24
kabi falsafiy
kategoriyalarni qayd etib, borliq muammolari talqiniga yanada
teranroq mazmun baxsh etdi.
Jumladan
Gegel
ning «Ruh fenomenologiyasi» asari falsafiy tizimga o‗ziga
xos debochadir. Bu asarda Gegel inson ongi turli darajalari rivojlanishining izchil
qatorini tahlil qiladi.
Gegel tizimining birinchi va muhim qismi – «Mantiq» «Ruh
fenomenologiyasi»ning yakuni va xulosasidir. Bu sub‘ekt va ob‘ektga
qadar
mavjud bo‗lgan «sof fikr» sohasidir. Mantiqda uning o‗zi va mantiq shakllaridan
tashqari hech qanday empirik mazmun mavjud emas.
Mantiq tarix va tabiatdan
oldin paydo bo‗lgan. Mantiq ularni yaratgan.
Mantiq uch qismga: borliq, mohiyat va tushuncha haqidagi ta‘limotga
bo‗linadi. Borliq va mohiyat tushuncha o‗zini to‗liq namoyon etgunga qadar
«ko‗tariladigan» pillapoyalar sifatida qaraladi. «Mantiq»da mutlaq g‗oyaning
rivojlanishi mavhum mantiqiy kategoriyalar ko‗rinishida yuz beradi.
Uning
tayanch nuqtasi – borliq haqidagi sof mavhum fikr. Dastlab mazmunsiz bo‗lgan bu
«sof borliq» tushunchasi «nimadir» orqali o‗z mazmunini kasb etishga harakat
qiladi. Bu «nimadir», o‗z
navbatida, «muayyan borliq»dir. Gegel fikriga ko‗ra,
mutlaq g‗oyaning vujudga kelish jarayoni ayni shu tariqa boshlanadi. «Muayyan
borliq» keyingi bosqichda «qandaydir muayyan borliq» sifatida amal qiladi yoki
sifat kasb etadi. Sifat kategoriyasi miqdor kategoriyasi bilan birga rivojlanadi.
Sifatli miqdor yoki miqdoriy sifat esa o‗lchov hisoblanadi.
Borliq haqidagi
ta‘limotda Gegel dialektika qonunlaridan biri: miqdordan sifatga va sifatdan
miqdorga o‗tish, rivojlanish jarayonlari sakrash tarzida
yuz berishini asoslashga
harakat qiladi.
Hodisa sifatida tushuniladigan borliqdan Gegel yanada teranroq,
ichki
qonuniyatlarga – mohiyatga o‗tadi. Bu qismda Gegel qarama-qarshiliklarning bir-
biriga o‗tishi, ularning birligi, ayniyat va kurash to‗g‗risidagi qonunni tahlil qiladi.
Gegel fikriga ko‗ra, ziddiyat – bu qarama-qarshiliklarning o‗zaro nisbatidir. Ular
bir-birisiz mavjud bo‗lmaydi, lekin turli yo‗ldan rivojlanadi va bu ular o‗rtasidagi
munosabatlarning keskinlashuviga sabab bo‗ladi. Ziddiyatni echish yoki unga chek
qo‗yish talab etiladi. Gegel ziddiyatni asos va oqibatning, shakl va mazmunning,
hodisa va mohiyatning, imkoniyat va voqelikning, tasodif va zaruriyatning o‗zaro
nisbatida ko‗radi. Ziddiyat haqidagi ta‘limotni
rivojlantirar ekan, Gegel ichdan
zarur bo‗lgan, har qanday o‗zgarish va rivojlanishning manbai sanalgan «o‗z-
o‗zidan harakat» haqida xulosa chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: