Нигинахон шермухамедова


Falsafa tarixida tabiatga munosabat



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Falsafa tarixida tabiatga munosabat. 
Butun tarix mobaynida odamlar 
o‗zlarining atrof muhitga ta‘sir ko‗rsatish qobiliyatlarini tinimsiz rivojlantirdilar va 


173 
takomillashtirdilar. SHu tariqa jamiyatning tabiat bilan o‗zaro munosabatlari ham 
o‗zgarib bordi. Bugungi kunda tarix, arxeologiya, geografiya, etnografiya sohasida 
va boshqa fanlarda mavjud ilmiy ma‘lumotlar tabiatga antropogen ta‘sir 
insoniyatning son va sifat jihatidan o‗sishiga mutanosib ravishda tinimsiz kuchayib 
borgani va pirovard natijada ijtimoiy rivojlanishning asosiy bosqichlarini aks 
ettirganini tasdiqlaydi. Bu bosqichlarning har biriga atrof muhit bilan inson 
munosabatlarining o‗ziga xos shakllari va uning ongida tabiatning har xil in‘ikosi 
xosdir. Jumladan ―Avesto‖ kitobida suvga tupurish gunohligi, olov ilohiy mo‗‗jiza 
ekanligi, qabristonlarga, yo‗l bo‗yiga mevali daraxtlarni o‗tqazish mumkin 
emasligi haqidagi g‗oyalarning ilgari surilishi tabiat qadimgi davrlarda ham buyuk 
ne‘mat sifatida e‘tirof etilganligidan dalolatdir.
SHuni ta‘kidlash lozimki, tabiat va jamiyat o‗zaro bog‗lanishining u yoki bu 
bosqichlarini ajratish nafaqat ishning ob‘ektiv tomoniga, ya‘ni ko‗rsatilgan o‗zaro 
bog‗lanishlarni tavsiflovchi tabiiy o‗zgarishlarga, balki bunday ajratish natijasida 
qanday maqsadlar ko‗zlanishiga ham bog‗liq bo‗ladi. Ayni holda bizni insonning 
atrof muhitga ta‘siri xususiyati va uning tabiatga bog‗liqligi masalalari ko‗proq 
qiziqtiradi. Bundan maqsad qanday qilib inson o‗zining avvalgi tabiatga to‗la 
qaramlik holatidan fan va texnikani faol rivojlantirib, ularning yordamida tabiatni 
o‗ziga bo‗ysundirib, uni xizmatkoriga aylantirishga harakat qilib, pirovardida 
keskin ekologik muammolarni yuzaga keltirganini ko‗rsatib berishdir.
Insoniyat tarixining ilk bosqichida tabiatga munosabat. 
Er, okeanlar
qit‘alar o‗rni va ularda yashovchi xalqlar haqidagi dastlabki tasavvurlar odamlarda 
atigi 300-400 yil muqaddam, Buyuk kashfiyotlar davri yakunlanganidan so‗ng 
paydo bo‗ldi. Bungacha odamlar bir necha ming yillar mobaynida uncha katta 
bo‗lmagan hududlarda yashadilar.
Ibtidoiy odam 
termachilik, ovchilik, baliqchilik
bilan shug‗ullanib, o‗zining 
odatdagi ehtiyojlarini tayyor mahsulotlarni o‗zlashtirish bilan qondirgan, ya‘ni 
tabiat bergan ne‘matlar bilan kifoyalangan. Bu ne‘matlar uning atrofida 
o‗sayotgan, chopayotgan, o‗rmalayotgan, uchayotgan, suzayotgan va ovqatlanish 
uchun yaraydigan narsalardan iborat bo‗lgan. O‗sha davrda inson tabiatga to‗la 
singib ketgan va unga butunlay qaram edi. U tabiatdan ajralmagan va o‗zini unga 
qarshi qo‗ymagan. Ayni shu sababli, o‗sha davrda faqat oziq-ovqat 
mahsulotlarining mavjudligi va yashab qolishni ta‘minlovchi tabiiy sharoitlar bilan 
belgilangan o‗zining oz sonliligi tufayli ibtidoiy odam atrof muhitga sezilarli 
darajada zarar etkazishga qodir emas edi.
Termachilikdan
insonga uning kundalik hayotida zarur bo‗lgan narsalarni 
ishlab chiqarishga o‗tilishiga qarab, u tabiat resurslarini o‗z xo‗jalik muomalasiga 
tobora ko‗proq jalb qila boshladi. SHu tariqa inson o‗zi yashayotgan muhitni 
sezilarli darajada o‗zgartirdi. Xususan, 
chorvachilik
ning rivojlanishi bilan 
yaylovlardan yovvoyi hayvonlar siqib chiqarildi. O‗zlarining odatdagi yashash 
joylaridan mahrum bo‗lgan bu hayvonlar soni kamaydi, ayrim turlar esa butunlay 
qirilib ketdi.
Insonning dehqonchilik
bilan shug‗ullanishga o‗tishi tabiatda bundan ham 
kuchliroq o‗zgarishlar yasadi. Odamzot ekin maydonlariga joy ochish maqsadida 
o‗rmonlarga o‗t qo‗yib, ulardagi daraxtlarni ildizi bilan qo‗pora boshladi. Odamlar 


174 
yashaydigan joylarda landshaftlar xususiyati o‗rmonlar kamayishi, tuproq nurashi 
va shu kabilar natijasida butunlay o‗zgardi.
Keyinchalik ariqlar va sug‗orish sistemalari qurilib, er osti boyliklari izchil 
qazib olina boshlagach, tabiatdan foydalanish darajasi kengaydi. Temir paydo 
bo‗lishi bilan insonning texnik imkoniyatlari keskin ortdi, mehnat qurollari 
takomillashtirildi, yanada murakkabroq muhandislik va sug‗orish inshootlari paydo 
bo‗ldi. Inson tabiatni asta-sekin tashqi va o‗ziga qarshi kuch sifatida idrok etib, 
tabiat bilan ayniy mavjudotdan undan farq qiladigan mavjudotga aylanib bordi.
Toshqinlar, yong‗inlar, qurg‗oqchiliklar, sovuqgarchiliklar, bo‗ronlar va 
zilzilalar insonning yashovchanlik qobiliyatini sinovdan o‗tkazdi, uni shafqatsiz 
stixiyaga qarshilik ko‗rsatish usullarini izlashga majbur qildi. Xavfdan saqlanish va 
o‗zini himoya qilish imkoniyatlarining ozligi insonda qo‗rquv va ishonchsizlik
qudratli tabiatga butunlay qaramlik tuyg‗ularini uyg‗otdi. Bunday kayfiyat insonni 
ming yilliklar mobaynida ta‘qib qildi va qadimgi xalqlarning turli miflari va 
afsonalarida, shuningdek ularning dastlabki diniy tasavvurlarida o‗zining yorqin 
ifodasini topdi. Xususan, so‗nggi zikr etilgan tasavvurlarda Quyosh, Oy va ayrim 
predmetlar alohida o‗rin egalladi, ularga sig‗inish talab etildi. CHaqmoq, yashin, 
bo‗ron kabi tabiiy hodisalar inson tabiatga ehtiromsiz munosabatda bo‗lgani uchun 
unga yuborilgan yot kuchlar sifatida yoki xudolarga itoat etmaganlik uchun jazo 
sifatida talqin qilindi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish