Nazariya javoblari


-savol. Davlatning asosiy belgilari



Download 124,39 Kb.
bet56/64
Sana19.02.2022
Hajmi124,39 Kb.
#458795
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   64
Bog'liq
Nazariya javoblari

137-savol. Davlatning asosiy belgilari.



Davlatni boshqa jamoat tashkilotlaridan ajratib turuvchi asosiy belgilari hudud, fuqarolar, ommaviy hokimiyat, yagona soliq tizimi kabilar bo‘lib, mazkur belgilarsiz davlat muayyan mavjudlik kasb eta olmaydi. Davlatning asosiy belgilari quyidagiar:
Davlat hududi — uning yurisdiksiyasi tarqaladigan makon. Davlat o‘zining tegishli hududida suveren hokimiyatini amalga oshiradi va ularni boshqa davlatlar va ayrim shaxslarning hujumidan himoya qilish huquqiga ega. Muayyan davlatning tegishli qonunlari faqat o‘sha davlatning belgilangan hududida amal qiladi, boshqa davlatlar esa undan mustasno hisoblanadi. Zero, qonunlarni makonda amal qilishi prinsipining mohiyati va mazmuni ham shundadir.
Fuqarolik — o‘zaro huquq va majburiyatlar hamda javobgarlikning mavjudligida ifodalanadigan, davlat hududida yashovchi shaxslarning davlat bilan barqaror huquqiy aloqasi tushuniladi.
Davlatning yana bir muhim belgisi — ommaviy-siyosiy hokimiyatningta’sis etilganligi. Ya'ni, siyosiy elita va jamiyatning qolgan qismi o‘rtasida mavjud hukmronlik va bo‘ysunish (hokimlik va tobelik) munosabatlarining mavjudligi.
Suverenitet — mamlakat ichkarisida va undan tashqarida (xalqaro maydonda) davlat hokimiyatining oliyligi, ustunligidir. Suveren hokimiyat — bu oliy, mustaqil, bo‘linmas, umumiy va uzviy, ya’ni ajralmas, begonalashtirib bo‘lmas hokimiyatdir. Davlat hokimiyatining suverenligi — uning mamlakathududidagi barcha tashkilotlar, muassasalar, uyushmalar, partiyalardan ustunligi va ulardan mustaqilligidir.
Soliqlarning joriy etilganligi — davlatning asosiy belgilaridan biri bo‘lib, u aholidan davlat apparatini saqlab turish, faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘Igan moddiy mablag‘larni undirib olishda ifodalanadi. Mamlakatning davlat byudjeti aholidan, turli xil xo‘jalik subyektlaridan olinadigan soliqlar va yig‘imlardan kelib tushadigan daromadlar hisobiga to‘ldiriladi hamda ushbu moliyaviy mablag‘lar jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy hayot sohasini ta’minlash uchun maqsadli sarf etiladi.




Download 124,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish