Zero ijtimoiy-madaniy
qadriyatlar va tamoyillar ideal tushunchalar tarzida berilgani bois, ularni faoliyat
yo„li bilan emas, balki mulohaza yuritish orqali anglab etish mumkin.
Ushbu metod negizida donishmand, ya‘ni dunyoviy qadriyatlarni butunlay
rad etgan va absolyut bilan yuz ko‗rishishga qarab mo‗ljal olgan odamning
odatdagi obrazi vujudga kelgan. Bunga misol tariqasida ijtimoiy-madaniy
jarayonlarni teran anglab etish ulardan mumkin qadar uzoqlashish yo‗lida amalga
oshiriladi deb hisoblaydigan konfutsiychilik, platonizm, stoitsizm va boshqa
oqimlar metodikasini keltirish mumkin. «Biluvchilar gapirmaydilar, gapiruvchilar
bilmaydilar»
1
, deb saboq beradi Konfutsiy.
F.Nitsshe: «Dunyo yangi shov-shuvni yaratuvchilar atrofida emas, balki
ularning qadriyatlari atrofida aylanadi; uning aylangani eshitilmaydi»,
2
deb
ta‘kidlaydi. Bu metodologiyani ijodkor ziyolilar davrasida ayniqsa keng tarqalgan
sub‘ektiv-idealistik metodologiyaga kiritish mumkin. Ammo u bizni ijtimoiy
taraqqiyot sabablarini tushunishga yaqinlashtirmaydi, chunki inson faoliyati va
ongini undan tashqariga chiqaradi.
SHunday qilib,
metod – bu dunyoni izchil tushunchalar va kategoriyalar
yordamida tavsiflash usulidir
. Metodologiya tamoyillariga qarab ijtimoiy-madaniy
jarayon voqeligining konfutsiycha, diniy, marksistik, ekzistensialistik va hokazo
talqinlari farqlanadi. Kategoriyalarni aktuallashtirish tushunchalar ustida mantiqiy
amallarni bajarish yo‗li bilan dialektikaning umumiy tamoyillarini ijtimoiy-
madaniy jarayonni bilish tamoyillariga aylantirish imkoniyatini beradi.
Ayrim mualliflar muayyanlik va nomuayyanlik dialektikasini falsafiy
kategoriyalarning fundamental juftligi sifatida ancha chuqur o‗rganganlar. Bu
tadqiqotlarning natijalari mazkur kategoriyalar tahlilini davom ettirish va konkret
jarayonlar mohiyatini yanada kengroq aks ettiruvchi kategoriyalar juftligi –
barqarorlik va beqarorlikka o‗tish uchun imkoniyat yaratadi. Bizning nazarimizda,
nomuayyanlikdan muayyanlikka, so‗ngra barqarorlik va beqarorlikka o‗tish
ijtimoiy-madaniy jarayonlar mexanizmini yoritish imkoniyatini beradi.
Dunyo haqidagi tasavvurlarning rivojlanishi bilimning soddalashuviga emas,
balki murakkablashuviga eltadi. Ilmiy bilishning eski usullari o‗z rolini bajarmay
qo‗yadi, ya‘ni ular to‗g‗ri bo‗lsa-da, lekin yangi bilimga olib kelmaydi va yangi
jumboqlarni tushuntirmaydi. Bu jumboqlar yangicha idrok etishni va yangi
metodologiyani talab qiladi.
Hozirgi
zamon
ijtimoiy
fanida
barqarorlik
insoniyatni
ko‗pgina
muammolardan xalos etishi mumkin bo‗lgan foydali g‗oya sifatida tavsiflanadi.
Buni inkor qilmagan holda, shuni qayd etish lozimki, barqarorlik ham o‗z
chegarasiga ega bo‗lib, undan tashqarida turg‗unlikka aylanishi mumkin.
Binobarin, barqaror rivojlanish g‗oyasi uchun kurashish jarayonida beqarorlikning
inqirozga yo‗l qo‗ymaydigan darajasini nazarda tutish lozim.
Falsafa ham bundan mustasno emas. U faoliyat turi sifatida o‗ziga xos
vazifani bajaradi: ma‘naviy izlanishlarga yo‗l ochadi, ijtimoiy-madaniy
1
Конфуций Уроки мудрости.-М.: ЭКСМО, Фолио, 2005. -67-б.
2
Ницще Ф. Так говорил Заратустра. Соч. В 2 т., т 2.-М.: Мысл, 1990. -95 –б.
406
rivojlanishning tahliliga imkoniyat yaratadi. Har qanday ijod mahsuli vaqt o‗tishi
bilan eskiradi. Eng buyuk kashfiyotlar ham vaqti kelib fan arxiviga topshiriladi.
Har qanday yangi ilmiy yo‗nalish boshi berk ko‗chada tugaydi. Bu tabiiy bir
holdir. Fanda muttasil ravishda yangi gipotezalar va g‗oyalar paydo bo‗ladi, ular
ilgari erishilgan ilmiy natijalarni go‗yoki qadrsizlantiradi, lekin aslida fanda ularga
tegishli o‗rin ajratib, uni yanada boyitadi. Buning natijasi o‗laroq ijtimoiy-madaniy
rivojlanish fenomeni paydo bo‗ladi. U tarixning tabiiy vujudga keluvchi va tabiiy
g‗oyib bo‗luvchi sikllarini o‗zida ifodalaydi. Bunda tarix voqealar va jarayonlarni
tartibga soluvchi ijtimoiy-madaniy voqelik va ob‘ektiv qadriyat sifatida maydonga
chiqadi.
Inson so„nib borayotgan jarayonlarni entropiyaga qarshi energiya bilan
quvvatlaydi. Bu energiyani u, bir tomondan, o„z ma‟naviy faoliyatidan, boshqa
tomondan esa – o„zini qurshagan muhit kuchlaridan oladi.
Tarixda inson ijtimoiy-
madaniy faoliyatining bosh ahamiyati shu bilan belgilanadi. Ammo inson
faoliyatining entropiyaga qarshi jihati fanda yaxshi o‗rganilmagan. SHunisi
qiziqki, entropiyaga qarshi omillarning manbalari ma‘lum bo‗lmagan tabiiy
fanlarda ularga qiziqish kuchli. Entropiyaga qarshi faoliyatga o‗rnak hisoblanuvchi
ijodiy faoliyatda bu masalalarga lozim darajada e‘tibor berilmaydi, zero axborot
nazariyasining umumfalsafiy muammolari o‗z tadqiqotchisini kutmoqda.
Hozirgi vaqtda entropiyaga qarshi tabiiy omillarning ayrimlarigina ma‘lum.
Masalan, yangi energiya manbalari, yangi yulduzlarning paydo bo‗lishi va h.k.
Ammo falsafa o‗zining ilk asoslaridayoq entropiyaga qarshi omillarning cheksiz
manbai – inson ruhi va ijodiy faoliyatni ko‗rsatgan. Tabiiy jarayonlar entropiyaga
qarshi energiyaga oz miqdordagina ega, ijtimoiy hayotning negizi esa to‗laligicha
ijodiy faoliyat, ma‘naviy energiya bilan belgilanadi. Ijtimoiy-madaniy
jarayonlarning barqarorligi va beqarorligi dialektikasini o‗zida uyg‗un
mujassamlashtirgan ijodning mazmun va mohiyati shunda namoyon bo‗ladi. Agar
insoniyat abadiyatga erishganida, entropiyaga qarshi jarayonlar manbai – ijtimoiy-
madaniy ijod va faoliyat ham cheksiz tus olgan bo‗lur edi.
Barqarorlik va beqarorlik tizim sifatidagi dunyo inqirozga yuz tutishiga
imkon bermaydigan kategoriyalar juftligidir
. Tizimning ayrim bo‗g‗inlari inqiroz
holatida, ya‘ni mazkur tizim uchun o‗rinli sanalgan barqaror holatda bo‗lishi
mumkin. Ammo ichki yoki tashqi beqarorlik oxir-oqibat uni mazkur holatdan
chiqaradi va o‗zgarishlarning yangi davrasiga tashlaydi. Bunday tizimlarning
ayrim ko‗rinishlari ijod va taraqqiyot hisoblanadi. Ularda barqarorlik turg‗unlikka,
beqarorlik esa – rivojlanishning avvalgi siklini buzish va rad etishga aylanadi.
Inson tabiat qonunlariga o„z hukmini o„tkaza olmaydi, lekin amaliyot u
axborotni boshqarishga qodir ekanligini ko„rsatadi. Bizning nazarimizda, aynan
axborot sohasida inson moddiy jarayonlarni anglab etadi va ularga ta‟sir
ko„rsatadi, chunki u ongning «tanasi» hisoblanadi. Lo„nda qilib aytganda,
ongning o„zi axborot demakdir.
Moddiy jarayonlar axborot tizimlarining amal qilishi mahsuli hisoblanadi.
Binobarin, insoniyatning madaniy faoliyati eng avvalo dunyoni «yaratish harakati»
bilan bevosita bog‗liq, dunyoning emanatsiya jarayonida ishtirok etadi. To‗g‗ri,
hozir bu ishtirok asosan tarix qonunlariga tayangan holda, o‗z tarixi va
407
madaniyatini yaratish bilangina cheklanadi. Ammo inson ijodning bu sirli
qonunlari tagiga etish imkoniyatini beruvchi «axborot kaliti»ni topishi va shu
tariqa mazkur qonunlarni yaratish jarayoniga qo‗shilishi shak-shubhasizdir. Bu
tabiat qonunlarida insonning hammuallifligini belgilovchi formal qonunlar yo‗q,
degan xulosaga kelish imkoniyatini beradi. Hamijodkorlikka eltuvchi bu yo‗lni
materiya orqali izlaganlar, holbuki, u insonga ham, predmetga ham xos bo‗lgan
universal xossa – axborot orqali o‗tadi. Spinoza tosh ham fikrlaydi, deb
hisoblagan.
Binobarin, ijod o‗z tabiatiga ko‗ra borliqning teran asoslariga uning axborot omili
orqali oxir-oqibat borliq jarayonlarini boshqarish maqsadida insonning kirishi isbot
qilingan ilmiy dalildir. Bu metod haqiqat, ezgulik, go‗zallik, baxt-saodat va
umrboqiylikka, ya‘ni falsafiy tafakkur o‗zi vujudga kelgan paytdan boshlab
o‗rganayotgan narsalar va hodisalarning barchasiga eltadi. Bu koinot tizimida
inson rolining o‗zgarishiga olib keladi: u voqealar ishtirokchisidan bunyodkorga
aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |