Nazariya javoblari


-savol. Totalitar siyosiy rejim



Download 124,39 Kb.
bet64/64
Sana19.02.2022
Hajmi124,39 Kb.
#458795
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64
Bog'liq
Nazariya javoblari

151-savol. Totalitar siyosiy rejim.



Totalitar rejim usuliga fashistik davlatlar va “shaxsga sig‘inish” davridagi sotsialistik davlat misol bo‘ladi. Ushbu rejim ko‘ppartiyaviylik tizimini rad etgan holda, faqat bir hukmron partiyaning mavjudligiga yo‘l qo‘yadi va mazkur partiya jamiyatning yetakchi kuchi deb e‘lon qilinadi, uning qoidalari muqaddas aqidalardek qabul qilinadi. Hukmron partiya davlat boshqaruvini jilovlab turadi hamda partiya va davlat organlarining o‘zaro qo‘shilib ketishi sodir bo‘ladi. Siyosiy hukmron partiya rahbari siyosiy lider bo‘lib , u davlat boshlig‘i hisoblanadi. Mamlakatda siyosiy plyuralizmga y o i qo‘yilmay, yagona rasmiy mafkura o'rnatiladi. Davlatda eng dono, “xalq otasi” boshchilik qiladi va u buyuk dohiy deb e’tirof etiladi.



152-savol. Fashistik rejim.



Fashistik idora usuli totalitar rejimning avj olgan shakllaridan biri bo‘lib, u millatchilik mafkurasi bir millatning boshqalardan afzalligi to‘g‘risidagi tasavvurlarga tayanadi. Insonlarning huquq va majburiyatlari qaysi millatga mansubligiga bog‘liq bo‘ladi, shuningdek bu rejim amal qiladigan davlatlarda senzlar asosan shaxsning millati va irqiga qarab belgilanadi. Ushbu rejim odamlar qonun va sud oldida teng bo‘lishi mumkin emas degan aqidaga tayanadi, faqat bir millatni oliy irqqa
mansub deb e’lon qiladi va u barcha imtiyozlarga ega bo‘lishi mumkin, deb hisoblanadi. Bunday hollarda inson va uning shaxsiga nisbatan agressiv kayfiyat hukmron bo‘ladi. Jamiyatda uzluksiz ravishda ijtimoiy ixtiloflar, ommaning qashshoqlashuvi yuz beradi.



153-savol. Konfederativ davlat tushunchasi, misollar.



Konfederatsiya bir necha davlatlarning ayrim muhim sohalar, ya'ni iqtisodiy, siyosiy, mudofaa masalalari bo‘yicha tuzgan ittifoqidir. Konfederatsiyada yagona davlat hududi, yagona fuqarolik bo‘lmaydi. Konfederatsiya bu to‘la mustaqil davlatlarning ayrim sohalar bo‘yicha tuzadigan ko‘ngilli ittifoqidir. Konfederatsiya davlat tuzilish shakli hisoblanib, u shartnoma yoki bitim asosida tuziladi hamda muvaqqat xarakterga ega bo‘ladi. Ular keyinchalik asosiy maqsadga erishganidan so‘ng tarqalib ketishi yoki tuzilgan ittifoqni mustahkamlab federatsiyaga o‘tishi, yoxud qo‘shilib unitar davlat bo‘lib ketishi ham mumkin. Konfederatsiya muvaqqat, beqaror tuzilma. Odatda, u mustaqil davlatlarning federatsiyaga birlashishida yoki federatsiyaning mustaqil davlatlarga bo‘linib ketishida oraliq bosqich hisoblanadi. Masalan, Shveytsariya 1815—1848-yillarda federasiyaga birlashdi, Sene Gambiya 1982-yilda Senegal va Gambiyani birlashtirishga urinishdan so‘ng 1989-yilda mustaqil davlatlarga bo‘linib ketdi. Konfederatsiyani tashkil etgan davlatlar o‘rtasidagi munosabatning kuchsizligi uning barqaror emasligidan dalolat beradi. Uning tarkibiy qismlarida davlat suvereniteti va boshqa davlatchilik belgilari — mustaqil armiya, fuqarolik, qonunchilik, sudlov organlari tizimiga egaligi kabilarda namoyon bo‘ladi. Konfederatsiyada yagona umumiy oliy davlat hokimiyati organlari yo‘q yoki ular bo‘lgan taqdirda ham nomigagina vakolatlarga ega. Konfederatsiya tarkibidan
xohlagan subyekt, istagan vaqtda erkin chiqib ketish huquqiga ega.
Konfederatsiyaning o‘ziga xos belgilari quyidagilardan iborat:
1) konfederatsiya muayyan maqsadga erishish uchun birlashgan mustaqil davlatlarning ittifoqi;
2) barqaror bo‘lmagan siyosiy tuzilma;
3) yagona hududning bo‘lmasligi;
4) yagona fuqarolikning o‘rnatilmasligi;
5) konfederatsiya subyektlari undan erkin chiqib ketishi mumkinligi;
6) konfederatsiya subyektlarining qonunchilik hujjatlarini qo‘llamaslik huquqiga egaligi;
7) konfederatsiya vakolatiga cheklangan doiradagi masalalarni hal etish kirishi;
8) konfederatsiya byudjeti uning a’zolari ixtiyoriy badallaridan tashkil topishi.
Hozirgi vaqtda Yevropaning 15 ta davlatini birlashtirgan Yevropa ittifoqi davlatlarining ham do‘stligi konfederatsiyasi mavjud. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi konfederatsiya emas.

















































































































Download 124,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish