122-savol. Falsafa hamda davlat va huquq nazariyasi.
|
Davlat va huquq nazariyasi fani falsafadan ijtimoiy, shu jumladan, davlat-huquqiy hodisalarni bilishning metodologiyasi sifatida foydalanadi, falsafaning qoidalari va xulosalariga tayangan holda, davlat va huquq muammolarini aniqlashtiradi hamda ularning nazariy jihatlarini o‘rganadi. Bunda falsafa bilan davlat va huquq nazariyasi bir-birini takrorlamaydi, aksincha to‘ldiradi. Falsafa borliqning ongga, insonning uni o ‘rab turgan atrof-muhitga munosabatining umumiy qonuniyatlari haqidagi bilimlar tizimidir. Falsafa davlat va huquqning mohiyati, tabiati, uning ijtimoiy hodisalar tizimidagi o‘rnini aniqlaydi. Davlat va huquq nazariyasi fani esa davlat va huquqning barcha ko‘rinishlari va belgilari bilan bir butun holda batafsil o‘rganadi. Agar falsafa davlat va huquqning mohiyatini aniqlash imkonini bersa, davlat va huquq nazariyasi falsafani ijtimoiy taraqqiyot, davlat va huquqning umumiy tamoyillari, ijtimoiy vazifasi va funksiyalarini ifodalash usullari bilan boyitadi. Falsafaning umumiy qonun va kategoriyalaridan davlat va huquqqa tegishli voqea-hodisalar va jarayonlarni o‘rganishda amaliy foydalanish, bir tomondan, davlat va huquq sohasida to‘plangan barcha bilimlarni ilmiy jihatdan umumlashtirib, bu bilimlarni davlat va huquq nazariyasining kategoriyasi sifatida bayon qilish imkonini beradi; ikkinchi tomondan, davlat va huquq nazariyasi fani to‘plagan bilimlar, ma’lumotlar falsafaning obyektiv qonunlami ochishi va umumiy kategoriyalarni ishlab chiqishi uchun amaliy ma’lumot bo‘lib xizmat qiladi.
|
123-savol. Iqtisodiy fanlar hamda davlat va huquq nazariyasi.
|
Iqtisodiy fanlar ishlab chiqarish munosabatlari tizimi, xo‘jalik hayotini tashkil etish, tadbirkorlik, mehnat, moliya, kredit kabi masalalarni o‘rganadi. Davlat va huquq nazariyasi esa davlat va huquqni o‘zining asosiy predmeti deb hisoblaydi va ularning iqtisodiy funksiyalarini tahlil etadi. Iqtisodiy
fanlar hamda davlat va huquq nazariyasining o‘zaro aloqasi davlat va huquqning iqtisodiyotga qanchalik bog‘liq ekanligi va ta'sirini aniqlashga imkon beradi.0‘zbekistonda mustaqil taraqqiyot yillarida barpo etilayotgan yangi jamiyat asoslangan tamoyillardan biri “iqtisodning siyosatdan ustunligidir” (I.A.Karimov). Bu tamoyil davlat va huquq sohasiga ham taalluqlidir. Ya'ni, davlat va huquqning mazmuni hamda mohiyati iqtisodiy munosabatlar tizimi, jamiyatning iqtisodiy tuzimi tomonidan belgilanadi. Bir tomondan, davlat va huquq iqtisodiy islohotlar amalga oshishini ta’minlaydi, ikkinchi tomondan, iqtisodiyotning rivoj topishi davlat hokimiyati va huquqning moddiy asosini mustahkamlab, ularning mazmun-mohiyatini o‘zgartiradi, boyitadi. Jamiyat taraqqiyotining ko‘p asrlik tajribasi shundan guvohlik beradiki, iqtisodiyotning muayyan shakliga (tipi)ga davlat va huquqiy tizimning shunga xos ma’lum shakli (tipi) (davlat va huquqning quldorlik, feodal, burjua yoki boshqa tipi) muvofiq keladi. Moddiy-iqtisodiy hayot va iqtisodiyot fani davlat va huquq nazariyasi o‘z predmetini o'rganishda samarali ma’lumotlar va zaruriy bilimlar beradi. Ayni vaqtda, davlat va huquq nazariyasining davlatning iqtisodiy funksiyasi, huquqning iqtisodiy munosabatlarni tartibga solish haqidagi ilmiy xulosalari iqtisodiyot fanini boyitishga ko‘maklashadi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |