Neft gаz texnologiyasi


Quduq tubi zonasiga (QTZ) issiqlik-kimyoviy ta‘sir etish (IKTE)



Download 2,58 Mb.
bet25/25
Sana26.03.2022
Hajmi2,58 Mb.
#510873
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
dessertatsiya 2

Quduq tubi zonasiga (QTZ) issiqlik-kimyoviy ta‘sir etish (IKTE).
QTZ ga issiqlik-kimyoviy ta‘sir etish quduq tubi zonasida elektr kabelida poroxli zaryad tushirib yondiriladi. Uning yonish muddati bir necha daqiqadan bir sekundgacha davom etadi va boshqariladi.
Poroxni yonish natijasida gaz ajralib chiqishi tezligi yonish zonasidagi bosimni va haroratni o’zgarishini belgilaydi. Jarayonni borish jadalligi boshqarilib, yondiriladigan zaryad miqdori 20 kg - dan 500 kg - gacha o’zgarishi mumkin.
Porox zaryadini yonishi natijasida quduq tubidagi bosim 30-100 MPa-ga ko’tariladi, quduqdagi suyuqlik ustuni zichlovchi porshen rolini o’ynaydi. Bunday tez yonish jarayoni qatlamga mexanik ta‘sir ko’rsatadi, yangi yoriqlarni hosil qiladi hamda amaldagi yoriqlarni kengaytiradi.
Porox gazini sekin yondirish natijasida quduq tubi zonasida yuqori harorat paydo bo’ladi (3500S), yonish frontida harorat 35000S-gacha yetadi. Qizigan porox gazlari g’ovaklik va yoriqlarga kirib boradi, parafin, smola, asfaltni eritadi va g’ovaklik kanallarini yaxshilaydi.
Zaryadni yonishi natijasida katta miqdordagi gaz shakli mahsulotlarni yonishi ta‘sirida neft eriydi, suv bilan jinslarni chegarasidagi sirt tortishish kuchlarini va neft qovushqoqligini pasaytiradi. Bu quduqni mahsuldorligini oshiradi. Karbonat kollektorlariga kimyoviy ta‘sirni kuchaytirish uchun tuzli kislota aralashmasida poroxli zaryadni yoqish maqsadga muvofiqdir.
Issiqlik kimyoviy ishlov berish uchun maxsus apparat ishlab chiqilgan bo’lib, maxsus himoyalangan kabelda quduqqa tushiriladi. Bu apparatlar quduqlarga bosim beruvchi akkumlyatorlar deb (ADS-5; ADS-6) ataladi. Ba‘zida bu asbobni bosim beruvchi poroxli generator ham deb ataladi.
Apparat ADS-5 qatlamni qizdirish uchun, ADS-6 apparati esa qatlamni gidroyorish uchun mo’ljallangandir.


Quduq tubi zonasiga boshqa usullarda ishlov berish
Yuqoridan keltirilgan usullardan tashqari QTZ-ga ishlov berishning samaradorligi uncha katta bo’lmagan ishlov berish o’tkazilayotgan va o’rganish bosqichidagi boshqa metodlari ham mavjud bo’lib, ularga quyidagilar kiradi:
а) quduqni torpedalash;
b) quduq tubi zonasiga tebratish (silkitish, titratish) usulida ishlov berish;
d) elektrogidravlik ta‘sir etish.
Torpedalash usuli mustahkam tog’ jinslarida QTZ-ga ishlov berishda qo’llanilib qazib oluvchi quduqlarda tabiiy yoriqlarni ochib mahsuldorlikni kuchaytirish va haydovchi quduqlarni sig’imdorligini oshiradi. Torpedalash quduqlarni ta‘mirlash ishlarida ham keng qo’llaniladi va ularni ko’p konstruktsiyalari mavjud.
a) tarpedali o’qli kumulyativ o’qli (TKU) bo’lib, uning yordamida yo’naltirilgan portlashish amalga oshiriladi. Bu ta‘mirlash ishlarida uzilib qolgan quvurni yoki tizmani portlashish yo’li bilan olishda qo’llaniladi.
b) portlatuvchi piligli torpedalar tizmani yechishda, cho’kuvchi qum ta‘sirida ushlanib qolgan quvurlarni silkitishda mustahkamlash quvurlaridagi filtrlarni va qatlamni tozalashda va jinsda yoriq shakllantirishda qo’llaniladi.
d) fugasli torpeda usulida – katta quvvatda 5 – 7 kg portlatish moddasi qo’llaniladi.
Portlatish moddasi sifatida flegmatik deksogen qo’llanilib, portlaganda katta energiya ajratadi. (1 kg portlatish moddasi 5,5 kj). Fugasli torpeda mustahkamlash tizmalaridagi tik holda yoriqlar tizimini ochishda qo’llaniladi.


XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki quduq tubi atrofida ishqalanish qarshiligini yengib o’tish, qatlamdan suyuqlikni olish hamda quduqqa suyuqlikni haydashda energiyani kam sarflanishga erishish muhimdir. Quduqlarni burg’ilashda ichki kuchlar quduq atrofida qayta taqsimlanadi. Quduq tubi atrofini qisqa vaqtli ta‘sir bilan teshishda quduq atrofidagi jinslarga har xil chastotali tebranishlardagi zarba, kristallarni qirralarga pezo elektrik samara bilan ta‘sir qiladi.
Kislotaning ishchi aralashmasi konning maxsus laboratoriyasida tayyorlanadi.
Ishchi eritmani tayyorlashda kerakli miqdordagi suvga ingibitor va stablizator, undan keyin tuzli kislota qo’shiladi.
Aralashtirib bo’lingandan so’ng (BaCℓ2) bariy xlor qo’shiladi. Bariy xlor ko’piklari yo’qolguncha aralashtiriladi va kiyin namuna nazorat qilinadi, yana aralashtiriladi, eritma to’liq tinguncha imkoniyat beriladi va bariy oltingugurt kislotasini cho’kishi kutiladi.
Kislotani ushlab turish muddati ko’p omillarga bog’liq. Tajriba ma‘lumotlari shuni ko’rsatadiki, kislotani karbonat yotqiziqlari juda tez sezadi, ayniqsa g’ovaklik muhitida. Yuqori harorat reaktsiyani borishini tezlatadi hamda quduq tubida ushlab turish muddatini kamaytiradi. Ochik quduq tubida past haroratda va kislota hajmini ushlab turish ishlanadigan oraliqda 8 soatdan 24 soatgacha, 15÷300S haroratda hamma kislotani bostirish uchun – 2 soatgacha, 30-600S haroratda 1÷15 soatgacha olib boriladi. Yuqori haroratda ushlab turish rejalashtirilmaydi, chunki ishlatish rejimiga quduqni topshirish uchun ko’p vaqt talab qilinadi. Shuning uchun kislotani to’liq neytrallashtirish kerak.



1 Ю.В. и др. “Технология и техника эксплуатации нефтяных и газовых скважин” - М., Недра. 1986г. с-301.



2 Б.Ш.Акрамов, Ш.Х. Умедов Нефт қазиб олиш буйича маълумотнома Тошкент-2010й

3


Download 2,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish