Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Maqsad sabab.
Aristotel fikricha, ma‘noga ega bo‗lgan barcha narsalar ichki 
maqsad tomonidan yo‗naltirilgan potensial mukammallikka ega bo‗ladi, bu barcha 
narsalarga taalluqli. «Maqsad bilan shartlanish, - deydi Aristotel, faqat tafakkur 
orqali belgilanadigan hatti – harakatlardagina emas, balki tabiiy kelib chiqqan 
(tabiatdagi) narsalarga ham tegishli»
1

Maqsadga yo„nalgan jarayonlarning amalga oshuvini Aristotel entelexiya 
deb ataydi
(tuxum jo‗jaga aylansa entelexiya sodir bo‗ladi). Jo‗ja formal real 
jo‗jadan oldin mavjud. Voqelik (shakl). Bu fikr ilmiy nuqtai nazaridan ham to‗g‗ri 
tasdiqlangan. YA‘ni Aristotel falsafiy fikrda bayon etgan bu jarayon endilikda 
ilmiy asosga ham ega. Zero jo‗janing tuxum ichidagi rivojlanishi (shakllanishi), bu 
jo‗ja urug‗idagi genetik kodning va genetik dasturning amalga oshuvi – 
entelexiyasidir. 
1
Аристотель//Всемирная энциклопедия.-М.: Современный литератор, 2001.-С.54 


16 
Materializm tarafdorlari bu holni faqat tirik tabiatga nisbatan tan olgan 
bo‗lsalarda, lekin notirik tabiat uchun jumladan, kosmosning shakllanishi uchun bu 
g‗oyani qo‗llab bo‗lmaydi, deb ta‘kidlaganlar. Lekin hozirgi davr fani (astrofizika, 
kosmologiya, tizimlar nazariyasi, ayniqsa, sinergetika) tirik va notirik tabiat 
orasidagi bu chegarani olib tashladi. Aristotelning bu g‗oyasi butun borliqqa 
tegishli.
Aristotel o‗z ontologiyasida asosan Platon ta‘limotiga tayansada, uni 
g‗oyalarning materiyadan mustaqil, tabiatdan tashqari va harakatsiz mavjudligini 
tan olganligi uchun tanqid qiladi. Biroq shakl sababi, harakatlantiruvchi sabab, 
maqsad sabab ularning materiyadan mustaqil mavjudligini tan olgan.
Bizningcha, Aristotel idealizmi bilan Platon idealizmi orasidagi ziddiyat 
juda katta emas. Buni boshqa faylasuflar ham ta‘kidlagan. (Xususan, A.N.Forobiy, 
Foma Akvinskiy, XX asr o‗rtalarida esa fransuz sufiysi R.Genon). Masalan, al – 
Forobiy «Ikki faylasuf: ilohiy Platon bilan Aristotel orasidagi muvofiqlik» degan 
asarida Platon va Aristotel ta‘limotlarining ichki birligini ochib bergan. R.Genon 
ham g‗oyalar masalasida Platon bilan Aristotel orasidagi ziddiyatni bo‗rttirish 
to‗g‗ri emasligini ta‘kidlaydi. Uning fikricha, Platonning qarashlarida g‗oyalarning 
asosan transsendental jihatiga chuqurroq e‘tibor berilgan bo‗lsa, Aristotel 
ta‘limotida immanent jihatiga alohida e‘tibor qaratilgan. 
F.Akvinskiy esa masalani yanada oddiyroq yoritib, g‗oyalar narsalarga qadar 
ham (Xudoning ongida, transsendental ravishda (Platon)), narsalar bilan birga ham 
(immanent ravishda (Aristotel)) va narsalardan keyin ham mavjud bo‗ladi, deydi.
3. Borliqning imkoniyat va voqelik munosabati orqali tahlili.
 
Aristotelning 
«shakl» kategoriyasi Platonning materiyasiz sof quvvat (kuch, qudrat, energiya) 
ma‘nolarini o‗zida mujassamlashtiradi. YA‘ni shakl ham ong ham quvvat 
(energiya)dir. (Ong - quvvat yoki quvvat - ongdir yoki ongli quvvat yoki quvvatli 
ong), u eng oliy reallik, (mavjudlik)dir. 
Materiya esa passiv substrat sifatida sof imkoniyat tarzidagina mavjud. 
Bularni Aristotel «Akt va potensiya» tushunchalari vositasida tushuntiradi. Akt bu 
voqelik, chinakam borliqni, potensiya esa imkoniylikni, imkonda borliqni 
ifodalaydi. 
Ushbu ma‘nolarni shakl (akt) va materiya (potensiya)ga nisbatan qo‗llasak, 
shakl tufayli materiya imkoniy borliqdan real borliqqa aylanishi (o‗tishi), ya‘ni 
voqe bo‗lishi haqidagi xulosa kelib chiqadi. Demak, shakl xomashyo vazifasida 
turgan materiyaga tashkillovchi (strukturalovchi) ta‘sir ko‗rsatmagunicha materiya 
namoyon bo‗la olmaydi, voqelikka aylana olmaydi. Demak shakl materiyani 
namoyon holatdan ayon holatga o‗tkazuvchi real va ongli kuchdir.
Imkoniyat va voqelik tahlili orqali Aristotel «harakat» va «rivojlanish» 
jarayonini ham yoritadi.
Materiyaning shakl ta‘sirida imkoniyatdan voqelikka o‗tishi, ya‘ni 
strukturlangan konkret bir (butun) narsaga aylanishi harakat yoki jarayon (kinesis) 
tushunchasida ifodalanadi. 
Harakat tushunchasi orqali Aristotel ontologiyaga rivojlanish g‗oyasini ham 
olib kirgan. Bu aktual borliqni potensial borliqdan ajratishga asoslanadi. SHu 
ajratish tufayli imkoniy borliqdan voqe bo‗luvchi borliqning (reallikning) kelib 


17 
chiqishi, ya‘ni «genezis»i, kengroq ma‘noda qaraganda esa bir narsaning boshqa 
narsaga aylanishi (shakllanish) sodir bo‗ladi. Aynan harakat («kinesis») va kelib 
chiqish, narsalarning boshqa narsalarga aylanishi («genezis») tufayli borliqda 
rivojlanish sodir bo‗ladi. «Aktual mavjud, - deb tushuntiradi Aristotel, - hamisha 
potensial mavjuddan aktual mavjud amaliyoti oqibatida kelib chiqadi»
1
. YAxlit, 
butun olam uchun esa bunday dastlabki aktual asos (va ayni zamonda olamni 
harakatlantiruvchi, shakllantiruvchi va maqsadga yo‗naltiruvchi sababi) Xudodir 
yoki borliqning harakatsiz birinchi harakatlantiruvchisidir. Bu asos hech qanday 
moddiyat yoki potensiallik (imkoniylik) bilan aralashmagan, olamga va vaqtga 
bog‗liq bo‗lmagan (ya‘ni abadiy mavjud bo‗lgan), o‗z – o‗zini anglaydigan (oqil) 
va o‗zining uzluksiz ijodkorligi bilan olamdagi barcha imkoniyatlarni o‗z erosi 
(muhabbati, rahmoniyligi)ning ob‘ekti sifatida voqe etadigan va barcha narsalar 
o‗zining eng oliy maqsadini bilib, unga intiladigan sof (eng nomoddiy) kuch - 
qudrat Xudo bo‗lishi kerak.
Bunda Aristotel Xudoni yoki borliqning harakatsiz dastlabki asosini
harakatsiz harakatlantiruvchisi bo‗lgan kuch - qudratni tavsif etadi. Ushbu tavsifda 
quyidagi asosiy belgilar ko‗rsatilgan: 
1.
Dastlabki asosda modda yoki potensiallik (imkoniylik) yo‗q, ya‘ni u 
materiyadan musaffo; 
2.
U Olamga va makonga bog‗liq emas, undan mustaqil mavjud bo‗la oladi; 
3.
Vaqtga bog‗liq emas, ya‘ni abadiy; 
4.
Uning faoliyat tezligi beqiyos katta va uzluksiz; 
5.
Butun borliq Uning mehr – muhabbati (erosi)ning natijasi o‗laroq kelib 
chiqqan; 
6.
U borliqdagi barcha narsalar o‗zining ezgu maqsadi sifatida intiladigan eng 
oliy maqsad; 
7.
U behad oliy ong egasi, U haq, odil, hikmat sohibi, biluvchidir; 
8.
U buyuk kuch - qudrat egasi; 
9.
Uning quvvati ongda, ongi esa quvvatda namoyon bo‗ladi (Ong va quvvat 
o‗zaro uzviy); 
Bu ong - quvvat nomoddiy. Demak qadimgi mutafakkirlarning borliq 
muammosini tushunishida eng umumiy tizim hosil qiluvchi tamoyillarni uning 
paradigmalar to‗plami darajasigacha yaxlitlab, quyidagi manzaraga guvoh bo‗lish 
mumkin. 
Antik dunyoni tushunish markazida koinot joylashgan, u kosmotsentrikdir. 
Koinot qonuniyati polis hayoti qonunlarini, dunyoga qarash tarzini belgilaydi
inson hayotida mikrokoinotdagidek aks etadi. Koinot qonunlari, burjlarning 
muayyan uyg„unligi barcha davlat tadbirlari, chunonchi: yurishlar, istilolar, 
qurilishlar muvaffaqiyatiga, shuningdek, inson taqdiriga ham ta‟sir ko„rsatadi. 
Zero qadimiyat zamirida shunchaki ob‟ektiv-moddiy va hissiy emas, balki jonli va 
aql-idrokli kosmologizm yotadi. Keyinchalik falsafa tarixida biz borliqning ko„p 
sonli har xil talqinlariga duch kelamiz, lekin ularning barchasi borliq haqidagi 
hissiy va oqilona tasavvurlar atrofiga u yoki bu tarzda tiziladi. Bunda fikrlar va 
yondashuvlar rang-barangligi namoyon bo„ladi.
1
Қаранг: Асмус В. Античная философия. –М..: Луч, 1996. –С.32. 


18 

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish