20
CHiziqli (mantiqiy) tafakkurning yolg‗iz o‗zida esa, na
intellektual va na estetik
(hissiy) intuitsiya ishtirok etmaydi. SHu ma‘noda A.Navoiy aytganidek, majozlar
haqiqatga ancha yaqinroq.
To‗rtinchidan, ramzlar, majozlar hammaga ham aytilishi mumkin bo‗lmagan
ba‘zi g‗oyalarni (sirlarni) muayyan odamlargagina etkazish vazifasini bajargan.
Sufiylar may majozini har qanday odam emas,
balki faqat Xudoning
marhamati bilan u bilan aloqaga muyassar bo‗lgan muayyan (maxsus) insonlargina
boshdan kechiradigan zavqu - shavq, jazba holatini ifodalash uchun qo‗llaganlar.
Alisher Navoiy bu ramzlarni quyidagicha tushuntirgan:
Sen gumon qilg„ondin o„zga jomi may mavjud erur,
Bilmayin nafy (inkor) etma, mayxona ahlin zohido.
U
shbu g‗azaldagi ontologik va gnoseologik g‗oyalar quyidagicha: 1. Quyoshning
nurlari Xudo (mohiyat)dan kelib chiqadi; 2. Agar inson
dunyoviy tashvishlardan
ko‗nglini (diqqatini) uzib mohiyatga yuzlana olsa, uning qalbi ham zavqdan xuddi
quyoshday porlab ketadi; 3. Inson mohiyatan Xudoga etishadi, birlik (vahdat)
zavqini tuyadi.
Tasavvuf prozasida ham shu kabi ramzlar ishlatiladi. Masalan, Ibn
Sinoning «Hay ibn YAkzon» asarida (qush – jon – tayr forscha. Semurg‗ - Xudo
(mohiyat, Vahdat) tuban nafs – yirtqich hayvon va bilan ifodalangan).
Abu Said Mayhoniy borliqning mohiyati, ya‘ni
Xudoni shunday
ta‘riflaydi:
Jon dildagi bir suvratu (Platon, Aristoteldagi «shakl») ma‟no
(ushbu sur‟atga ma‟no bag„ishlaguvchi, ya‟ni strukturlab
(tuzish) o„sha shaklni olishga ta‟sir qilgan kuch) Sensan.
Maqsidi hama din ila dunyo Sensan,
Ham barcha uchun ma‟shuqi tanho Sensan
Lek kimga nihon (yashirin), kimga xuvaydo (namoyon) Sensan.
Sufiy Ahmad Jomiyning quyidagi misralarida, panteistik ontologiya
yaqqol namoyon bo‗ladi. Ushbu satrlarda u Xudoning tilidan shunday yozadi:
Men barcha mavjudotlarda bo„laman paydo,
Men odam libosida ham bo„ldim xuvaydo.
Zotim barcha ashyolarda bo„lur namoyon,
Bari menu, o„zga narsa bo„lmaydi paydo,
Manam dar kulli mavjudot paydo,
Manam bir kisvati odam xuvaydo.
Ba zohir zoti dar jumla oshiist,
Manam jus‟ man naboshat hech paydo.
Mashrab g‗azalida esa ontologiya quyidagicha tavsiflanadi:
Bu tani xokiyniyu ruhi ravonni na qilay,
Bo„lmasa qoshimda janona, bu jahonni na qilay.
YOrsiz ham bodasiz Makkaga bormoq na qilay,
Ibrohimdin qolg„on ul eski do„konni na qilay.
21
Urayinmu boshima 8 behishtu do„zoxin,
Bo„lmasa yor vasli menga 2 jahonni na qilay.
Zarrai nuri quyoshdek bu jahon ichra tamom,
Oshkora bo„lsa, bu sirri nihonni na kilay.
Arshning kungurasin ustiga qo„ydim oyogim,
Lomakondin xabar topdim, bu makonni na qilay.
Ushbu misralarda jannat (osmonlar)ning va do‗zaxning strukturasi (8
qavatli) hamda Arshning makonsizligi (lomakon) haqidagi g‗oyalar o‗rin olgan.
Zero, makonsizlik Xudoning zotiga tegishli sifat bo‗lib,
bu sifat materiyasiz sof
mohiyatni bildiradi. Tasavvuf mistik poeziyasida Olam (kosmos) yaralishining ilk
manzarasi jarayoni ham juda jonli ifodalangan.
A. Navoiyning «Layli va Majnun» dostoniga epigraf sifatida kirgan
ushbu jumlalar Injildagi: Azalda Xudo Osmon bilan Erni yaratadi (yaralishdan
oldin). Er hali shaklsiz (xaos holida) va bo‗m – bo‗sh bo‗lib, tubsizlik uzra
qorong‗ulik (ya‘ni xaos) hukm suradi. Xudoning ruhi esa, (shu
dastlabki
yaratuvchi shabada – nasimi ofarinisi edi) suv (xaos) yuzida parvoz etadi. Xudo
«yorug‗lik bo‗lsin» (Bo‗l!), deb amr etdi (bu erda A. Navoiy poeziyasida
dinlarning tolerantligi ham ko‗rinadi). Zero, qur‘onda ham shunga juda mos oyati
karima bor (2:117).
A. Navoiyning badiiy mistik ontologiyasi «Lison ut – tayr» asarida
yorqin ifoda etilgan. Unga butun olamdagi barcha mavjudot bir xil, dastlabki ulug‗
(moya) yoki javhar – ilohiy substansiyaning zaruratidir. Xudo bu mavjudotlardan
tashqarida emas, balki ularning o‗zida mavjuddir Koinot (kosmos, olam)
uning
mir‘ati (oynasi, ko‗zgusi) va undagi barcha mavjudot Xudoning zuhurati botinlik
ichki, noayyonlik holatidan ayonlik, tashqi, ko‗rinadigan (seziladigan) holatga
o‗tishidir. Asar muqaddimasidayoq Navoiy Xudoning xillaridan biri bo‗lgan
insonni ilohiyligini va uni olam yaratilishining bosh maqsadi ekani g‗oyasini
bayon etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: