Neft gаz texnologiyasi


Kompressor usulida o’zlashtirish



Download 2,58 Mb.
bet8/25
Sana26.03.2022
Hajmi2,58 Mb.
#510873
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
Bog'liq
dessertatsiya 2

Kompressor usulida o’zlashtirish
Kompressor usul-quduqlarni o’zlashtirishda eng ko’p qo’llaniladigan usuldir. Quduq o’zlashtirilishi oldidan NKQ quduqqa tushuriladi, quduq usti favvora armaturasi bilan jihozlanadi. Quvur orqa fazosiga haydovchi quvur uzatma orqali harakatlanuvchi kompressor biriktiriladi yoki gaz chizig’i orqali yuqori bosimli gazkompressor stansiyasiga ulanadi (5.5-rasm).
Quduqqa gaz haydalganda suyuqlik quvur oralig’i fazosida NKQ ni bashmoqigacha yoki NKQ ni qo’yilish teshigigacha (3÷4 mm) siqiladi. Bu teshik oldindan quduq ustidan 700-800 m masofada bajarilgan va NKQ ga yorib kiradi. Gaz NKQ ga to’plangandan so’ng suyuqlikni gazlantiradi. Quduq tubida bosim pasayadi.
Gazning sarfini boshqarib, quvurlardagi gaz suyuqlik aralashmasini zichligi o’zgaradi, shu bilan birgalikda quduq tubidagi bosim ham o’zgaradi (P куд туби . ).
Quduq tubidagi bosim P куд туби . < P кат shart bajarilganda quduqqa suyuqlik va gaz oqimining kirib kelishi boshlanadi. Barqaror oqim olingandan so’ng quduqda doimiy barqaror ish rejimiga o’tiladi. Bu usulda qatlamda katta depressiya olish mumkin, ayniqsa quduq tubi sohasini samarali tozalash mumkin.
Qatlamdagi mustahkam jinslar sharoitida (qumoqtoshlar, ohaktoshlar) g’ovaklik muhitini kolmatatsiya materiallaridan jadal tozalashga olib keladi.
Quduqni bir tekis ishga tushirish uchun quduqqa kompressor yordamida quvur orqa fazosi orqali aeratsiyali suyuqlik haydaladi.

5.5-rasm. Komressor usulida quduqlarni o’zlashtirish jihozlarini sxemasi:


1-aeratsiya suyuqligini chiqarib yuborish tizimi;
2-kompressor;
3-nasos agregati;
4-aralashtirgich;
5-nasos-kompressor quvuri;
6-quvur oralig’i;
7-mahsuldor qatlam.

Hozirgi paytda siqilgan havo yordamida quduqlarni o’zlashtirish taqiqlangan bo’lib, ko’chma UKP-80 yoki KS-100 markali stansiyalardan foydalaniladi. Kompressor KS-80 bosimni 8 MPa gacha ko’tarib, 8 m3 dan ko’p suyuqlik haydaydi; KS-100 stansiyasi esa 100 MPa bosimda 16 m3 dan sarfni haydaydi. Siqilgan havo gazlar bilan aralashganda portlash xavfi bo’lganligi uchun qo’llanilmaydi.




Porshenlash
Porshenlashda porshen svab nasos kompressor quvuri orqali po’lat arqonda tushiriladi. Porshen quvur shaklida bo’lib diametri 25-37,5 mm. li klapanning pastki qismi yuqoriga ochiladi. Quvurning tashqi sirtiga simli to’r va 3-4 dona rezina manjeti o’rnatilgan. Porshenni tushirishda suyuqlik quduqqa porshen ustidagi fazodagi klapan orqali oqib kiradi. Svabni ko’tarishda klapan yopiladi, suyuqlik ustunining bosimi ta’sirida manjetlar NKQ devoriga qisiladi va zichlanadi. Porshen bir marta ko’tarilishi davomida qancha suyuqlik sathiga botib turgan bo’lsa, shu suyuqlik ustunini olib chiqadi. Porshenni suyuqlikka botib turishi tortal qanotining mustahkamligiga bog’liq bo’lib, odatda 100-150 mm botiriladi.
Tartaniya (tortish usulida) deb po’lat arqonni (diametri 16 mm) avtomobil chig’irig’i yordamida quduqqa tushirib, quduqdan nov orqali suyuqlikni olib chiqishi jarayoniga aytiladi.
Novning uzunligi 7,5–8 m bo’lgan quvurdan tayyorlanadi, pastki qismida klapan mavjud. O’q pastga tirkalgandan keyin klapan ochiladi.
Tarnovning yuqori qismi qanotni mustahkamlash uchun skoba bilan ta’minlanadi. Tarnovning diametri mustahkamlash tizmasini diametrining 0,7 qismidan oshib ketmasligi kerak. Nov quduqqa bir martalik tushirish-ko’tarish sikli davomida 0,06 m3 hajmdagi suyuqlikni olib chiqadi.



Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish