140-savol. Sud hokimiyati.
|
Sud hokimiyati- hokimiyatlar boʻlinishi qoidasiga koʻra, davlat hokimiyatining alohida va mustaqil (qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlar bilan bir qatordagi) tarmogʻi. Sud hokimiyati organlari 0‘zbekiston Respublikasida besh yil muddatga saylanadigan 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, 0‘zbekiston Respublikasining Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasining Oliy xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudidan, shu muddatga tayinlanadigan fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari, fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari, harbiy va xo‘jalik sudlaridan iborat. Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi.
|
141-savol. Davlat organi tushunchasi.
|
Davlat organi — davlat funksiyalarini bajarishda qatnashuvchi va buning uchun tegishli hokimiyat vakolatlariga ega bo‘lgan davlat mexanizmining bo‘g‘inidir .Davlat organlari bevosita davlat funksiyalarini amalga oshirishga qaratilgan, o‘zaro bog‘liqlik va nisbiy mustaqil bo‘lgan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sudlov organlari (tashkiliy tuzilmalar)ning hamkorlikda faoliyat yurituvchi yagona tizimidir. Mazkur organlar davlat apparatining bir qismi hisoblanib, davlat funksiyasini amalga oshiruvchi ma’lum davlat hokimiyati vakolatlariga ega bo‘lgan, bajarilishi majburiy huquqiy hujjatlar chiqaradigan, ma’lum tartibda tashkil etilgan idoralardir. Davlat organlari tuzilishi jihatidan alohida
va mustaqil tashkilot ekanligi, doimiy personallar — davlat xizmatchilarining mavjudligi, faoliyatining moddiy-moliyaviy jihatdan barqaror ta’minlanganligi bilan ajralib turadi.
|
142-savol. Davlat organi turlari.
|
Davlat organlari xilma-xil bo‘lib, ular turli vazifa va funksiyalarni amalga oshiradi. Ular faoliyati mazmuni va mezonlariga ko‘ra turlicha tasniflanadi:
Davlat faoliyatini amalga oshirish shakli bo'yicha: vakillik, ijroiya, sud organlari va prokuratura organlariga ajratiladi.
Yuqoridan quyiga qarab bo'ysunuviga (iyerarxiyaga) ko'ra: markaziy va mahalliy davlat organlari. Vakolat muddatiga ko'ra: doimiy va vaqtinchalik davlat organlari.
Shakllanish manbayiga ko'ra: Birlamchi va ikkilamchi davlat organlari.
Vakolatni amalga oshirish tartibiga ko‘ra, kollegial organlar va yakka tartibda vakolatni amalga oshiruvchi organlar.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |