125-savol. Siyosatshunoslik hamda davlat va huquq nazariyasi.
|
Siyosatshunoslik fani siyosat, uning shakllari, siyosiy jarayonlar va siyosiy birlashmalar, jumladan, siyosiy partiyalar, siyosiy hokimiyatga va davlat hokimiyatiga erishish vositalari, fuqarolik jamiyati, davlat va shaxsning o‘zaro munosabati kabi hodisalarni o‘rganadi. Siyosatshunoslik inson siyosiy madaniyatini ijtimoiy-siyosiy munosabatlar tizimi, ya’ni fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirilishi orqali o‘rganadi. Davlat va huquq nazariyasining siyosatshunoslik fani bilan bog‘liqligi har ikkala fanning ham bir obyektni, ya’ni jamiyat siyosiy tizimining muhim elementi bo‘lmish davlat va huquqni ilmiy jihatdan tadqiq etishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bunda davlat va huquq nazariyasi davlat va huquqning vujudga kelishi, rivojlanishi, amaliy faoliyatining umumiy qonuniyatlarini o‘rgansa, siyosatshunoslik fani davlat va huquqiy siyosatni, aniqrog‘i, jamiyatda yuz berayotgan siyosiy hodisalar va jarayonlarni, ya’ni siyosat nazariyasi va amaliyotini o‘rganadi. Ularning har ikkalasi bir predmet — davlat va huquqni, davlatning ichki va tashqi siyosatini har tomonlama, ayni vaqtda turli jihatlarini o‘rganadi, ilmiy tadqiqotlar natijasida olingan bilimlar bilan bir-birini to‘ldiradi. Pirovardida, siyosatshunoslik fani o‘zining keng qamrovliligiga ko‘ra, davlat va huquq nazariyasi fani uchun muhim asoslardan biri bo‘lib xizmat qiladi. 0‘z navbatida, siyosatshunoslik fani ham davlat va huquq nazariyasi to‘playdigan bilimlardan foydalanadi. Masalan, fanimizning “davlat” , “davlat mexanizmi”, “siyosiy hokimiyat” , “siyosiy va davlat rejimlari” , “siyosiy partiyalar faoliyatini huquqiy tartibga solish” tushunchalariga bergan ta’riflaridan siyosatshunoslik fani ham keng bahramand bo‘ladi.
|
126-savol. Tarix hamda davlat va huquq nazariyasi.
|
Davlat va huquq nazariyasi tarix fani bilan ham uzviy aloqador. Tarix jamiyatshunoslikka oid ijtimoiy fan hisoblanadi. U insoniyat madaniy va ma’naviy taraqqiyotining har xil tiplari va davrlarini, jamiyatning rivojlanish yo‘nalishlari va tiklanish bosqichlarini, insoniyatning o‘tmishdan kelajak
tomon yuksalib borish sabablari va mohiyatini tadqiq etadi. Muayyan xalqlar, davlatlarning turli davrlardagi hayotining aniq shakllari va tajribasini, shuningdek huquqiy merosi va yodgorliklarini ham o‘rganadi. Lekin tarix fani uchun vaqt chegaralari muhimdir. U umumlashma xulosalar chiqarmaydi, qonuniyatlarni ochmaydi, ayni shu jihatlari bilan davlat va huquq nazariyasidan farq qiladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |