Нигинахон шермухамедова


Antik davrda tabiatga munosabat



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Antik davrda tabiatga munosabat.
Tabiatga nisbatan bunday munosabat 
asosan mil. av. I ming yillikning o‗rtalariga kelib shakllandi va nazariy tafakkur 
paydo bo‗lishi bilan sezilarli darajada o‗zgardi. Bu tafakkur o‗sha davrda 
dunyoqarashning alohida tarixiy shakli sifatida vujudga kelgan falsafaning uzviy 
va tarkibiy qismiga aylandi. Ilk antik faylasuflar, falsafaning bosh vazifasi ular 
kosmos sifatida tushungan dunyo nimadan iborat, degan savolga javob topish 
uchun tabiatni o‗rganishga harakat qilganlar.
Antik davrda tabiat insondan deyarli hamma narsada ustun bo‗lgan qudratli 
kuch bo‗lib qolishda davom etsa-da, lekin uni odamzot nazariy anglab etishi 
natijasida tabiat muayyan qimmat kasb etdi va ko‗p jihatdan uyg‗unlik va 
barkamollik ideali sifatida idrok etila boshladi. Antik faylasuflarning ko‗pgina 
asarlari tabiatga hurmat ko‗rsatish g‗oyasi bilan sug‗orilgan bo‗lib, tabiat bilan 
murosai madora qilish va uning qonunlariga muvofiq yashashga chaqiradi, ayni 
shunday hayotni eng munosib va maqbul deb e‘tirof etadi.
Kadimgi Markaziy Osiyo zardushtiylik ta‘limotida ham tabiatga oqilona 
munosabatda bo‗lish, atrof muhitning ekologik tozaliliga rioya qilish g‗oyasi 
yotadi (masalan suvni ifloslantirmaslik, ariqdan oqayotgan suvni is‘temol 
qilmaslik). 
Umuman olganda, shunga o‗xshash tasavvurlarga qadimgi hind va qadimgi 
xitoy falsafasi namoyandalarining asarlarida ham duch kelish mumkin. Ular 
tabiatning umumiy qonunlarini bilishga harakat qilish, ularga qarshilik 
ko‗rsatmaslik va unga bo‗ysunish lozim, zero inson ularni o‗zgartirishga qodir 
emas, deb hisoblaganlar.
O‗rta asrlar va Uyg‗onish davrida tabiat muammosi.
Keyinchalik, 
xristian va islom dini dunyoqarashida, tabiat bilan birikishni nazarda tutuvchi bu 


175 
yondashuv o‗rnini tabiatga bo‗lgan o‗zgacha munosabat egalladi. Natijada, tabiat 
yaratilgan va shu bois o‗tkinchi va o‗zgaruvchan deb talqin qilindi. SHu tariqa 
o‗lmas jonga ega Xudo o‗tkinchi tabiatdan ustun qo‗yiladi. Bunday ustun qo‗yish 
natijasida odamlarning tabiiy kuchlar stixiyasiga qaramligi kamaymasa ham 
materiya va ruh nisbati ko‗proq ma‘naviy inson va ruhsiz tabiiy olam tuzilishining 
turli pog‗onalaridan o‗rin oldi. Diniy aqidalar boqiy, ma‘naviy asos – Xudo oliy 
darajada ruh foydasiga hal qilinadi. Bu hol ilohiy aqidalar falsafiy ta‘limotlardan 
ustun qo‗yilgan va aksariyat odamlar dunyoqarashining negizini tashkil etgan o‗rta 
asrlar falsafasida ayniqsa bo‗rtib namoyon bo‗ladi.
Antik davrning ko‗pgina qadriyatlari va ideallari tiklangan Uyg‗onish davri 
san‘at, estetika va go‗zallikka kuchli qiziqish bilan tavsiflanadi. Bu davrda tabiatga 
go‗zallik va ilhom manbai deb qarashga asoslangan yangicha munosabat yuzaga 
keldi. O‗z-o‗zidan ravshanki, mazkur mo‗ljal real borliqni faol o‗rganish va uni 
yanada teranroq tushunib etishga rag‗batlantirgan.
Bu davrda N.Kopernik, G.Galiley, N.Kuzanskiy, J.Bruno va boshqa 
mutafakkirlar rivojlantirgan kosmologik va naturfalsafiy, A.Jomiy, A.Navoiy ilgari 
surgan gumanistik g‗oyalar tabiatga bo‗lgan yangicha munosabat bilan bevosita 
bog‗liq va ma‘lum darajada shu munosabatlardan kelib chiqadi.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish