Mavzu: Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati



Download 38,17 Kb.
bet1/4
Sana09.08.2022
Hajmi38,17 Kb.
#846693
  1   2   3   4
Bog'liq
7iakTCjDlch57NICzikNCOOoEtfGKvQd61uMnwGp


Mavzu: Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati
Reja
1. Davlatlar tasnifi va huquqiy davlat manbalari
2. Huquqiy davlat xususiyatlari
3. O‘zbekistonda huquqiy davlatning barpo etilishi
DAVLATLAR TASNIFI: Huquqiy davlat XXI asr boshiga kelib, dunyodagi davlatlar soni 200 taga etdi. Hozirgacha mavjud bo‘lgan ko‘p sonli davlatlarni bir-biridan ajratish maqsadida ularni turli asosda tasniflash rusum bo‘lgan. Bunda ularni etatik va huquqiy davlatlarga ajratish alohida qiziqish uyg‘otadi. Uning zamirida davlatning huquqqa bo‘lgan munosabati, shuningdek, davlatning jamiyatni boshqarish shakl va usullari tizimida huquqning tutgan o‘rni yotadi. Etatik davlatlarning faoliyatiga xos jihat shundaki, barcha fuqarolar va ijtimoiy munosabatlarning boshqa sub’ektlari majburiy va so‘zsiz rioya etishi hamda bajarishi shart bo‘lgan buyruq va farmoyishlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Bundan tashqari, mazkur sub’ektlarning erkinligi va mustaqilligi, davlatga nisabatan avtonomligi nihoyatda cheklangan bo‘ladi. Davlatning iqtisodiyot, ijtimoiy munosabatlar, fuqarolarning shaxsiy hayoti sohasini o‘zining bevosita boshqaruvi va qaramog‘iga olishga haddan tashqari intilishi kuchaygan bo‘ladi. Shaxs va ijtimoiy munosabatlar sub’ektlarining o‘rni, nafaqat qonunning aniq va barqaror qoidalariga, balki ular kundalik hayotda ko‘proq to‘qnashib turadigan davlat organlari va mansabdor shaxslarning sub’ektiv fikriga ham bog‘liq bo‘ladi. Huquqiy davlatlarda davlat boshqaruvi huquqning ustunligiga asoslanadi va shu bois nafaqat rasmiy organlar va mansabdor shaxslarning maqsadiga, balki fuqarolar va ijtimoiy munosabatlar sub’ektlarining huquqlari, erkinligi va manfaatlarini ta’minlash hamda kafolatlash zaruratini hisobga oluvchi huquqiy shakl va usullarga bog‘liq bo‘ladi. Huquqiy davlatlarga barcha iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy jarayonlar, shuningdek, kishilar orasidagi aloqalarga aralashuv begonadir. Bunday davlatlarda ijtimoiy birlashmalar faoliyatiga bir qadar mustaqillik va erkinlik berilib, ularning haq-huquqlari mustahkamlanadi va ularga rioya etiladi. Shuningdek, oraliq turdagi davlatlar ham mavjud bo‘lib, ular ushbu ikkala davlat xususiyatlarini mujassamlashtiradi. Mazkur davlatlardan ba’zilari o‘z xususiyati, tabiati va yo‘nalishi bo‘yicha etatik davlatlarga yaqin bo‘lsa-da, o‘z faoliyatida alohida huquqiy prinsiplar va asoslarga rioya etishga harakat qiladi. Boshqalari esa, aksincha, etatizm belgilarini saqlab qolgan holda huquqiy davlatlarga yakinlashadi. Etatik davlatlarga totalitar va avtoritar tuzumdagi barcha turdagi davlatlar, huquqiy davlatlarga esa faqat taraqqiy topgan va yuksak rivojlangan davlatlar kiradi. Sobiq sovet davlati nohuquqiy, etatik davlatning tipik namunasidir. Unda konstitutsiya, qonunlar va boshqa normativ-huquqiy ujjatlar munosib o‘ringa ega bo‘lmay, o‘z ahamiyatiga ko‘ra partiya organlarining hujjatlariga yon bosar, boshqaruv esa ma’muriy-buyruqbozlik usullariga tayanar edi. Bundan tashqari, davlat o‘z fuqarolariga nisbatan zo‘ravonlik va adolatsizlikka yo‘l qo‘yar, XX asrning 30—50 hamda 80-yillarida esa aybsiz odamlarga nisbatan o‘zining miqyosi va shafqatsizligi bo‘yicha misli ko‘rilmagan ommaviy-siyosiy ta’kiblarni amalga oshirgan edi. Hozirgi zamon boshqaruvida huquqning ustunligi haqidagi g‘oyalar ta’sirining o‘sib borishi munosabati bilan o‘z konstitutsiyalari va boshqa huquqiy hujjatlarida huquqiy davlatga mansubligini e’lon qilayotgan davlatlar soni muntazam o‘sib bormoqda. Biroq mazkur e’lonlarni ushbu mamlakatlardagi ishlarning haqiqiy ahvoli bilan taqqoslab ko‘rish zarur. Xususan, avvalgi nohuquqiy davlatni huquqiy davlatga amaliy tarzda qayta o‘zgartirish uchun qanday sharoitlar yaratilganligi va ular qanday bosqichda ekanligini ob’ektiv ravishda aniqlab olish, ya’ni mazkur jarayonning boshlang‘ich, oraliq yoki yakuniy bosqichda ekanligini bilish kerak, zero davlatning o‘zi haqidagi tasavvuri undagi haqiqiy sharoit bilan tafovutda bo‘ladi.
Huquqiy davlatlarning vujudga kelishi davlat-huquqiy jarayonlarning uzoq muddatli evolyutsiyasidagi qonuniy natijasi, boshqaruvning ilg‘or, taraqqiyparvar va samarali boshqaruv institutlarining o‘ziga xos tabiiy tanlanishining samarasi bo‘ldi. Bunga davlat boshqaruvidagi huquqiy shakllarning ma’muriy mahkamachilik shaklidan ustunligini nazariy jihatdan anglab etish sabab bo‘lgan edi.

Download 38,17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish