Formalizm.
SHakl va mazmunning o‗zaro aloqasi shunda ifodalanadiki,
narsaning bu ikki qarama-qarshi tomonlari bir-biriga o‗zaro ta‘sir ko‗rsatadi.
Qadimda mazmun va shakl dialektikasida shakl ustun qo‗yilgan, uning yordamida
narsa o‗z g‗oyasi (shakli) yoki vazifasi (maqsadi)ga muvofiq bo‗lgan muayyan
borliq sifatida mavjud bo‗ladi, deb hisoblangan. Keyinchalik fanning rivojlanishi
va uning falsafaga ta‘siri kuchayishi bilan mazmun va shaklning aloqasi haqidagi
tasavvurga ham aniqlik kiritilgan. Oddiy sog‗lom fikr bizga shakl
nimaningdir
,
ya‘ni muayyan mazmunning shakli bo‗lishi mumkinligini, mazmunsiz shakl hech
qanday ahamiyat kasb etmasligini ko‗rsatadi. SHu sababli formalizm tanqidi
mutlaqo o‗rinlidir. Masalan, san‘atda «sof shakllar» bilan o‗yin qilishga urinish
shuning uchun ham muvaffaqiyatsizlikka uchraydiki, o‗zini formalist deb
hisoblovchi iste‘dodli san‘atkor asarida mazmun baribir mavjud bo‗ladi. Davlatni
boshqarishda formalizm turlaridan biri sanalgan byurokratizm bilan ham shunday
hol yuz beradi. O‗z faoliyatini sof formal qoidalarga bo‗ysundiruvchi, sog‗lom
fikrga son-sanoqsiz to‗siqlar o‗rnatuvchi byurokrat amalda hokimiyat vakolatlari
birdan-bir maqsad sanalgan muayyan davlat tizimining vakili hisoblanadi.
Formalizmning yana bir ko‗rinishi huquqning pozitivistik talqini bo‗lib, unga
binoan huquq iqtisodiy, siyosiy, axloqiy yoki o‗zgacha asoslashga muhtoj
bo‗lmagan oliy asosdir. Huquqning mazkur formal-dogmatik talqini qonunchining
o‗zboshimchaligiga keng yo‗l ochadi. Natijada davlatda
nohuquqiy
qonunlar
ustuvorligi qaror topadi.
Mazmun va shakl o‗rtasidagi dialektik o‗zaro aloqa quyidagi omillar
bilan belgilanadi
.
1. Mazmun va shakl bir-biri bilan uzviy bog‗liq. Amalda shaklsiz mazmun
va mazmunsiz shakl hech qachon va hech qaerda mavjud emas. SHaklni
mazmundan ajratishga, shakl mustaqil ahamiyatga ega ekanligini isbotlashga
urinishlar formalizmga olib keladi.
2. Mazmun va shaklning birligida mazmun etakchilik qiladi. Mazmunning
o‗zgarishi doim shaklning o‗zgarishiga sabab bo‗ladi. qandaydir tashqi kuch emas,
balki aynan mazmun o‗zini shakllantiradi. Misol uchun, fanni rivojlantirish, yangi
qonunlarni kashf etish, ob‘ekiv haqiqatlarning tagiga etish mazkur yangi qonunlar
mazmunini rasmiylashtiruvchi tegishli yangicha tasavvurlar, formulalar,
nazariyalarni talab qiladi.
3. Mazmun va shaklning birligi mazmunga nisbatan shaklning nisbatan
mustaqilligi, faolligini nazarda tutadi. SHaklning nisbatan mustaqilligi
quyidagilarda namoyon bo‗ladi:
a) rivojlanishda shaklning mazmundan oqsashida. Mazmun hech qachon bir
darajada turmaydi. U o‗zgaradi. SHakl ham o‗zgarishsiz qolmaydi. Ammo
mazmun bilan taqqoslaganda shakl barqarorroq, turg‗unroqdir. Bu hol shu bilan
izohlanadiki, mazmun o‗z harakatiga ega bo‗ladi, shakl esa mazmun bilan
493
belgilanadi. Mazmundan farqli o‗laroq, shakl hodisaning turg‗unroq tomoni
sifatida amal qiladi. U muqarrar tarzda o‗z mazmunidan ortda qoladi;
b) shaklning mazmunga aks ta‘sirida. Bu ta‘sir ikki yoqlama: shakl yo
mazmunning o‗zgarishiga ko‗maklashadi, yo unga monelik qiladi. Albatta, agar
shakl mazmunning o‗zgarishiga muvofiq bo‗lsa, u mazmun jadal sur‘atlarda
rivojlanishga zamin yaratadi. Agar ularning o‗rtasida ziddiyat tug‗ilsa, mazmun
lozim darajada rivojlana olmaydi, chunki unga eski shakl xalaqit beradi. SHu
sababli ertami-kechmi ziddiyatni echish vaqti keladi. YAngi mazmunga muvofiq
yangi shakl yaratiladi. SHunday qilib, mazmun va shakl o‗rtasidagi ziddiyat
narsalar va hodisalarning o‗zgarish, ularning boshqa narsalar va hodisalarga
aylanish sabablaridan biri hisoblanadi.
Mazmun va shaklning birligi ularning aynanligini bildirmaydi. Ular orasida
o‗zaro dialektik munosabat mavjudki, bu birlik bir tomondan narsa, hodisalarga
xos ichki taraqqiyot tamoyilini bildirsa, ikkinchidan, qarama-qarshiliklarning
o‗ziga xos ifodasi sifatida narsalardagi ziddiyatni va ziddiyatli tomonlar
munosabatini anglatadi. Bunday munosabatda mazmunning o‗zgaruvchanligi va
faol xarakterga ega ekanligi namoyon bo‗ladi. Masalan, biron-bir eski shakl
qobig‗ida yangi mazmun vujudga keladi, natijada asta-sekin unga muvofiq shakl
ham o‗zgaradi. Demak, ma‘lum chegaragacha shakl mazmunga mos keladi,
so‗ngra esa bu muvofiqlik buziladi, ya‘ni yangi mazmun va yangi shakl birligiga
ega bo‗lgan yangi narsa yoki hodisa paydo bo‗ladi. Bu tabiiy hamda ijtimoiy
hodisalarning to‗xtovsiz rivojlanib, yangilanib turishida mazmun va shakl
o‗rtasidagi munosabatning ifodasini to‗g‗ri anglash imkonini beradi.
Mazmun bilan shakl aloqadorligidagi qonuniyat shundaki, rivojlanish
jarayoni bularning o‗zaro muvofiqligi asosida sodir bo‗ladi. SHuning uchun ham
mazmunning o‗zgarishi unga mos keladigan shaklning o‗zgarishiga olib keladi va
har ikkalasi bir-biriga mos bo‗lib qoladi. Mazmun va shakl dialektikasida narsa,
hodisa hamda jarayonlarning yo‗nalishidagi mazmunning birlamchiligi va faolligi
shaklning passivligini bildirmaydi. SHakl ham o‗z imkoniyati chegarasida
mazmunga muayyan tarzda ta‘sir ko‗rsatadi, rivojlanishini tezlashtiradi yoki
sekinlashtiradi. CHunonchi, mehnat qurollari shaklining o‗zgarishi kishilar amaliy
faoliyatiga ijobiy ta‘sir ko‗rsatadi yoki biron-bir samolyotning tezligi uning texnik
qurilishiga, ayni paytda, tashqi shakli, qanot tuzilishiga ham bog‗liqdir.
Ishlab chiqarishni tashkil etishda, texnika taraqqiyotida mashinalar,
qurilmalar, mehnat qurollarining ichki va tashqi ko‗rinishlari maqsadga muvofiq
shakllarda bo‗lishiga e‘tibor berilishining sababi ana shunda. Mazmun va
shaklning umumiy muvofiqlik qonuniyatida o‗zaro moslikka intilish hech qachon
bu borada mutlaq uyg‗unlikni anglatmaydi. Ular o‗rtasidagi moslikning vaqti-vaqti
bilan buzilib turishi mazmun va shakl uyg‗unligidagi asosiy holatdir. SHaklning
faolligi aniq sharoitga ko‗ra turlicha namoyon bo‗ladi. Mazmun hamisha eski
shaklni to‗la inkor etmasdan o‗ziga muvofiqlashtirishga intiladi. YAna shu jihatini
ham aytib o‗tish kerakki, bir mazmun bir necha shakllarda ham namoyon bo‗lishi
mumkin. Mazmun va shaklning birlik munosabatini noto‗g‗ri tushunib, ularni bir-
biridan ajratib qo‗yish, katta xato bo‗lib, aniq holat va vaziyatga etarli baho bera
olmaslik, nazariyada aqidaparastlikka, amaliy faoliyatda esa shaklbozlikka olib
494
kelishi mumkin. Bu borada mazmun va shakl birligini to‗g‗ri tushunish muhim
ahamiyatga ega
Mazmun va shakl olamdagi narsa, hodisa, jarayonlarning mavjudligini
ifodalash vositasi bo‗lib, har ikki kategoriyaning birligi olamning aniq
ko‗rinishlaridan iborat bo‗ladi. Mazmunga ega bo‗lmagan narsa va hodisalar
bo‗lmaganidek, shaklsiz jism va jarayon ham bo‗lishi mumkin emas. Demak,
birinchidan, olam va uning aniq ko‗rinishlari inson tafakkuriga bog‗liq bo‗lmagan
holda mavjud bo‗lganidek, olamga xos muhim munosabat, narsalarning mavjudlik
vositasi sifatida mazmun va shakl kategoriyalari ham mavjuddir. Ikkinchidan,
voqelikdagi har bir jism, narsa, hodisa mazmun va shaklning birligi hamda bir
butunligi tarzida, muayyan strukturaning yig‗indisi sifatida yuzaga keladi va
mavjud bo‗ladi. Uchinchidan, olamdagi jism, voqea, jarayonlardan ajralgan,
mustaqil mazmun va shakl bo‗lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |