26
Amaliy mashg’ulot
№ 5
Nasadkali rektifikasion ustunlar hisobi
Rektifikasiya – bu turli haroratga ega bo’lgan, bir-biriga qarama-qarshi
harakatlanuvchi, muvozanati bir xil bo’lmagan suyuq va bug’li fazalar o’rtasidagi
ikki taraflama massa va issiqlik almashinish yo’li bilan
uchuvchan suyuqliklarning
gomogen qorishmalarini ajratish jarayonidir.
Ajratish odatda ustunli qurilmalarda fazalarning ko’p marotabali yoki
uzluksiz kontaktida amalga oshiriladi. Har bir kontakt paytida suyuqlikdan past
haroratda qaynaydigan komponent ajralib chiqadi, ular bilan bug’lar to’yinadilar.
Bug’dan esa, ko’proq suyuqlikka aylanadigan yuqori
darajada qaynaydigan
komponent kondensasiyalanadi. Fazalar orasidagi komponentlar almashinuvi,
oxir-oqibatda bug’lar deyarli toza past haroratda qaynaydigan komponentga
aylanadi. Bu ustunning yuqori qismidan chiqayotgan bug’lar, alohida
qurilmada
kondensasiyalanganlaridan so’ng, distillyat (yuqori mahsulot) va flegma –
suyuqlikni beradilar. Flegma ustunni sug’orish va ustundan ko’tarilayotgan
bug’lar bilan o’zaro g’arakat qilishi uchun qaytariladi. Pastdan deyarli
toza yuqori
haroratda qaynaydigan komponent – kub qoldig’i (pastki mahsulot) olinadi.
Qoldiqning bir qismini ustunning pastki qismida yuqoriga ko’tariladigan bug’
oqimi hosil qilish uchun bug’latiladi.
Rektifikasiya – XIX asrning boshlarida asosan spirt va neft sanoatining eng
muhim texnologik jarayonlaridan biri sifatida ma’lum. Hozirgi paytda
rektifikasiyadan toza holdagi komponentlar ajratib olish muhim ahamiyatga ega
bo’lgan kiyoviy texnologiyaning turli sohalarida (organik sintez, izotoplar, yarim
o’tkazgichlar va yuqori chastotali boshqa turli moddalar hosilasidan) tobora
kengroq foydalanilmoqda.
Kimyoviy-fizikaviy asoslar.
Rektifikasiya yo’li bilan bir jinsli qorishmalarni komponentlarga
aylantirishning yuqori darajasiga erishish mumkin. Rektifikasiya sodir bo’ladigan
jarayonlar mohiyati va bunda olinadigan natijalarni t – x –
u diagrammasi
yordamida kuzatish mumkin.
x
1
tarkibli boshlang’ich qorishmani qaynash darajasigacha qizdirib, suyuqlik
bilan muvozanatda turgan bug’(b nuqta) ni olamiz. Bu bug’ning tanlovi va
kondensasiyasi x
2
tarkibli to’yingan NK(x
2
>x
1
) ni beradi. Bu suyuqlikni ham
qaynash
darajasigacha qizdirsak, t
2
– kondensasiyasi yanada ko’proq NK mavjud
bo’lgan x
3
suyuqlikni beradigan bug’ (d nuqta) ni olamiz. Shunday tahlitda ketma-
ket suyuqlik bug’lantirsh va bug’ni kondensasiyalash jarayonini o’tkazsak,
natijada, deyarli toza NK (distillyat) dan iborat suyuqlikni olishimiz mumkin.
Xuddi shunday, x
4
tarkibiga to’g’ri keladigan bug’li fazadan kelib chiqib, bir
qator ketma-ket bug’latish va kondensasiyalash jarayonlarini o’tkazib, deyarli toza
VK dan iborat suyuqlik (qoldiq) ni olish mumkin.
Ko’p marotaba bug’latish jarayonini sodda tarzda ko’p pog’onali qurilmada
amalga oshirish mumkin. Bunda, birinchi pog’onada boshlang’ich qorishma
bug’lanadi. 2-pog’onada esa, birinchi pog’onadan qolgan suyuqlik, uchinchi
pog’onada, ikkinchi pog’onadan kelgan suyuqlik bug’lanadi va hokazo.
27
Xuddi shunday, ko’p marotabali kondensasiyalash jarayonini tashkil etish
mumkin. Bunda, har bir keyingi pog’onaga oldingi pog’onadan chiqqan, suyuqlik
ajratib olingan bug’lar o’tadilar.
Pog’onalar etarlicha ko’p bo’lsa, bu yo’l bilan konsentrasiyasi yuqori bo’lgan
komponentlar bilan boyigan suyuqlik yoki bug’li faza olish mumkin. Ammo, bu
fazalarning chiqishi boshlang’ich qorishmadagi
uning miqdoriga nisbatan
birmuncha kam bo’ladi. Bundan tashqari, tasvirlangan qurilmalar beso’naqayligi
(juda kattaligi) va atrof-muhitga ko’p issiqlik chiqishi bilan farq qiladi.
Odatda kompakt qurilmalar- rektifikasion ustunlarda o’tkaziladigan
rektifikasiya jarayonlarida qorishmalar tejamli, to’liq va aniq komponentlarga
bo’linishiga erishiladi.
Fazalar o’rtasidagi o’zaro harakatda sistemaning muvozanatni saqlash
holatiga intilishi tufayli massa va issiqlik almashinuvi bo’lib o’tadi.
Har bir kontakt natijasida komponentlar o’zaro fazalarga qayta bo’linadilar:
bug’ birmuncha PK bilan boyiydi, suyuqlik esa – VK bilan boyiydi.
Ko’p marotabali kontakt oqibatida boshlang’ich qorishmaning to’liq
ajratilishiga erishiladi.
Shunday qilib, muvozanatning yo’qligi va shunga ko’ra, fazalar haroratidagi
tafovut (fazalar ma’lum bir nisbiy tezlikdagi harakatda) va ko’p marotabali
kontaklashish rektifikasiya o’tkazishning zarur shartlaridan biridir.
Rasm 1.1. t—x—u diagrammasida binar qorishmalarning rektifikasiya yo’li
bilan ajratilish jarayoni tasvirlangan.
Rektifikasiya jarayonlari turli bosimda vaqti-vaqti bilan yoki uzluksiz
o’tkaziladi:
atmosfera bosimi ostida, yuqori darajada qaynaydigan qorishmalarni
ajratish uchun vakum ostida, shuningdek, normal haroratda gazsimon bo’lgan
qorishmalarni ajratish uchun esa atmosferadan ortiq bo’lgan bosim ostida.
Do'stlaringiz bilan baham: