44
Tekshiruv savollari:
1.
Test deganda nimani tushunasiz?
2.
Testlarning qanday turlari mavjud?
3.
Qanday qilib testni to’g’ri tuzish mumkin. Misol keltiring.
4.
Kompyuterlarda test olishning qanday afzalliklari va kamchiliklari bor.
16 - ma’ruza.
Mavzu: O’quvchilar bilmini tekshirishda reyting tizimi.
Ma’ruza rejasi:
1.
O’quvchilar bilimini tekshirishda reyting tizimi: asosiy vazifalar, joriy etish
tamoyillari, asosiy talablar.
2.
O’quvchilar bahosini aniqlash tartibi.
3.
Baholash tizimi.
4.
Nazoratning uslub va shakllarini tanlash.
O’rganiladigan asosiy tushunchalar: O’quvchilar bilimini tekshirishda
reyting tizimi: asosiy vazifalar, joriy etish tamoyillari, asosiy talablar, o’quvchilar
bahosini aniqlash tartibi, baholash tizimi, nazorat uslub va shakllarini tanlash.
Hozirgi kunda mustaqil yurtimizda ilm-fan, texnika va sanoat jadal sur’atda
rivojlanayotgan, ijtimoiy, ekologik holat keskinlashib borayotgan paytda o’rta
maktablarda kimyo fanini o’quvchilarga chuqurroq, yangicha yondashib o’qitish
bir tomondan zaruriyat bo’lsa, ikkinchi tomondan, zamon talabi hamdir. Shu
munosabat bilan barcha o’quv predmetlari qatori kimyo ta’limi oldiga ham aniq
vazifalar qo’yildi va uning ta’lim standarti ishlab chiqildi. Umumiy o’rta ta’lim
maktablarining kimyo ta’lim standarti – kimyo o’quv predmetidan o’quvchilarga
beriladigan bilimlar miqdori, o’quvchilar egallaydigan bilimi, hosil qiladigan
amaliy ko’nikma va malakalarhajmini ko’rsatuvchi me’yor bo’lib, umumiy o’rta
ta’lim maktablarida kimyo ta’limi negizini belgilovchi ko’rsatkichlar
o’quvchilarning kimyo ta’limidan tayyorgarlik darajasiga qo’yiladigan talablar
majmuasidan iborat bo’lgan hujjat tariqasida tasdiqlanadi va xizmat qiladi.
So’ngi paytlarda olib borilayotgan kuzatishlardan shu narsa ko’rinayaptiki,
maktab o’quv dasturlarini shunchaki o’zgartirib, ya’ni uni soddalashtirib yoki
murakkablashtirib, shuningdek unga qandaydir yangi materiallarni kiritib yoki
biror eski materiallarni chiqarib tashlab ko’zlagan maqsadga erishib bo’lmaydi.
Har qanday yaratilgan zamonaviy dasturlar kimyo fanida va kimyoviy ishlab
chiqarishda erishilgan hamma yutuqlarni aks ettira olmaydi. Demak shunday
ekan, kimyodan o’quv dasturining asosiy vazifasi o’quvchilar ayni fanning zaruriy
tushunchalari va qonunlari asosida kimyoviy jarayonlarni boshqarishni o’rganish,
zamonaviy usullar bilan yangi-yangi moddalar olish va ulardan sanoat, qishloq
xo’jaligida va kundalik turmushda foydalanishning umumiy yo’nalishlarini
aniqlab olishdan iborat bo’lishi kerak.
45
O’quvchilar kimyoning asosiy tushunchalarini va uni o’qitish jarayonida
egallanadigan ko’nikmalarni puxta egallashlarini ta’minlash uchun har qanday
o’quvchi dastlab o’zi ta’lim-tarbiya berayotgan o’quvchilar guruhida har bir
shaxsning xislatlarini, kimyo fanini o’rganishga bo’lgan munosabatini aniqlab
olmog’i lozim. Shundagina kimyo o’qitishni tabaqalashtirilgan holda tashkil etish
va o’zlashtirishi qiyin bo’lgan o’quvchilarga tegishli yordam yo’li bilan ularga
o’zlashtiruvchi o’quvchilar qatoriga qo’yish imkonini beradi. Kimyo darslarini
tashkil etish va o’tkazishda har bir o’qituvchi kimyoning nazariy tushunchalari
orasidagi mantiqiy bog’lanishlarni yaxshi aniqlab olmog’i, har bir darsning
kimyodan ta’lim-tarbiya jarayonini atroflicha, maqsadga muvofiq tashkil etishdagi
o’rni va uning maqsadini mukammal belgilab olmog’i lozim. Shundagina, kimyo
fani dasturining darsdan-darsga, mavzudan-mavzuga o’tishi qay darajada bajarilib
borilayotganligi haqida fikr yuritushumiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: