417
Ammo bu umuman bilimlarga tegishli. Ijtimoiy bilimga tatbiqan bunday
vorisiylik va oldindan belgilanganlik jiddiy tuzatishlarga muhtoj. Boz ustiga,
ijtimoiy fanlarda tarixiy
tajriba jamlanganiga qaramay, ulardagi andozalar,
«dogmalar» o‗zgargan sharoitlarda salbiy va hatto reaksion rol o‗ynashi mumkin.
Bunga turli aqidalar misol bo‗ladi. Ming yillik diniy aqidalar bilan ko‗z
o‗ngimizda yuz berayotgan metamorfoza ular umumiy ahamiyatga molik tajribani
saqlab qolish va avlodlarga uzatishning nisbatan barqaror usulidan boshqa narsa
emasligini namoyish etadi. An‘anaviy dinlarda mazhablarning rivojlanishi
muvoziy jarayoni bu aqidalarga hujum yaqinda boshlanmaganini tasdiqlaydi.
YAngi ming yillik boshida umumbashariy rivojlanishning asosiy muammolarini
echishda aql-zakovatning ustuvorligini ta‘kidlash, o‗rinli bo‗ladi.
Bugungi kunda
jahonning turli mamlakatlarida odamlar duch kelayotgan muammolarning deyarli
barchasini tinch, oqilona yo‗llar bilan, demak, aql-zakovat vositasida echish
mumkin.
Aqidalar ham, «bid‟atlar» ham ijtimoiy voqelikning barqarorlikdan
beqarorlikka va beqarorlikdan barqarorlikka o„tishlar orqali amalga oshuvchi
yaxlit bir butun xossasini aks ettiradi.
Binobarin, sinfiy tabiatga ega bo‗lmagan
«ijobiy fanlar»dan farqli o‗laroq, ijtimoiy fanlarda andozalar chegarasidan chetga
chiqish hamisha eski jamiyatda tub o‗zgarishlar, ya‘ni yangi barqarorlikni o‗rnatish
maqsadida, barqarorlikni beqarorlik yordamida buzishga
urinish bilan birga yuz
beradi.
SHaxsning ijodiy qobiliyatlarini faollashtirishning eng muhim imkoniyatlari
inson omili bilan bog‗liq. Bu qobiliyatlar turg‗unlikka o‗tuvchi ijtimoiy barqarorlik
sharoitida lozim darajada ro‗yobga chiqarilmaydi. Masalan, o‗z tabiatiga ko‗ra
asosan ijodiy faoliyat hisoblanadigan fanda turg‗unlik holati tadqiqotchilar
davrasida shunday bir vaziyat yuzaga kelishiga sabab bo‗ladiki, u samarali mehnat
qilishga ham, fan sifat jihatidan yangi holatga erishishiga qaratilgan harakatlarning
faollashuviga ham imkoniyat yaratmaydi.
Haqiqiy falsafiy bilimga kelsak, hozirgi davrdagina fan Koinotdagi hayot
oqsilli jismlarning mavjudlik usulidir, degan qat‘iy bir to‗xtamga keldi. Buni
bizning dogmalar va stereotiplarni shoshma-shosharlik
bilan qabul qilish ham,
ularni rad etish ham yaramaydi, degan tezis tasdiqlaydi. Hayotning oqsilli tabiati
beqarorlik va xaos ummonida hozirgi dunyoning rivojlanishiga imkoniyat yaratgan
o‗ziga xos «barqarorlik oroli»ga aylandi. Albatta, barqarorlik ham, beqarorlik ham
nisbiy xususiyatga ega. Ayni paytda barqarorlik-beqarorlik kategoriyalari
juftligining o‗zi real dunyoning mavjudligini aks ettiradi.
Iste‘dodlar, nodir aql egalarining bellashuvi dogmatizmga ham,
relyativizmga ham mukkasidan berilishga yo‗l qo‗ymaslik vositasidir.
Asosli
tavakkalchilik ko‗p jihatdan izlanish yo‗li va uslubi to‗g‗ri tanlangani tufayli jiddiy
ilmiy natijalarga erishish imkoniyatini beradi. Sog‗lom raqobatning taqchilligi
boqibeg‗amlik va befarqlik kayfiyatini uyg‗otadi, mas‘uliyat hissining susayishiga
va ijodiy jarayonda barqarorlikning me‘yori haqida to‗g‗ri tasavvurning
yo‗qolishiga olib keladi.
Xulosa.
Inson, ayniqsa ijodkor odam o‗z ishining ustasi bo‗lishi lozim:
uning ishonchliligi bilimdonlik va omilkorlik bilan uyg‗un bo‗lgan kasbiy mahorat
418
darajasi bilan belgilanadi. Odamlar tajribasi turlicha bo‗lishi mumkin, lekin har
qanday holda ham inson sifatli ishlari, tavakkalchilikning maqbul darajasini o‗z
tajribasi va bilimlariga muvofiq to‗g‗ri aniqlashi lozim.
Falsafaning vazifasi
zaruriy professionalizm darajasini pirovard natijada insonning o‗z-o‗zi va o‗zini
qurshagan muhit bilan uyg‗unligiga erishishga qaratilgan metodologik tamoyillar
nuqtai nazaridan aniqlashdir. Bunda professionalizm deganda mehnatga doir
ko‗nikmalargina emas, balki beqaror-barqaror dunyoda to‗g‗ri mo‗ljal olish
qobiliyati ham tushuniladi. Bu insonga dunyoda o‗z erkinligini ro‗yobga chiqarish
imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: