Reja:
Dunyo tillarining tasnifi
Milliy til va adabiy til
Shevalar
Til va nutq tuchunchalari
tirik va o`lik tillar
Tarixning guvohlik benshicha, o'z tiliga ega bo'lmagan birorta eng kicllik, juda ibtidoiy jamoa ham bo'lmagan. Tilshunoslikka oid adabiyotlarda ko'rsatilishicha, taxminiy llisoblarga ko'ra yer yuzida 5926 dan ortiq til shevalari mayjud bo'lib, shundan 500 tasi o'rganilgan. Masalan, Sudanda yashaydiganlar 117 tilda, Hindistonda 1000 ga yaqin. Dog'istonda 100 dan ortiq. Kongada 500, Indoneziyada 250 xildagi tillarda gaplashilishi e'tirof etiladi. Dunyodagi xitoy. ingliz, hind, ispan. rus. fransuz, o'zbek tillarida millionblab so'zlovchilar bo'lgani holda kamasin, karagas tillarida juda ozchilik odamlar so'zli^shadilar. Ammo hali oz sonli kishilar so'zlashadigan kamasin. karagas kabi tillar ham mavjud, ammo ularning soni ko'p-ozligidan qat'i nazar har-bir tihiing o'z tarixi, qonuniyati bor va ular o'zjillarini qalbida avaylab asraydilar.
Tillarni tabiiy yoki ijtimoiy belgilarini hisobga olgan holda gumhlarga ajratish tasnif deyiladi. Yer yuzidagi tillarni tekshirish. o'rganish XVIII asrdan boshlangan va qiyosiy tarixiy metod asosida tillarning fonetik, leksik. morfologik xususiyatlari bir-birigataqqoslab o'rganilgan.
Bu metodning asoschilari sifatida R.Raskin (Daniya), G.Bopp, Ya. Grimm (Olmoniya), A. Vostokov (Rossiya) kabi olimlarni ko'rsatish mumkin. Dunyodagi hamma tillar eng asosiy belgilariga ko'ra ikki xil tasnif qilinadi.
Genelogik (kelib chiqish manbaiga ko'ra) tasnif bu tillarorasidagi fonetik, leksik, grammatik o'xshashlikka asoslanadi.
Morfologik tasnif tillarning tuzilish tomonidan o'xshash-ligiga asoslanadi. Bu tasnifga ko'ra tillar ikki turga ajratiladi:
1. Qo'shimchali (affiksli) tillar. Bunday tillarda nutqdagiso'zlar bir-biri bilan turli qo'shimchalar orqali beriladi. Bu tillarham o'z navbatida yana ikki guruhga bo'linadi:
Agglutinativ tillar. Ushbu guruhga turkiy, fin-ugor, dravid.yunon, manjur tillari kiradi va ularning xususiyati shundaki,qo'shimchalar o'zak yoki negizga qo'shiladi. Masalan, o'zbektilidagi suv so'ziga turli qo'shimchalar qo'shganda ham uningshakli o'zgarmaydi. Masalan, suvchi, suvla, suvsiz kabi va hokazo.
Flektiv tillar. Bu guruhga hind-yevropa, son tillari kiradi,ularda so'z yasash va turlash so'z tarkibidagi undoshlarnio'zgartirish yo'li bilan amalga oshiriladi.
2. Qo'shimchasiz tillar. Bu guruhga amorf va polisintetiktillar kiradi.
Amorf tillarga xitoy, tay, birma kabi tillar kiradi. Bu tillardama'no so'z tartibi ohang va urg'u bilan beriladi.
Polisintetik tillar - Amerika hindilari. chukot, korik kabitillar kiradi. Gap bir so'z shaklida ifodalanadi.
III. Geneologik tasnif. Bu tasnifga ko'ra tillar quyidagioilalarga bo'linadi. 1) hind-yevropa; 2) xom-som; 3) kavkaz-iberiy; 4) ugor-fin; 5) xitoy-tibet; 6) oltoy; 7) dravid; 8)indonezkabi til oilalaridan iborat.
Shulardan oltoy tillari oilasi ikki guruhga bo'linadi: 1) turkiy tillar; 2) mo'g'ul-manjur tillari. Turkiy tillarga o'zbek, qozoq, qirg'iz, turkman, qoraqalpoq, uyg'ur, ozarbayjon tillari kiradi. Ammo hozirgi vaqtda tarixi o'rganilib, bir-biri bilan qarindosh ekanligi aniqlangan tillar oilasi quyidagilardan iborat deb qaraladi.
Hind-yevropa tillari oilasi: bunda hind, eron, slavyan,boltiq, german, kelt, yunon, alban, ahman kabi til guruhlari kiradi.
Xom som tillari oilasi: abxaz, abazin, adigey, kabardin-cherkas, chechen, ingush, avar, dargin, lazgin, lak, gruzin kabi tillardan iborat.Ugor-jin tillari oilasi turkumiga: ugofm, venger, (mojar),mansi, xanti, eston, komi-nermyak, komi-ziryan, udmurd, marikabi tillar kiradi.
Oltoy tillari oilasiga: ozarbayjon, turk, turkman, o'zbek,qozoq qirg'iz, tatar, boshqird, uyg'ur, chuvash, yoqut, qoraqalpoq,tuva, qumiq; mo'g'ul-manjur guruhiga esa mo'g'ul, buryat,qalmiq, tugus, evan, nanay, udey kabi bir qancha tillar mavjud.
Xitoy-tibet tillari oilasiga: tay-xitoy va tibet tillari guruhlarikiradi va unda xitoy, dungan, vetnam, birma kabi yuzlab tillarmavjud.
Dravid tillari oilasiga: tamil, malayalam, kannora, teluguva raxun kabi bir qancha tillar kiradi.
Indoneziya tillari oilasiga: Avstraliya, Papua, Bantu,Paleofika, Poleosiyo, Chukot, Eskimos, Amerika hindilari kabitil guruhlari bor.
Bundan tashqari hech qanday tillar guruhiga kirmagan Uzoq Sharqdagi yapon, ruykuyu, quriya, ayn, burjaskiy kabi tillar ham borligini aytib o'tish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |