413
atrof muhit belgilaydi. Natijada hozirgi davrning ikki muammosi – madaniy
qadriyatlar va atrof muhitni asrash paydo bo‗lgan.
Bu jarayonlar mexanizmi madaniyat tarixi zamirida yotadi. Ayni shu
jarayonlarga diniy madaniyatda ham duch kelish mumkin. Jahon dinlarida
yorug‗lik (ya‘ni to‗lqin) borliqning birinchi asosi hisoblanadi. Dastlabki impuls,
sikl g‗oyasi falsafada materiya va madaniyatning real birinchi asoslaridan biri
sifatida qaralgan (masalan, materiyada – apeyron, monada va h.k., madaniyatda –
ma‘naviyat, insonni ardoqlash va h.k.). Bu madaniyat asoslari axborot
(ma‘naviyat) maydonining global siklini izlash darajasida yotishini ko‗rsatadi.
Madaniyatning birinchi asosini moddiy ob‘ektlarda izlasak, shakllanish jarayonida
ular g‗oyib bo‗ladi. Bu qiyinchiliklar yagona axborot makonini kiritish yo‗li bilan
bartaraf etiladi. Mazkur makonda barqarorlik-beqarorlik sikli bilan qamrab
olinadigan barcha qadriyatlar mavjud bo‗ladiki, bu madaniyatlarning vorisiyligini
va madaniy qadriyatlarni jamg‗arish imkoniyatini izohlaydi.
Informatsion-to‗lqinli siklga
barqarorlik musbat ifoda, beqarorlik esa –
salbiy ifoda beradi. Umuman olganda jahon madaniyatining yuksalishlari va
inqirozlari, ya‘ni uning tarixiy sikllari ayni shu omillar bilan belgilanadi.
Binobarin, ob‘ektiv borliqning birinchi asosini biz oddiy «kvant-energiya» fizik
kattaligida emas, balki informatsion-to‗lqinli impulsda ko‗ramiz. Bu impuls
informatsion va fizik asosni o‗zida mujassamlashtiradi va borliqning birinchi
asosida moddiylik va ideallik xossalarini bir butunga – madaniyatni tarkibiy qism
sifatida o‗z ichiga oluvchi ob‘ektiv voqelikka birlashtiradi.
Kompyuter axborot tizimlarida axborot ishchi jism va ularning o‗z faoliyat
usuli hisoblanadi, bunda u ichki qiziqish va kuzatish ob‘ektini, ya‘ni madaniyat
ob‘ektini o‗zida ifodalamaydi. Tafakkurning sun‘iy intellektdan prinsipial farqi
shunda namoyon bo‗ladi, zero tafakkur uchun axborot ham bilish maqsadi, ham
uning natijasi hisoblanadi. Bugungi kunda sun‘iy tizimlarning
barchasi mexanik
energiyada ishlaydi va entropiya qonuniga bo‗ysunadi. Fikrlovchi ong
o‗zgartirilgan axborot hisoblanuvchi asabiy-ruhiy energiyada ishlaydi va
antropiyaga qarshi noyob xossa, ya‘ni axborotga ishlov berishning ma‘naviy
vositasi sanalgan ijodga ega bo‗ladi. Uning mahsuli real dunyoning informatsion
(ideal) modeli, insoniyat madaniyati yutuqlaridir.
Axborot – materiyaning joni, uning faol tomoni. Unda keyinchalik hayot va
madaniyat qadriyatlarida o„z ifodasini topuvchi impuls-qonunlar, sikllarning
pishib etilishi va namoyon bo„lishi yuz beradi
. Aks ettiruvchi sub‘ektning
o‗limidan so‗ng dunyoni zulmat qoplamaydi: materiyada axborotni aks ettirish,
jamlash va jamg‗arish jarayonlari yuz beradi. Materiya ortida uning atributi va
harakatlantiruvchi kuchi sifatida axborot turadi. Ayni paytda u faol asos –
beqarorlik sifatida namoyon bo‗ladi va passiv asos – barqarorlik bilan to‗qnashadi.
Bu jarayon inson ongida madaniy-tarixiy makon va vaqt sifatida aks etadi.
Inson
ongi kontinuumni idrok etishi mumkin emas, binobarin, uni faoliyat, ijod va
madaniyatda oldinma-ketin keluvchi sikllar tarzidagi uzluklilik va uzluksizlikning
birligi sifatida tushunadi.
Faoliyat ilmiy tamoyillarga asoslanadi, lekin ularning o‗zi bilangina
belgilanmaydi. Tabiiy qonunlarning analoglari hisoblanmaydigan mantiq qonunlari
414
ular bilan axborot atributi vositasida bog‗lanadi. Ong va uning qonunlari
dunyoning informatsion manzarasining o‗zgacha borlig‗i hisoblanadi. Ong beqaror
dunyoni ijtimoiy-madaniy va ilmiy kategoriyalarda barqarorlashtirishga harakat
qiladi.
Albatta, bu qoidalar umumiy ahamiyat kasb etadi. Konkret jarayonlarda ular
boshqa, ozroq darajada umumiy kategoriyalarda aktuallashadi. Jonli tabiatga
tatbiqan ular genetik va tarixiy
xotira sifatida amal qiladi, jonsiz materiyada esa
ob‘ektiv dunyo qoidalarida o‗z ifodasini topadi. Lo‗nda qilib aytganda, ong
butunlay yangi darajadagi materiyadir. Bizning nazarimizda, ularning odatdagi
ziddiyati boshi berk ko‗chaga olib kiradi. Bu falsafa va madaniyat tarixining rad
etilishini emas, balki paradigmalar almashuvinigina anglatadi.
SHunday qilib, barqarorlik va beqarorlik dialektikasi o‗zining turli
ko‗rinishlarida moddiy dunyoninggina emas, balki ma‘naviy hayotning ham
funksional asosini tashkil etadi. Bu erda axborot kategoriyalar o‗zaro aloqasining
mustaqil omili sifatida maydonga chiqadi.
U mazkur aloqani mexanistik
determinizm nuqtai nazaridan tushuntirib bo‗lmaydigan makon va vaqt doirasiga
soladi.
Falsafa axborot mantig‗iga tayangan holda universal axborotda dunyoning
universal xossalarini topishi mumkin. Binobarin, mantiq aqlning abstrakt
tushunchalar bilan ish ko‗rish xususiyati sifatidagina emas, balki axborot
qonunlarining in‘ikosi sifatida ham amal qilishi lozim. Mantiq qonunlari va
kategoriyalari, albatta, inson tafakkuri mahsuli hisoblanadi, lekin ular ko‗proq
darajada universum qonunlarining, shu jumladan uning dunyo mantig‗ini o‗zida
aks ettiruvchi axborot omilining in‘ikosidir. Bu beqarorlikni uning real asosi –
tasodif bilan bog‗lashga yordam beradi. Ma‘lumki, tasodif zaruriyatning namoyon
bo‗lish shakli hisoblanadi, bu esa, o‗z navbatida, ongning axborotga ishlov berish
jarayoni sifatidagi tabiatini yanada teranroq aniqlash
va ong bilan madaniyatning
nochiziq jarayon sifatidagi tarixiy genezisi haqidagi savolga javob topish
imkoniyatini beradi.
Barqarorlik va beqarorlik aktual kategoriyalar sifatida lokal masalalarni
amalda echish imkonini beradi. Beqarorlik barqaror holatda mavjud bo‗lmagan
yangi imkoniyatlarni yaratadi, lekin ularga to‗liq ro‗yobga chiqish imkoniyatini
bermaydi. Masalan, hozirgi zamon san‘ati yangi ifoda vositalarini olgan bo‗lsa-da,
ilgari erishilgan yutuqlarni ijtimoiy-madaniy tajribadan siqib chiqargani yo‗q. Bu
muammoning barcha jihatlarini atroflicha o‗rganish jarayonida hayot uchun xaos
tartibdan ko‗ra ko‗proq zarur, degan ajabtovur xulosaga kelish mumkin. Xaos va
tartibdan farqli o‗laroq, barqaror rivojlanish turg‗unlikni chetlab o‗tish
imkoniyatini beradi, chunki har qanday barqarorlik holati harakat va rivojlanish
omili hisoblanadi. Ammo xaos ham faol hodisadir, zero unda asta-sekin barqaror
strukturalar vujudga keladi, chunki xaos doim ularni o‗z-o‗zini
tashkil etish bilan
bog‗laydi. Bu strukturalarni, aslida esa ijtimoiy-madaniy sikllar almashuvining
tarixiy shakli sanalgan xaosni boshqarish haqida butun bir fan mavjud.
Beqarorlikning salbiy tomoni inson ongi (fikri)dagina mavjud, chunki
tabiatda bu axloqiy-ruhiy baholash mumkin bo‗lmagan real jarayondir. Ijtimoiy-
madaniy jarayonlarda voqealar o‗z dolzarbligini yo‗qotgani zahoti beqarorlik ham
415
o‗zining salbiy ahamiyatini yo‗qotadi: Neron hozirgi zamon odami uchun faqat
operadagi yovuz odam hisoblanadi. Ijtimoiy ongda Neron va uning davri axloqiy
va madaniy nuqtai nazardan qoralanmaydi, balki tarixiy jarayonning bir qismi
sifatidagina idrok etiladi. Siklli jarayonlar siyosatda, iqtisodda, madaniyatda, jonli
tabiatda va boshqa sohalarda yuz beradi. Binobarin,
hamma joyda sinergetik
tamoyillar amal qiladi. Xaosdan tartib tug‗iladi. Xaosning o‗zagini ham tartib
tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: