Nanotexnalogiya: birinchi qadamlar. Albatta, taxmin bashorat va nazariy baxolashlar o’zi yo’li bilan, lekin barchani eng avvalo nanotexnalogiyalarning bugungi kunda bevosita qo’lga kiritilgan yutuqlari qiziqtiriladi. Ehtimolki larning eng yorqin ta’suroti deyarli nanotexnalogiya asosida - INTEL va boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan protsessorlar bo’ldi, desak adashmaymiz. Keying yillar CRI ishlab chiqarishida do – nanometrli tex protsessor, grafiklovchi protsessor va xotira mikrosxemalarining o’zlashtirilishi bu soha uchun hal qiluvchi axamiyatga ega. Nanotexnalogiyalarning dunyodagi ini izchil kuzatmoq uchun bu soha uchun yig’ilgan yangiliklarga nazar solaylik.
Nanometrlar dunyosidan yangilik
Nanotexnalogiyalarning eng baland parvoz bir orzu si sanalgan molekulyar masshtabdagi matorlarni yasash birinchi bo’lib amerikalik olimlar tomonidan ro’yobga chiqarildi. Berklidagi koliforniya universitetinig tadqiqotchilari Aleks Uettil va Adam Fenimor eng kichik elektr uskunasini yaratdilar. Soch qistirgichning o’tkir uchida shunday qurilmaning milliontasi joylashadi. U to’rt millimetr kvadrad yuzali kremniyli chipga maxkamlangan. Motorning o’zi ancha kichik bo’lib, uning o’qining diametrik 20-40 nanometrni tashkil etadi, xolos. Rotorning umumiy diametri taxminan 400 nanometr. Motor statistik elektr zaryadlari hisobiga ishlaydi. Uskunaning o’ta muxim, xal qiluvchi elementi ichma – ich devorli nanoquvirdir. Bu quvirlar koktel ichish uchun ishlatiladigan uzun, ingichka naycha shaklini eslatadi. Bunda ichki quvir o’q bo’lib boshqasi esa tashqi tayanch bo’lib xizmat qilishadi. Motor shunchalik kichikki uni yaratgan olimlarning o’zlari xam Hozirgacha uning aynan qanday ishlashini bilishmaydi. – deb izoh berishgan kashfiyot mualliflari. Oxirgi yillarda uglerodli nanoquvirlar materialshunoslik dunyosida eng mashxur tarkibiy ashyoga aylandi. Bu devorli nanoquvurlar bu uglerod atomidan bino bo’luvchi mikroskopik spirallardir. O’zining o’lchamlari va uglerodning tabiiy xossalari tufayli bu quvurlar tokni misnikadan issiqlikni esa olmosnikidan yaxshi o’tkazishadi.
Bo’yoq yoki plastmassaga bu materiallarda elektr o’tkazuvchanlik xossasini hosil qilish uchun, nanoquvirlarni qo’shib kiritishni ularning birinchi tijorat tadbig’i sifatida baxolanmoqda. Bu ba’zi buyumlardagi metaldan tayyorlangan dellarni polimerlar bilan almashtirishga imkon beradi. Joriy yilda CNI kompaniyasining nanoquvirlar asosida ishlab chiqaradigan asosiy maxsuloti elektr o’tkazuvchan polimerlardan iborat bo’ladi. Bundan tashqari uglerodli nanoquvirlar aralashmasidan tayyorlangan qoplama statistik zaryadlarni chetlashtirish yoki radar signalini yutish uchun ishlatilishi mumkin. Yaqin yillar ichida nanoquvirlar optik to’la tayyorlash yoki amaldagi tranzistorlar va mikrosxemalarni almashtirishda qo’llanilishi mumkin bo’ladi. U qimmat material Hozir CNI uni 500 dollar narxda sotadi.