Termodinamika qonunlariga binoan dunyoni issiqlikdan o„lim kutayotgan
bo„lsa, axborot qonunlariga binoan uni o„zga borliqda yangi hayot kutayotgan
bo„lishi mumkin.
Binobarin, barqarorlik-beqarorlik tushunchasi dunyoning
ob‘ektiv dialektikasini rivojlanishning mazkur bosqichida ikki asos kurashi sifatida
tavsiflab, uni konkretlashtiradi. Bunda barqarorlik tabiat va jamiyatning mutlaq
osoyishtalikka intilayotgan turg‗un va mutanosib kuchlarini ifodalaydi. Beqarorlik
axborot va ijod sifatida maydonga chiquvchi faol kuchlarni ifodalaydi. Qaysi omil
etakchilik qiladi va yutib chiqadi, degan savolga javob faqat inson hukmi hamda
axborotning tabiatiga xos bo‗lgan mukammallikka intilish bilan belgilanadi.
SHunday qilib, rivojlanish yo‗lini tanlash muammosi inson hukmiga bog‗liq
xususiyat kasb etadi, chunki uning ongi evolyusiya jarayonida axborotni olish,
qayta ishlash, saqlash va undan foydalanish uchun shakllangan, yo o‗lim va
kimsasizlik, yo ijod va taraqqiyotni tanlovchi mexanizmdir. Axborot o‗z-o‗zidan
tashkil topishining mazkur bosqichida «inson» deganda biz ayrim odamni emas,
balki ijod qilish qobiliyatiga ega bo‗lgan, barqaror-beqaror dunyoda xulq-
410
atvorning informatsion modelini tanlash asosida umrboqiylikka intiluvchi Xomo
Sapienss tarixiy tipini tushunamiz.
Insonga barqarorlik tabiat va ajdodlardan meros qoladi. Umuman olganda bu
uning organizmi, lekin u o‗zini to‗laligicha ijodiy o‗zgartirishi, okean yoki
kosmosda yashashga moslashtirishi mumkin.
Bu yashashga intilish ijodiy
faoliyatga intilishdir, degan xulosaga kelish imkoniyatini beradi, chunki hayot bu
dunyoning barqarorligi va beqarorligi o„rtasida ijodiy yo„l tanlash doimiy
jarayonidir.
Barqarorlik – bu harakatsizlik, yalqovlik, o‗lim; beqarorlik –
tavakkalchilik, azob-uqubatlar, g‗alaba, ma‘naviy qoniqish, barkamollik. Bu
qarama-qarshiliklar alohida olingan holda hayot faoliyati uchun asos bo‗la
olmaydi. Barqarorlik va beqarorlikning o‗zaro aloqasi nuqtai nazaridan olinganida,
ular inson va uni qurshagan dunyo mavjudligining haqiqiy paradigmasi sifatida
amal qiladi.
Tabiat, taqdir insonni yaratib, uni erkin iroda va ijod qilish qobiliyati bilan
taqdirlagan. Binobarin, inson tabiat va jamiyatdagi entropiyani orqaga qaytarish
imkoniyatini beruvchi axborotning mo‗‗jizakor xossalariga tayanib, tanazzul
(o‗lim) va barkamollik (hayot) o‗rtasida yo‗l tanlashi lozim. Tabiiy jarayonlar
aralashishni talab qilmaydi va entropiya qonuniga binoan o‗z-o‗zidan amalga
oshadi. Ammo inson bundan mustasnodir.
Taqiqlardan xoli bo‗lgan axborot qonunlari va xossalarini o‗zlashtirish
orqali inson va insoniyat chinakam umrboqiylikka erishadi. Kompyuter xotirasi,
uning «joni» cheksiz darajada uzoq saqlanishi buning isbotidir. Tarixiy nuqtai
nazardan insoniyatning genetik axboroti, shuningdek uning ijtimoiy genetika
vazifasini bajaruvchi madaniyati umrboqiylik elementiga egadir. Zero axborot
moddiy dunyoning fizik qonunlariga bo‗ysunmaydi, shu jumladan o‗lmaydi va
qarimaydi. Axborotga ega bo‗lgan inson yoki tizim qariydi va o‗ladi.
Barqarorlik-beqarorlik tizimi taqdir qonunlariga binoan, ya‘ni Spinozaning
kazual tamoyiliga muvofiq rivojlanadi. Taqdirni tanlamaydilar – u barqaror-
beqaror dunyo dalildir. Ammo bunda taqdir, qismat nima, degan savolga javob
topish talab etiladi. Bizningcha, taqdir – bu insonning ob‘ektiv va sub‘ektiv omillar
ta‘sirida shakllangan individual hayotidir. Qismat deganda insonning individual
irodasi qarshilik ko‗rsatishga ojiz bo‗lgan engilmas kuch va omillar majmuini
tushunish mumkin. Aynan shunday hollarda hayot sharoitlari insondan kuchliroq
bo‗ladi. Ammo qismat butun hayot ssenariysi emas, balki uning bir parchasi,
xolos.
SHu tariqa insonda erkinlikning ikki darajasi: iroda erkinligi va yo„l tanlash
erkinligi paydo bo„ladi. Hayotda hech narsani tanlamaslik, ya‟ni o„z
imkoniyatlarini ro„yobga chiqarmaslik mumkin. Bu erda iroda erkinligi bor, lekin
yo„l tanlash erkinligi yo„q.
Boshqa hollarda yo‗l tanlash erkinligi bor, lekin iroda
erkinligi yo‗q. Bu imkoniyatlardan birining timsoli barqarorlik, ikkinchisining
timsoli esa – beqarorlikdir. Bunda boy berilgan variantlar negizida yangilari paydo
bo‗ladi.
Ijtimoiy munosabatlar rivojlanishining muayyan bosqichida sog‗lom fikr va
intuitsiya mavjudligining o‗zi kifoya qilmaydi, ijtimoiy jarayonlar uquvsiz shaxslar
tomonidan boshqarilishining salbiy oqibatlari ham buni tasdiqlaydi. Ayni shu
411
sababli olimlar va mutaxassislardan boshqaruv tuzilmalari yaratishga intilish butun
dunyoda keng kuzatiladi. Insoniyat olamshumul muammolarning echilishiga
bo‗lgan umidini professional kishilar jamoalarining faoliyati bilan bog‗laydi.
Bunda barqaror-beqaror dunyo sharoitida ular oqilona va samarali ish ko‗rishlari
nazarda tutiladi. Axborotga ega bo‗lgan odam asta-sekin tarix omilidan uning
bunyodkoriga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |