25
XX asrda Borliq– dunyo miqyosidagi tartibsizlik, absurd va intiho asri -
bunyod etgan yangi postmodernistik shaklini e‘lon qilgan postmodern instinkt,
boshboshdoqlik, va yurish-turishlarning
rang-barangligi, spontanlik hamda
tartibsizlik tomon yuz tutgan. San‘at va borliq orasidagi masofa tobora qisqarib,
mutlaqo yo‗qolish darajasiga yaqinlashgan. Ko‗chadagi narsalar badiiy asarlar
ahamiyatini kasb etgan. Postmodern hayotdagi haqiqiy
qarama-qarshiliklardan
kelib chiqishga harakat qilib, borliqdan «nusxa» ko‗chirgan va «o‗z tartibi»ni taklif
qilgan. Odatdagi narsalarning oddiy aloqalarini neytrallashtirib, ularni obrazli-
badiiy dunyoqarash maqomiga da‘vogar bo‗lgan yangi ma‘nolar tizimiga kiritishga
intilish ijodning mohiyatiga aylangan.
Noklassik borliq.
Noklassik falsafa dunyoning aqlga muvofiqligi,
shuningdek inson ongining mustaqilligiga shubha bildirdi.
Pozitivistlar umuman
ontologiyani
yaratishdan
bosh
tortdilar.
Irratsionalizm,
marksizm
va
ekzistensializmda ontologik konsepsiyalar hayot, jamiyat va inson tushunchalarini
rivojlantirildi, ular borliqning noyob va o‗ziga xos usullari sifatida tavsiflandi.
Borliq va hayot: borliqning irratsionalistik konsepsiyasi.
Falsafiy
irratsionalizm asoschisi A.SHopengauer olamning aqlga muvofiqligi haqidagi
tezisga shubha ko‗zi bilan qaraydi. Uning fikricha, borliqning o‗zi emas, balki
bizning u haqdagi
tasavvurimiz aqlga muvofiqdir, zero tasavvur – bu inson
aqlining mahsulidir. Ammo tasavvur – bu hodisa, mohiyat darajasida esa dunyoni
aqliy idrok etish mumkin emas. SHopengauer o‗zining «Dunyo intilish va tasavvur
sifatida» deb nomlangan bosh falsafiy asarida dunyoning borlig‗ini ikki tarkibiy
qismga – «yashashga intilish sifatidagi dunyo» va «inson tasavvuri sifatidagi
dunyo»ga ajratadi. Uning fikricha, yashashga intilish haqiqiy borliqdir. YAshashga
intilish ko‗r-ko‗rona va nooqilonadir, zero uning asosiy niyati – o‗z-o‗zini
asrashdir. O‗z-o‗zini asrash instinkti – butun tiriklikning tabiiy xossasidir. Ammo
SHopengauer
romantiklarga ergashib, yashashga intilish dunyoning barcha
narsalariga va umuman dunyoning o‗ziga xosdir, deb hisoblaydi. Dunyo haqidagi
bunday mifopoetik tasavvur hayotda yana ta‘riflar va tushunchalar tilida ifodalab
bo‗lmaydigan o‗ziga xos tabiiy stixiyani ko‗rish imkoniyatini beradi.
Fan dunyoni umumiy qonunlar va nazariyalar yordamida anglab etishga
harakat qiladi. Ammo hayot har doim betakror bo‗lib, uni ta‘riflar
yordamida
ifodalash mumkin emas. Uning hayot faoliyati mahsullaridagi moddiy
ifodalarinigina o‗rganish mumkin. Bu eng avvalo ijodga tegishli, kreativ
faoliyatning barcha turlaridan intilishga eng yaqini esa musiqadir (intilishning
birinchi moddiy ifodasi). So‗zlar va obrazlar hayotga intilishning izlarini ma‘lum
darajada ko‗zdan yashiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: