172
torayib, ob‘ektiv borliqning biosfera (J.Lamark 1802 yilda biosfera atamasini
muomalaga kiritgan), ya‘ni «hayot sohasi» deb nomlagan
qisminigina anglata
boshladi.
Biosfera jonsiz tabiatning avvalgi rivojlanish mahsuli bo„lib, Erning
hayot kechayotgan nozik qatlamini tashkil etadi.
U atmosfera, gidrosfera va
litosferaning yuqori qismini qamrab oladi.
Biosferada inson alohida o‗rin egallaydi. U jonli tabiatning tabiiy qismi
bo‗lsada, vaqt o‗tishi bilan unga qarshilik ko‗rsatuvchi faol asosga aylandi. Bu
faktni u ekologiya muammolari yig‗ilishiga qarab anglay boshladi. Mazkur
muammolar keskinlashgani sari inson o‗zining o‗zgargan
holati haqida yanada
teranroq mulohaza yuritib, tabiat va jamiyatning o‗zaro bog‗lanishi masalasini
ilmiy, falsafiy va amaliy nuqtai nazardan echishga harakat qila boshladi.
SHu ma‘noda, tabiat insonni qurshagan muhitni, ya‘ni borliqning
biosferadan biologik tur sifatida o‗rin olgan insonning
mavjudlik sharoitlari
majmui sifatida amal qiladigan qismini anglata boshladi.
SHunday qilib, tabiatni o‗rganishga nisbatan odatdagi yondashuvlar
«biosfera va inson» murakkab sistemasining tahlili va uni falsafiy anglab etish
hisobiga sezilarli darajada kengaydi, «tabiat» atamasi yangicha,
yanada teranroq
mazmun kasb etdi. Bu avvalo jamiyatning atrof muhit bilan o‗zaro munosabatlari,
xususan iqtisodiyot, ijtimoiy hayot sohasidagi faol fundamental tadqiqotlar
mahsuli bo‗ldi. SHu sababli «tabiat» atamasining mazkur ma‘nosi ijtimoiy
falsafada ayniqsa ko‗p ishlatiladi va odamlar yashaydigan tabiiy muhitni ham,
inson qo‗llari bilan yaratilgan (o‗zgartirilgan) sun‘iy muhitni ham qamrab oladi.
Boshqacha
aytganda, ayni holda o‗zaro bog‗liqlik va birlikda inson yashaydigan
makonni tashkil etadigan «birlamchi» va «ikkilamli» tabiat nazarda tutiladi.
«Tabiat» tushunchasining maxsus ma‟nosida e‟tibor muhokama
predmetining ildizlari, fundamental asoslarini yoritishga qaratiladi
. Bunda,
masalan, inson,
u yoki bu ijtimoiy hodisa, elementar zarra yoki, aytaylik,
sharsimon chaqmoqning tabiati qanday, degan savol mutlaqo o‗rinli yangraydi.
Falsafada ko‗pincha u yoki bu predmet, jism,
mavjudot va shu kabilarning
mohiyati, asosiy mazmunini aniqlash zaruriyati paydo bo‗ladi. Fanda ham ba‘zan
muayyan hodisa, voqeaning xususiyati va yuz berish sabablarini aniqlash talab
etiladi. Ayni holda mazkur ob‘ekt yoki hodisaning tabiati haqida shu ma‘noda so‗z
yuritiladiki, uning mohiyati, shuningdek qolgan ob‘ektiv borliq - so‗zning keng
ma‘nosidagi tabiat bilan bog‗lanishi aniqlanadi.
«Tabiat» tushunchasining yuqorida zikr etilgan uchala ma‘nosi ham hozirgi
falsafiy va ilmiy adabiyotlarda keng qo‗llaniladi, ammo uning ikkinchi biosfera,
atrof muhit bilan tenglashtiriladigan ma‘nosi so‗nggi vaqtda ekologiya
muammolariga e‘tibor sezilarli darajada kuchaygani
munosabati bilan ayniqsa
keng tarqaldi. Ayni shu sababli hozirgi vaqtda «ekologiya», «atrof muhit» kabi
tushunchalar ham faol ishlatilmoqdaki, bu haqda quyida batafsilroq so‗z yuritamiz.
Xullas, tabiatni falsafiy tushunishga bag‗ishlangan mazkur bo‗limda biz «tabiat»
kategoriyasidan asosan uning ikkinchi, tor ma‘nosidan foydalanamiz, chunki u
keng ma‘noda ontologiyada yoritib berilgan
Do'stlaringiz bilan baham: