Bosim ostida kislotali ishlov berish Oddiy tuzli kislotali ishlov (TKI) berishda yaxshi o’tkazuvchi qatlamlarga kislota yaxshi kirib boradi va holatini yaxshilaydi. Yaxshi o’tkazmaydigan qatlamchalarni egallab ololmaydi. Bunday kamchiliklarni bartaraf qilish uchun har xil jinsli qatlamchali qatlamlarda bosim bilan kislotali ishlov berish qo’llaniladi.
Bosim ostida TKI berish vannali va oddiy TKI-dan so’ng birinchi jarayon hisoblanadi.
Odatda quduqda tayyorlov tadbirlari amalga oshiriladi: quduq tubi tiqinini, parafin yotqiziqlarini, suv bosgan qatlamchalarni bekitish yoki quduq tubida suv bosgan chegarasida og’ir suyuqliklarni haydab bostirish ishlarini amalga oshirish. Bosim ostida TKI berishdan oldin yutiluvchi qatlamchalarni yoki ularni qalinligini oydinlashtirish uchun mahsuldor qatlam o’rganiladi.
Mustahkamlash tizmalarini yuqori bosimdan himoyalash uchun qatlam shipida NKQ ga yakorli paker o’rnatiladi. Kuchli o’tkazuvchan qatlamchalarni yutilish qobiliyatini kamaytirish yoki umuman bekitish uchun qatlamga emulsiya haydaladi.
Kerakli miqdordagi neftli kislotani emulsiyasini hajmi quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
Quduq tubi zonasiga (QTZ) issiqlik ta‘sirida ishlov berish QTZ – ga issiqlik ta‘sirida ishlov berishda tarkibida (5-6%) dan ko’p bo’lgan parafin va asfalten, smola komponentli neftlarni va og’ir neftlarni qazib olishda qo’llaniladi.
QTZ – ga issiqlik ta‘sirida davriy ishlov berilib, quduqni chuqurligi uncha katta emas (1300m), quduq ichidan isitish jihozlari chiqarib olingandan keyin quduq tubini yuqori haroratida ham suyuqlikni yuvib chiqarish mumkin bo’lishi kerak.
Quduq tubi zonasida parafin va asfalten smola yotqiziqlari quduq devoridan 2,5 m masofada ya‘ni bosim tez o’zgargan joyida o’tirib qolgan bo’ladi. Bunday holatda q sizilish qarshiligini kuchayishiga va quduq debitini kamayishiga olib keladi.
Quduq tubi zonasiga ikkita usulda ishlov beriladi:
а) quduq tubi zonasiga issiqlik tashuvchi yoki isitilgan bug’, eritgich, issiq suv yoki neft haydaladi;
b) quduq tubiga maxsus isituvchi elektr uzatmali qurilma yoki maxsus chuqurlik gaz yoqgichi kiritiladi.
Ikkinchi usul ham sodda ham qulaydir. QTZ – si elektr isitgich yordamida isitilgan holda issiqlik tashuvchi suv yoki bug’ kondensat haydalmaydi, yoki qatlamning loyli komponentlari bilan o’zaro ta‘sirlanmasligi kerak.
Elektr isitgich yordamida QTZ – sida 400S gacha ortiqcha harorat hosil qilinadi hamda isitish chuqurligi 1 metrga yetadi.
Issiqlik tashuvchi haydalganda isitish 10-20 metr zonagacha boradi. Buning uchun barqaror bug’ generatori talab qilinadi. Elektroisitgich kabel yordamida quduqqa tushiriladi, yuqori quvvatda 180-2000S gacha isitiladi, neftdan koks shakllanishiga olib keldi.