Нигинахон шермухамедова



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Geografik maktablar
. Bu sohada to‗plangan g‗oyalar majmui turli 
davrlarda 
ancha 
mashhur 
bo‗lgan «geografik determinizm», «ijtimoiy 
determinizm» va «geosiyosat» konsepsiyalarini o‗z ichiga olgan geografik 
maktabni tashkil etadi.
Garchi XVIII asr fransuz mutafakkirlari A.Tyurgo va SH.Monteskeni 
geografik maktab asoschilari deb hisoblansada, mazkur maktab geografik o‗rin va 
tabiiy sharoit jamiyatning rivojlanishida muhim rol o‗ynaydi degan g‗oyani ilgari 
suruvchi turli ta‘limotlar tizimi sifatida, antik davrdayoq paydo bo‗lgan. Gippokrat, 
Gerodot, Polibiy, Strabon va boshqa mutafakkirlar turli mintaqalarning iqlim 
sharoitiga katta e‘tibor berganlar va YUnoniston va O‗rta er dengizi bo‗yidagi 
hududlarni odamlar hayot faoliyati uchun ayniqsa qulay deb hisoblaganlar.
O‗rta asrlarda shunga o‗xshash g‗oyalarning rivojlanishi odatda tarixchi Ibn 
Xaldun nomi bilan bog‗lanadi. Ammo bu g‗oyalarga chinakam qiziqish jamiyat 
qurilishi va tarixiy rivojlanish qonunlarini tabiiy sabablar bilan tushuntiruvchi 
geografik determinizm g‗oyalari bungacha hukm surgan ijtimoiy hayotning ilohiy 
xususiyati haqidagi diniy tasavvurlarni siqib chiqara boshlagan Ma‘rifatparvarlik 
davrida yuzaga keldi. Bunday qarashlar o‗sha davrda vujudga kela boshlagan yangi 
kapitalistik munosabatlarga mos kelgan, shu sababli ular o‗sha davrdan boshlab 
Fransiya, Angliya va Germaniyada keng tarqaldi.


181 
Ko‗payib borayotgan Er aholisiga tobora ko‗proq tirikchilik vositalari, 
avvalo oziq-ovqat mahsulotlari talab etilgan. Ularni ishlab chiqarish esa, tabiiy 
sharoitga, qishloq xo‗jaligini yuritish uchun yaroqli erlar mavjudligiga bevosita 
bog‗liq bo‗lgan. Uning (o‗sha davrda hali nisbatan) kamligi mutaxassislarga XVIII 
asrdayoq ayon bo‗ldi.
«Tabiiy qonunlar» konsepsiyalari
. SHu munosabat bilan fransuz faylasufi 
va iqtisodchisi A.Tyurgo (1727-1728) mazkur muammoning muayyan echimi 
hisoblangan dehqonchilikni intensivlashtirish imkoniyatini o‗rganar ekan, «tuproq 
unumdorligining pasayib borishi qonuni»ni ta‘rifladi. Uning ma‘nosi shundan 
iboratki, ishlov berilayotgan erga sarflangan har bir qo‗shimcha mehnat va kapital 
bundan oldinroq sarflangan mehnat va kapitalga qaraganda kamroq samara beradi, 
muayyan chegaraga etilganidan keyin esa hech qanday qo‗shimcha samara olish 
mumkin bo‗lmay qoladi.
Ingliz iqtisodchisi T.R.Maltus (1766-1834) bu g‗oyalarni rivojlantirdi va 
keng tarqalgan konsepsiyani ilgari surdi. Bu konsepsiyaga muvofiq aholi sonini 
uning oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta‘minlanganlik darajasiga qarab tartibga 
soluvchi «tabiiy qonun» paydo bo‗ldi. 
Tabiiy qonunga binoan sayyoramizdagi 
odamlar soni geometrik progressiya bo„yicha ko„payib boradi, tirikchilik 
vositalari esa faqat arifmetik progressiya bo„yicha o„sadi, bu esa muqarrar tarzda 
aholi haddan tashqari ko„payib ketishiga olib keladi va ijtimoiy tangliklarga sabab 
bo„lishi mumkin.
Maltus ijtimoiy rivojlanish tabiatning abadiy qonunlari hukmiga 
qat‘iy bo‗ysunishini qayd etadi. Uning fikricha, har bir yangi tug‗ilgan chaqaloq 
boshqalar band etgan va o‗ziga o‗rin bo‗lmagan dunyoga tushadi. Bundan 
mutafakkir qashshoqlarga hamdardlik shusiz ham murakkab demografik 
muammolarning keskinlashuviga olib keladi, degan xulosa chiqaradi
1
.
Maltusning ocharchilik, epidemiyalar va urushlar aholi haddan tashqari 
ko‗payib ketishining oldini oluvchi tabiiy omillar hisoblanishi haqidagi xulosalari 
nafaqat o‗z tarafdorlarini, balki faol muxoliflarini ham topdi.
Maltus g‗oyalarining izdoshlari o‗z o‗tmishdoshining o‗ta sovuq 
xulosalaridan xalos bo‗lib, uning ta‘limotini XX asr boshida yuz bergan 
«demografik portlash» to‗lqinida vujudga kelgan neomaltuschilik ko‗rinishida 
davom ettirdilar.

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish