121-savol. Urug‘doshlik tuzumi va davlat.
|
Urug‘chilik tuzumining eng muhim xususiyati bo‘lib, kishilarning o‘zaro uyushganligi hisoblanadi. Qadimgi odamlarning turmushi va ongi jamoatchilik, aniqrog‘i, tabiiy jamoatchilikka asoslangan. Bunday turmush tarzida alohidalik, shaxs o‘zboshimchaligiga o‘rin bo‘lmagan. Jamoa — inson ongi shakllanadigan va rivojlanadigan, dunyo to‘g‘risidagi qarashlar, tajriba va bilimlar asta-sekinlik bilan hosil bo‘ladigan va ijtimoiylashuvning an’anaviy shakllari orqali guruhning har bir a’zosiga yetkaziladigan tabiiy soha hisoblangan. Qadimgi jamoat tuzumining asosiy negizi bir qancha oilalarni birlashtirgan urug‘ jamoasi hisoblanib, ular uyushgan tarzda o‘zaro hamjihatlikda xo‘jalik faoliyati bilan shug‘ullanganlar. Urug‘-jamoasi kishilarning qon-qarindoshlik aloqalariga asoslan-gan. Urug‘larning rivojlanib kengayishi natijasida, o‘zida bir necha urug‘larni birlashtiruvchi qabilalar, so‘ngra esa qabilalar ittifoqi vujudga kelgan. Urug‘chilik jamoa tuzumida uning barcha a’zolari teng huquqli bo‘lib, urug‘, qabilaning eng muhim masalalari urug‘ a’zolarining umumiy yig‘inida muhokama etilgan va hal qilingan. Urug‘ning har bir voyaga yetgan a’zosi har qanday ishni ko‘rib chiqish va hal etishda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan. Davlatning kelib chiqish umumiy prinsiplari
aniq tarixiy sharoitlarda har xil bo'lgan . Davlat qisman urug'doshlik tuzumini o'zgartirib , qisman u tu zumga yangi organlar kirib , eskisini surib chiqarish , davlat hokimiyatining chinakam organlari bilan to'la almashtirish yo'li bilan vujudga kelgan . Demak , davlat aslo jamiyatga tashqaridan zo'rlab kiritilgan kuch emas . taraqqiyotning ma'lum bosqichiga chiqqan jamiyatning mahsulidir . davlat bu jamiyatning o'ziga o'zi zid kelib , hal qilib bo'lmaydigan ziddiyat Davlatlarga chuvalib qolganligini , murosasiz qarama - qarshiliklarga bo'linganligini , bu qarama - qarshiliklardan qutulishga qodir emasligini e'tirof qilishdir . Ammo bu qarama - qarshiliklarning , ya'ni birining iqtisodiy manfaatlari ikkinchisining iqtisodiy manfaatlariga zid bo'lgan sinflarning samarasiz kurashda birini biri va
jamiyatni yeb qo'ymasligi uchun , aftidan , jamiyat tepasida turadigan , uni < tartib » chegarasidan chiqarmaydigan kuch zarur bo'lib qolgan jamiyatdan kelib chiqqan , lekin o'zini jamiyatdan yuqori qo'yadigan , borgan sari jamiyat dan chetlashib boradigan bu kuch davlatdir !
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |