. Navoiyning badiiy mistik ontologiyasi «Lison ut – tayr» asarida 
yorqin ifoda etilgan. Unga butun olamdagi barcha mavjudot bir xil, dastlabki ulug‗ 
(moya) yoki javhar – ilohiy substansiyaning zaruratidir. Xudo bu mavjudotlardan 
tashqarida emas, balki ularning o‗zida mavjuddir Koinot (kosmos, olam) uning 
mir‘ati (oynasi, ko‗zgusi) va undagi barcha mavjudot Xudoning zuhurati botinlik 
ichki, noayyonlik holatidan ayonlik, tashqi, ko‗rinadigan (seziladigan) holatga 
o‗tishidir. Asar muqaddimasidayoq Navoiy Xudoning xillaridan biri bo‗lgan 
insonni ilohiyligini va uni olam yaratilishining bosh maqsadi ekani g‗oyasini 
bayon etadi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish