149-savol. Avtoritar siyosiy rejim.
|
Avtoritar siyosiy rejim mamlakatda fuqarolarning huquq va erkinliklarining cheklanganligi, bekor qilinganligi yoki umuman yo‘qligi bilan ajralib turadi. Bu kabi siyosiy rejimga asoslangan davlatlarda davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyati cheklangan, tugatilgan yoki umuman taqiqlangan bo‘ladi hamda davlat hokimiyati ustidan xalq nazoratining yo‘qligi, ularning yashirin usullar bilan shakllantirilishi namoyon bo‘ladi. Avtoritar siyosiy rejimning o‘ziga xos xususiyati shundaki, butun hokimiyat yagona shaxs (bir organ yoki bir necha shaxs) qo‘lida to‘planib, davlat hokimiyatini amalga oshirishda ma’muriy-buyruqbozlik, ba’zan terrorchilik (o‘zboshimchalik, zo‘ravonlik) usullari qo‘llaniladi hamda taraqqiyparvar siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalari faoliyati taqiqlanadi, cheklanadi yoki tarqatib yuboriladi. Ushbu rejimda siyosiy monizm — ya’ni yakka mafkuraning ustunligi, uning davlat mafkurasi darajasiga ko‘tarilganligi, fuqarolik jamiyatining mavjud emasligi, uning institutlarining cheklanganligi, ijtimoiy manfaatlarni ifodalash imkoniyatlarining taqiqlanganligi avj oladi.
|
150-savol. Demokratik siyosiy rejim.
|
Demokratik siyosiy rejim. Demokratiya (yunoncha demokratia “demos — xalq, kratos — hokimiyat” — “xalq hokimiyati”) siyosiy rejimi barcha insonlarning tengligi va erkinligini tan olishga, aholini turli jamoat tashkilotlariga birlashtirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini xalq ishtirokida saylash, davlat hokimiyatining taqsimlanishi va xalqning davlatni boshqarishda ishtirok etishiga asoslanganligida aks etadi. Demokratik davlat o ‘z fuqarolarining huquq va erkinliklarini rasmiy ravishda konstitutsiya va qonunlarda e’lon qiladi, ayni paytda, ularning iqtisodiy zaminini ta’minlaydi hamda kafolatlaydi. Demokratik tartib ikki shaklda amalga oshiriladi: vakillik demokratiyasi va bevosita demokratiya.
Vakillik demokratiyasida xalq o ‘zi saylagan deputatlari orqali davlat ahamiyatiga molik iqtisodiy, siyosiy va huquqiy masalalarni muhokama qilish, hal etish haqida qaror qabul qilish va davlatni idora etishda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Bevosita demokratiyada davlatni idora etishda xalqning bevosita ishtiroki ta’minlanadi, ya’ni davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan masalalarni hal etishda umumxalq ovoziga qo‘yish (referendum)ni amalga oshirish mumkin.
shakllantirilishi namoyon bo‘ladi. Avtoritar siyosiy rejimning o‘ziga xos xususiyati shundaki, butun hokimiyat yagona shaxs (bir organ yoki bir necha shaxs) qo‘lida to‘planib, davlat hokimiyatini amalga oshirishda ma’muriy-buyruqbozlik, ba’zan terrorchilik (o‘zboshimchalik, zo‘ravonlik) usullari qo‘llaniladi hamda taraqqiyparvar siyosiy partiyalar va jamoat birlashmalari faoliyati taqiqlanadi, cheklanadi yoki tarqatib yuboriladi. Ushbu rejimda siyosiy monizm — ya’ni yakka mafkuraning ustunligi, uning davlat mafkurasi darajasiga ko‘tarilganligi, fuqarolik jamiyatining mavjud emasligi, uning institutlarining cheklanganligi, ijtimoiy manfaatlarni ifodalash imkoniyatlarining taqiqlanganligi avj oladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |