H2 SO4 + Ba Cℓ2 = Ba SO4 + 2HCℓ
Karbonat kollektorlarini ochishda quduqlar har xil turdagi tuzli kislotalar bilan ishlanadi:
Kislotali vanna, oddiy kislotali ishlov, bosim ostida QTZ-ga ishlov, issiq kislotali ishlov, gidromanitor nasadkasi orqali kislotali ishlov, oraliqlararo kislotali ishlov.
А) Kislotali vanna.
Kislotali vanna ochiq ustunli burg’ilashdan keyin va o’zlashtiriladigan hamma quduqlarda, quduq tubidagi tsement va loyli qobiqlarni, zanglash mahsulotlarini qatlam suvidan ajralib chiqqan kaltsitlarni tozalashda qo’llaniladi. Agarda quduq tubi mustahkamlangan va teshilgan bo’lsa, kislotali vannani qo’llash tavsiya qilinmaydi. Talab qilingan hajmda kislota miqdori quduq tubidan ishlanadigan ustun shipigacha bo’lsak hajmga teng bo’ladi. NKQ (nasos kompressor kuvuri) boshmoqi orqali kislota haydalib quduq tubigacha tushiriladi. HCℓ -ning kuchaytirilgan (15-20%)li kontsentratsiyasi qo’llanilib, quduq tubida qayta aralashtirish sodir bo’lmaydi.
B) Oddiy kislotali ishlov – eng ko’p qo’llaniladigan usul bo’lib, HCℓ kislotasini QTZ- ga haydash amalga oshiriladi. Oddiy kislotali ishlov berish yaxshi yuvilgan va tayyorlangan hamda harorati yuqori va bosimsiz quduqlarda bitta nasos agregati yordamida haydaladi.
Kislotani ushlab turish muddati ko’p omillarga bog’liq. Tajriba ma‘lumotlari shuni ko’rsatadiki, kislotani karbonat yotqiziqlari juda tez sezadi, ayniqsa g’ovaklik muhitida. Yuqori harorat reaktsiyani borishini tezlatadi hamda quduq tubida ushlab turish muddatini kamaytiradi. Ochik quduq tubida past haroratda va kislota hajmini ushlab turish ishlanadigan oraliqda 8 soatdan 24 soatgacha, 15÷300S haroratda hamma kislotani bostirish uchun – 2 soatgacha, 30-600S haroratda 1÷15 soatgacha olib boriladi. Yuqori haroratda ushlab turish rejalashtirilmaydi, chunki ishlatish rejimiga quduqni topshirish uchun ko’p vaqt talab qilinadi. Shuning uchun kislotani to’liq neytrallashtirish kerak.
Ko’pgina tajriba va tadqiqot ma‘lumotlari shuni ko’rsatadiki kislota karbonatli jinslarda bir tekis radial tarqaluvchi kanallarni shakllantira olmaydi.
Odatda bunday yuviladigan kulltiqli shakldagi kanallar noto’g’ri shaklda bo’lib, ular qandaydir oraliqda bitta va bir nechta yo’nalishda shakllanadi.
Karbonat moddalari bilan tsementlangan g’ovakli kollektorlarda, quduq ustuni atrofida yoki teshilgan teshiklarda erish bir tekisda sodir bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |