Nanotexnalogiyalar nanomashinalar uchun yo’l solmoqda
Kaliforniyaning San–Fransisko shaxrida bo’lib o’tgan Nanotech 2003 konferensiya qatnashchilari yaqin o’n yil ichida nanotexnalogiya rivoji tufayli quyidagilar yaratilishiga umid bildiradilar:
Meditsinaviy tahlil (analiz) uchun arzon uskunalar.
Buyumlarni avtomatik hisobga oluvchi uskunalar.
Yo’llardagi hodisa va holatlarni kuzatuvchi datchiklar.
Berklidagi Koliforniya universitetining professori Albert Pizano «Nanotexnalogiya o’lchamlari 100 nm dan katta bo’lmagan uskunalarni yaratish haqidagi fan bo’lib, u kompaniyalarga yanayam ilcham va arzon nanomaxsulotlar tayyorlash imkonini beradi, bu esa o’z navbatida yangi bozorlarning shakllanishiga olib keladi»- deb aytdi.
Diametri bir necha nanometrni tashkil etuvchi magnitli zarrachalardan ora-sira almashtirib tayyorlangan shtrix kodlar yordamida qalbaki mol yoki xujjatlarni tez va oson aniqlash mumkin. Darema universitetidan Rasel Kaubern qalbakilashtirishning oldini oladigan yangi texnalogiya tarkibida nikel va temir aralashmasi (permaoy) taklif etdi. Mikrosxemalar xuddi shu tariqa bosib (ishlab) chiqariladi. Har bir bosilgan nusxa undagi magnitli zarrachalarni alohida o’zgacha tarzda joylashtiriladi. Shu sababli xar bir bosilgan nusxa yagona bo’lib, u boshqalaridan o’zining magnit maydoni bilan farqlanadi. Shtrix kodini aslligini bilish maqsadida uni o’lchash qayd qilish va tekshiruvdan o’tkazish mumkin.
Turli magnit maydonlari yorug’lik bilan turlicha ta’sirlashadilar. Shuning uchun qutblangan lazer nurining shtrix koddan qaytishi uning magnit xossalarini aniqlashga imkon beradi. Tafsilotlardan xar bir shtrix kod bilan bog’liq bo’luvchi ma’lumotlar bazasini tuzish mumkin.
Yangi uskuna shtrix kodini tekshirish chog’ida uning magnit maydonini o’lchaydi va undagi shifrlangan sonni o’qiydi. Skaner ma’lumotlar bazasi bilan solishtirib, uning mazkur shtrix kodga mos kelishini tekshiruvdan o’tkazadi. Bu mashg’ulot bir necha sekund vaqtni oladi. Tizimning xavfsizligi shu narsa bilan bog’liqki bu turdagi shtrix kodlarni oldindan maqullangan xarakteristikalar asosida buyurtma berib tayorlatish mutloqo mumkin emas. Bunday sharoitda sezdirmay ish ko’rishlari uchun qalbakilashtiruvchilarga faqat ma’lumotlar bazasini buzishgina qoladi, holos!
Qalbakilashtirish yo’llaridan biri mahsulotini orginal kodini boshqasiga yopishtirish hisoblanadi. Agar shtrix kodlar boshqa buyumga ko’chirib yopishtirish bilan o’z o’zidan parchalanib ketadigan matirialga bosib chiqarilsa bu muammo oson hal bo’ladi. Skaner va ma’lumotlar bazasi oddiy player o’lchamidagi uskunaga joylashadi, shu sababli amalda mahsulotlarni istalgan vaqt va joyda tekshirish mumkin.