Нигинахон шермухамедова


Sistema, element, struktura



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet386/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   382   383   384   385   386   387   388   389   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Sistema, element, struktura.
Butun va qism kategoriyalarini sistema
struktura, element kategoriyalari to‗ldiradi va rivojlantiradi. Butun hajm jihatidan 
«sistema» tushunchasiga teng.
Sistema
– o‗zaro bog‗langan qismlardan tarkib topgan butun tizim.
 
Q
adimgi yunon falsafasida sistema (tizim) tushunchasi borliqning tartibliligi va 
yaxlitligi sifatida tavsiflangan. Hozirgi talqinda sistema muayyan yaxlitlikni 
tashkil etuvchi qonuniy munosabatlar va aloqalarda bo‗lgan elementlarning 
organik to‗plami sifatida tavsiflanadi. Sistema
 
(yunon. 
systema
– birlashtirish, 
yaratish) – 
bir-birining o„rtasida qonuniy aloqa yoki o„zaro aloqa mavjud bo„lgan 
muayyan elementlar yig„indisi. 
Har qanday sistemaning strukturasi avvalo uning 
tarkibiy elementlariga bog‗liq bo‗ladi. O‗z navbatida, elementlarning xossalari 
ham ko‗p jihatdan o‗zlari hosil qilgan sistemaning strukturasi bilan belgilanadi. 
Biroq, sistema o‗z tarkibida nisbatan mustaqil butunliklarni ham qamrab oladi. 
So‗ngra "butun" deganda, sistemali tashkillanishdagi o‗ziga xos birlikka urg‗u 
berilsa, "sistema"da xilma-xillikdagi birlik tushuniladi. Agar butun qismlardan 
tashkil topsa, sistemaga struktura va elementlar xosdir. Єism o‗z holicha faqat 
butun doirasidagina ma‘lum ma‘no kasb etadi, u butunning sifat muayyanligi 
belgilarini o‗zida aks ettiradi va mustaqil ravishda mavjud bo‗la olmaydi. 


498 
Hodisalarning makon, vaqt, sifat va miqdor jihatlarini o‗rganish asosida 
ularni sistemali tavsiflash imkoniyati paydo bo‗ladi. Tizimli yondashuv hodisa 
uning amalga oshirilgan tahlil natijasida farqlangan atributlarining sintetik birligi 
sifatida qaralishini nazarda tutadi. Tizim – differensiatsiyalangan, lekin shu bilan 
bir vaqtda yaxlit birlik.
Sistema va element tushunchalari butun va qism kategoriyalariga yaqin 
turadi. Ammo ular ayniy tushunchalar emas. Xususan, qism bo‗linadi, element – 
esa sistemaning boshqa qismlarga ajralmaydigan komponenti hisoblanadi. 
SHuningdek sistema butun bilan ham solishtirilishi mumkin va xuddi butun kabi, 
qismlarning aloqadorligi, tartibliligi va uyushqoqligi bilan tavsiflanadi. Ammo 
butunni o‗rganishda uning o‗ziga xos xususiyatini, sifat jihatidan muayyanligini 
aniqlash vazifasi birinchi o‗ringa chiqadi.
Sistemali yondashuv sistemalarning sifat jihatidan o‗ziga xosligidan qat‘iy 
nazar, ular xulq-atvorining umumiy tamoyillari va qonunlarini aniqlashni nazarda 
tutadi. Ayni shu sababli sistemalar juda keng miqyosda qo‗llaniladi. Ammo har 
qanday ob‘ektni o‗rganishga nisbatan sistemali yondashuv doim ham samarali 
emas. Biron-bir ro‗zg‗or buyumi (qoshiq yoki choynak, yozuv daftari va sh.k.)ni 
sistemali o‗rganishning hojati yo‗q. Ba‘zan shunday bir «tadqiqotlar» uchraydiki, 
ularda sistemalar nazariyasi atamalari ishlatilgan bo‗lsa-da, ularni yaratgan soxta 
olimlar tavsiflanayotgan ob‘ekt talqiniga biron-bir yangi narsa kiritmaydi. Hozirgi 
zamon fanida sistemali yondashuvning ikki yo‗li qo‗llaniladi: birinchi – sistemalar 
tushunchasini muayyan tarzda formallashtirish va ularning fan tilida 
tavsiflanadigan umumiy belgilarini aniqlash; ikkinchi – muayyan sistemalarning 
tipologik tahlilidan foydalanish kabilardir 
Sistemaning har bir qismi ham tizim («kichik tizim») sifatida qaralishi 
mumkin. Ammo qismlar yanada kichikroq qismlarga ajartilganda oxir-oqibatda 
tizimning eng sodda, bilishning mazkur darajasida boshqa bo‗linmaydigan qismlari 
– 

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   382   383   384   385   386   387   388   389   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish