404
– ijtimoiy-madaniy jarayonlarni tartibga solish va ularning tartibsizligini anglab
etish nazariy tamoyillarini ko‗rsatish;
– dunyoning ilmiy manzarasiga zid bo‗lmagan ijtimoiy-madaniy modelni yaratish.
Metodologiya har qanday ijtimoiy faoliyatning usuli hisoblanadi
. Unda
faoliyat maqsadlari, ob‘ektlari va natijalari, shuningdek ularga erishish yo‗llari
belgilanadi. Metodologiya u yoki bu faoliyat sohasidagi
muayyan usullar va
amallar tizimlari hamda tizim haqidagi ta‘limotni, ya‘ni metod nazariyasini o‗z
ichiga oladi. Gegel: «qarorlar qabul qilishning asosiy sharti mutlaq
nomuayyanlikdir»
1
, deb ta‘kidlagan edi.
Metodologiyani belgilash hamisha voqelikni falsafiy-ilmiy bilishning bosh
omili hisoblangan. Hozirgi vaqtda metodologiya muammolari tafakkurning
dialektika, fan falsafasi,
fenomenologiya , sinergetika kabi yo‗nalishlari doirasida
muhokama qilinadi. Metodologiya biluvchi sub‘ektga aniq vazifalarni echish va
muayyan natijalarga erishishga yo‗l ko‗rsatuvchi harakatlar bilan bog‗liqdir.
Metodologiya haqiqatlarni yaratmaydi, lekin ularning tagiga etishga
ko‗maklashadi, maqsadlarga qisqa yo‗l bilan, kamroq mablag‗ va kuch-g‗ayrat
sarflash imkoniyatini beradiki, bu hozirgi oqilona, lekin beqaror dunyo uchun juda
muhimdir. Ammo kezi kelganda yana
shuni ham qayd etish lozimki,
metodologiyaning asosiy funksiyasi bilish, nazariy va ilmiy faoliyatni tartibga
solish hisoblanadi.
Metodologiyani qo‗llash ijtimoiy tahlil ob‘ektini ajratishga, tushunchalar
ustida mantiqiy amallarni bajarish yo‗li bilan ob‘ektning mohiyati, asosiy belgilari
va rivojlanish omillarini hamda ijtimoiy-madaniy faoliyatda unga inson tomonidan
ta‘sir ko‗rsatish imkoniyatini aniqlashga yordam beradi.
Metodologiyalarning barchasi
mavjudlik huquqiga ega, lekin ularning
natijasi amalda o‗z tasdig‗ini topishi lozim. Aks holda ijtimoiy-madaniy
jarayonning murakkabligi va uni bilish vositalarining norasoligidan ayrim
nazariyachilar madaniyatning noijtimoiyligi, uning fenomenlar bilan bog‗liqligi
haqida xulosa chiqarishlari sababini tushuntirish qiyin bo‗ladi. Bunda narigi dunyo
insonning normal ongi darajasi ostida yoki ustida yotadi, deb faraz qilinadi.
Boshqa bir nuqtai nazarga ko‗ra, ijtimoiy-madaniy
jarayon inson tarixiy
faoliyatining o‗zgacha borlig‗i sifatida tushuniladi, ya‘ni insonning ayrim
harakatlari negizida tarixiy qonuniyat tushunchasini yaratish metodi sifatida
maydonga chiqadi. Mazkur yondashuvda ijtimoiy materiya (ya‘ni insonning
ijtimoiy faoliyati) ijtimoiy ongda ilmiy
tafakkur qoidalariga binoan, ya‘ni tahlil,
sintez, induksiya, deduksiya va hokazolar vositasida aks etadi va qayta ishlanadi.
Bunda madaniyat sinkretik, ya‘ni bir-biriga o‗tuvchi, bir-birini boyituvchi
xususiyat kasb etadi, ijtimoiy-madaniy jarayon esa
konkret tarixiy jarayonning
abstrakt-mantiqiy analogi hisoblanadi.
Bu holda madaniyat tarixi, xalqlar o‗rtasidagi aloqalar, shaxs, jamiyat va
uning institutlarini madaniy-ma‘naviy takomillashtirish haqida gapirish mumkin.
Madaniy-tarixiy jarayonga dialektika kategoriyalarining umumiy tamoyillarini, shu
jumladan tarixiy va madaniy faoliyatning barqarorligi va beqarorligi tamoyillarini
tatbiq etish mumkin. Boshqa metodikalarda, masalan, ob‘ektiv-idealistik
1
Гегель. Энциклопедия философских наук. В 2-х т. Т. 1. – М., 1974. – 217–218-б.