Нигинахон шермухамедова


Axborot ijtimoiy madaniy jarayonlarni qayd etish vositasi



Download 5,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet317/434
Sana25.06.2022
Hajmi5,75 Mb.
#703972
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   434
Bog'liq
Онтология 1 бўлим

Axborot ijtimoiy madaniy jarayonlarni qayd etish vositasi. 
Inson butun 
axborot olamini, shu jumladan sun‟iy olam, kompyuter olamini harakatga 
keltiruvchi kuchdir. 
Unga bu vazifani bajarishga axborotni olish, qayta ishlash, 
saqlash, o‗zgartirish va undan foydalanishning universal organi – ong yordam 
beradi. Umuman olganda, bu jarayon ongning barqarorlashtiruvchi (tartibga 
soluvchi, tizimlashtiruvchi va h.k.) funksiyasi bilan beqaror dunyo hodisalarining 
o‗zaro aloqasi mahsulidir. Ongning bu funksiyasini Gegel ko‗rsatgan, idrok etish 
jarayonlari uzluksizlikning uzilishi, tartibsizlikning tartibga solinishi ekanligini, 
ya‘ni ong har doim real jarayonlarni soddalashtirishi, qo‗pollashtirishi va 
formallashtirishini, lekin ularning harakati, nisbiylik, osoyishtalik va barqarorlik 
holatlarini kuzatish imkoniyatini berishini ta‘kidlagan edi. Falsafiy tizimlarning 
aksariyati aynan dunyoning tartibsizligi va uning ongda yaxlit, uyg‗un aks etishi 
qarshisida ojizdir. Ammo bu dialektik, ya‘ni real ziddiyat va u faoliyat, amaliyot 
va fikrlash jarayonida bartaraf etiladi.
Moddiy dunyoda ijtimoiy, tabiiy-ilmiy tamoyillar va qonunlar amal qiladi. 
Ular ong faoliyatiga tatbiq etilishi mumkin emas. Ammo bu tafakkurning 
tizimsizligi va o‗zboshimchaligini, uning volyuntarizmini anglatmaydi, chunki ong 
qonunlari sifatida tabiiy qonunlarning analoglari hisoblanmaydigan, lekin ular 
bilan axborot atributi vositasida uzviy bog‗langan mantiq qonunlari maydonga 
chiqadi. Ong qonunlari, mantiq qonunlari real dunyo qonunlarining o‗zgacha 
borlig‗i hisoblanadiki, bu oxir-oqibat ularni ayniyat deb hisoblash imkoniyatini 
beradi.
Bizning nazarimizda, bu ayniyat asosini ongning tartibga soluvchi faoliyati 
tashkil etadi. U tafakkurning xayoliy volyuntarizmiga ham (Ernst Max), ob‘ektiv 
dunyoning fatalizmiga ham (B.Spinoza) barham beradi. Ideal qonunning real 
ob‘ektlarga aylanishini taqiqlovchi qonun yo‗q, xuddi shuningdek informatsion 
modelni (Platon «g‗oyalari»ni) real ob‘ektlarga aylantirishga yo‗l qo‗ymaydigan 
taqiq ham mavjud emas. Bu yo‗lda fikrlovchi ong qiyinchiliklarga duch keladi, 
chunki hatto Xudo ham ong mahsuli hisoblanadi, u bilan birga paydo bo‗ladi va 
rivojlanadi. U o‗zini yaratgan odamlar ongidagina yashaydi va odamlarning 


408 
o‗zgarishi yoki yo‗qolishi bilan birga g‗oyib bo‗ladi. Bunda odamlar dam o‗z 
xayoloti vositasida xudolarni yaratadigan, dam ularni ijodning tur xili sanalgan 
xayolotning yangi mahsuli bilan almashtiradigan barqarorlik va beqarorlik 
dialektikasi namoyon bo‗ladi.
Xayollar amalda o‗zining moddiy ifodasini topishi shart emas – ular uchun 
ijod sohasida mavjud bo‗lishning o‗zi kifoyadir, chunki bu soha ideal modellar, 
ya‘ni axborot makoni hisoblanadi. SHu tariqa moddiylik va ideallik o‗rtasidagi 
ma‘lum ziddiyatga barham beriladi, chunki ijod ideal dunyo chegarasidan chetga 
chiqmaydi, balki uning o‗zida mavjud bo‗ladi. Bu erda dialektika bilan ziddiyat 
kuzatilmaydi, zero dunyoda harakatlanuvchi materiyadan boshqa narsa yo‗q va u 
makonda, axborotda va vaqtda harakatlanadi. Axborot atributini kiritish dunyoga 
ijodiy jihatdan uzluksiz bo‗lgan, mexanik qonunlar bilan belgilashni talab 
etmaydigan cheksiz jarayon sifatida yondashish imkoniyatini beradi. Bu inson erda 
tasodifiy mehmon emasligiga bo‗lgan ishonchni mustahkamlaydi.
Nomuayyanlik tamoyili beqarorlik tushunchasiga nisbatan umumiyroq 
xususiyat kasb etadi, chunki harakatning mutlaqligi va harakatsizlikning nisbiyligi 
tushunchasidan
kelib chiqadi, harakatning mutlaqligini konkretlashtiradi. 
Beqarorlik nomuayyanlikning ayrim ko„rinishi bo„lib, u tabiatda bir holatdan 

Download 5,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   434




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish