Quduqni o’zlashtirish va ishlatishga tushirish
Quduqni o’zlashtirish deganda mahsuldor qatlamdan quduq tubiga kunlik debiti suyuqlik oqimini chaqirish uchun o’tkaziladigan kompleks tadbirlar tushuniladi.
Mahsuldor qatlamdan quduq tubiga neft va gaz oqimining kirib kelishi quyidagi shart asosida amalga oshiriladi:
Qo’shimcha bosim teshilgan teshiklardagi va filtratsiya kanallaridagi to’liq qatlam g’ovakliklari va yoriqliklarini yopish uchun sarflanadigan gidravlik qarshilik uchun beriladi.
Agarda quduq ρ – zichlikka ega bo’lgan suyuqlik bilan to’ldirilgan va suyuqlik ustunining balandligi N ga teng bo’lsa, u holda qatlam bosimining qiymati quyidagicha tengsizlik orqali ifodalanadi.
(5.2)
Bu tengsizlikni qanoatlantirish uchun N, ρ va – parametrlarni kamaytirish kerak. Amaliyotda ko’p holatlarda quduqni o’zlashtirish uchun – quduq tubidagi bosim quduq ustunidagi suyuqlikning zichligini pasaytirish hisobiga kamaytiriladi. рух Р туби куд Р .
Quduqni o’zlashtirishdan maqsad kollektorlarning tabiiy o’tkazuvchanligini tiklash va mos potensial imkoniyat darajasidagi quduq debitini olishdan iborat.
Kon amaliyotda suyuqlik oqimini mahsuldor qatlamdan chaqirishning quyidagi: tortish usuli (tartaniya), porshenlash, quduq tubidagi suyuqlikni yengil suyuqlikka almashtirish, kompressor usulini qo’llash, gaz suyuqlik oqimini haydash, chuqurlik nasosi bilan haydash kabi usullar qo’llaniladi. Quduqlarni o’zlashtirish uchun ustki qismiga armatura o’rnatiladi. Har qanday holatda mustahkamlash tizmasi flanetsiga mushkulotli holatlarda quduq ustunini yopish uchun yuqori bosimli qulfak o’rnatiladi.
O’qli perforatorlar va o’qli teshgichlarning qo’llanilishini asoslash
O’qli perforator 1 metr uzunlikdagi diametri 100 mm bo’lgan quvur bo’lib, siqilgan portlovchi modda bilan zaryadlangan va 10 ta po’lat o’qlardan iborat yig’ilgan birlik birlik jamlanmadir.
Loyli eritma bilan to’ldirilgan quduqqa karotaj kabelida o’qli perforator tushiriladi, qatlamning otiladigan oralig’iga o’rnatiladi va otish amalga oshiriladi.
Tog’ jinsidagi teshiklarning diameti 5-7 sm dan oshib ketmaydi. Ko’pincha o’qlar ishlatish tizmasiga va sement toshiga tiqilib qoladi, unchalik ko’p bo’lmagan o’qlargina tizmani va sement toshini teshib o’tadi.
O’qli teshgichlar qisqa stvolli zambarakli tizim ko’rinishida bo’ladi, porox gazlarining kengayish energiyasi hisobiga quduq stvoliga o’qlar otiladi va to’siqni teshadi.
APX, PB, PPM turidagi teshgichlar quduq stvolining o’qiga teshgichlar perpendikulyar holatda yo’naltiriladi. Bunday teshgichlarda porox gazlarining bosimi ta’sirida o’qni surib haydaydi, stvol uzunligi esa juda chegaralangan.
Shunday qilib,teshish jarayoni o’qning stvol teshgichidan chiqadigan o’q energiyasi orqali bo’lmaganligi uchun tog’ jinsida kanallar paydo bo’lmaydi. O’qli teshgichlar orasida tik-egri chiziq stvolli PVN turidagi teshgichlar eng yangi turdagi hisoblanadi. Bunda o’qlar stvol bo’yicha katta uzunlikka otiladi. Bunday konstruksiyada stvolning uzunligi 60-70 mm o’rniga teshgichlar stvolining uzunligi 400-500 mm.gacha, gorizontal joylashtirilganda o’qni teshishdagi tezligi esa 900÷1000 m/sek ga yetadi. Ikkilamchi ochishda hamla bilan ta’sir etuvchi teshgichlar qo’llaniladi. Bu turdagi teshgichlar PVN 90, PVN 90T, PVG 73, PVK 70 (diametrlari 90; 73; 70 mm) ichki diametrlari 117,5 va 98 mm.li mustahkamlash tizmalari orqali tushiriladi. PVN teshgichlari ikkita o’zaro perpendikulyar tekisliklarda 4 ta stvol juft holda joylashtiriladi.
PVN 90 teshgich yordamida 140 mm uzunlikdagi, PVG 73 teshgichi yordamida esa 180 mm, PVK 70 teshgichi yordamida 200 mm qalinlikdagi o’rtacha zichlikka ega bo’lgan tog’ jinslarini teshish mumkin. O’qning teshish qobiliyati asosan tog’ jinsi mustahkamligiga bog’liq bo’lib, kumulyativ oqimli teshgichlarga nisbatan past va o’rtacha mustahkamlikka ega bo’lgan jinslarda kanalning uzunligi katta, tog’ jinsining o’rtacha mustahkamligida (50 MPa ga) esa yorib kirish chuqurligi kichik bo’ladi. Shuning uchun o’qli teshgichlarni kuchsiz sementlangan mustahkam bo’lmagan va sochiluvchan tog’ jinslarida qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |