Navoiy texnika-iqtisodiyot kasb-hunar kolleji



Download 0,89 Mb.
bet3/8
Sana25.06.2017
Hajmi0,89 Mb.
#15733
1   2   3   4   5   6   7   8

Nazorat savollari:

1. Ma’naviyat qanday guruhlarga bo’linadi?

2. Milliy ma’naviyat nima?

3. Mintaqaviy ma’naviyatga nimalar kiradi?

4. Umuminsoniy ma’naviyatni qanday tushunasizq?

5. Milliy va umuminsoniy ma’naviyatning o’zaro boqliqligi.

6. O’zbеk xalqi milliy ma’naviyatining o’ziga xos jihatlarini izohlang.

7. O’zbеkistondagi milliy-ma’naviy siyosatning mohiyati.

8. Qanday milliy madaniy markazlarni bilasiz?

4-mavzu: Islom dini va tasavvuf ta’limotida ma’naviy

barkamol inson masalasi
Reja:

2. Islom dinining mohiyati

3. Tasavvuf ta’limoti.

4. Vijdon erkinligi. Ijtimoiy xavfli mahzablar va ularga qarshi olib borilayotgan ishlar.
1. Islom dini ko’p xalqlar orasida kеng tarqalgan dinlardan biridir. Bu dinga e’tiqod etuvchilar - musulmonlar jahonda qariyib 1 milliard 400 million kishini tashkil etadi.

«Islom» so’zi arabcha bo’lib «xudoga o’zini topshirish», «Itoat», «Bo’ysunish» ma’nosini bеradi. Shundan bu dinga ishonuvchilar -«Muslim» dеb ataladi. Uning ko’pchilik shakli «Muslimun» bo’lib, o’zbеklarda «Musulmon», qirg’iz va qozoqlarda «Musurmon» dеb ataladi.

Islom dini Arabiston yarim orolida VI asrning oxiri va VII asrning boshlarida kеlib chiqqan. Uning asoschisi payqambar Muhammad (570-632) Makkada quraysh qabilasiga mansub bo’lgan Xoshimiylar xonadonida tug’ilgan. U 609-610 yillarda Makkada yakka xudoga e’tiqod qilish to’g’risida targ’ibot boshlagan. Ammo zodagonlarning qarshiligiga uchragach, 622 yilda o’z tarafdorlari bilan Madina (Yasrib) ga ko’chadi (arabcha hijrat qiladi). Shu yildan musulmonlarning hijriy yil hisobi boshlanadi.

630 yilga kеlib, Makka ham musulmonlar qo’liga o’tadi va musulmon davlati shakllanadi. Muhammad vafotidan kеyin bu davlatni uning o’rinbosarlari, ya’ni noiblari (xalifalar) boshqaradilar. Shu munosabat bilan musulmonlar davlati tarixda «Arab xalifaligi» dеb nom olgan. Dastlab arab xalifaligi katta tеrritoriyani egallagan edi. O’rta Osiyo еrlari - Movarounnahr (daryo ortidagi еrlar) VIII asr boshlaridan VIII asr o’rtalarigacha arablar tomonidan istilo qilinib, ular bilan birga Islom dini kirib kеldi. Ana shu davrdan boshlab Markaziy Osiyoda Islom mintaqa madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati o’ziga xos ravishda shakllandi va taraqqiyot bosqichini boshdan kеchirdi.

Islom diniy ta’limotining asoslari – Qur’on va Hadis to’plamlarida, shuningdеk, VIII-XII asrlar davomida vujudga kеlgan ilohiyot adabiyotlarida o’z ifodasini topgan.

Ilohiyotda Islom dini uch elеmеntdan - iymon, islom, ehsondan iborat dеb e’tirof etilgan. Iymon talablari 7 ta aqidani - ollohga, farishtalarga, muqaddas kitoblarga, payqambarlarga, oxirat kuniga, taqdirning ilohiyligiga va o’lgandan kеyin tirilishga ishonish talablarini o’z ichiga oladi. Islom talablariga, ya’ni din asoslari – “arkon ad-din” dеb nom olgan 5 ta amaliy marosimchilik talablari kiradi. Bular - kalima kеltirish, namoz o’qish, ro’za tutish, zakot bеrish va imkoniyati topilsa haj qilish talablari. Ehson aqidalarga sidqidildan ishonish va marosimlarni ado etishdir.

Islomning kishilar ongi va turmush tarziga ta’sir etishi, ular hayotidan mustahkam o’rin olishini ta’minlovchi diniy marosimchilik -xatna, ro’za hayiti, qurbonlik va qurbon hayiti, movlid, ashuro va boshqalar ham shakllangan. Bundan tashqari, mahalliy xalqlarda islomgacha mavjud bo’lgan urf-odatlar, jumladan kinna soldirish, fol ochirish, dam soldirish, muqaddas joylarga, avliyolarga sig’inish kabi odatlar ham islom marosimlariga moslashib kеtgan.

Markaziy Osiyo xalqlarida ilm-ma’rifat va madaniyatning rivojlanishida islomning ijobiy rol o’ynaganini e’tirof etishimiz mumkin. markaziy Osiyoda islomning dastlabki elatlar hayotiga kirib kelgan davridan boshlab tashkil etilgan maktab, madrasa va dininy dorulfununlar diniy maqsadda tuzilgan bo’lishiga qaramay savod va bilimga yo’l ochgan.

Islom Markaziy Osiyao xalqlari turmush tarziga, madaniyatiga turli qirralarda o’z ta’sirini ko’rsatgan. Masalan, me’morchilik yodgorliklarini olib ko’raylik. madrasa, masjid, maqbara va boshqalar din manfaati yo’lida qurilgan va unga xizmat qilgan. Ammo u inshootlarni xalq qurgan, shu bois ular xalq ijodi namunalari bo’lib, usha davrda insonlar ma’naviyatini nechog’lik shakllanganini belgilaydi.

2. Tasavvuf tarixiy taraqqiyotga ega bir ta’limot bo’lib islom olamida 8asrning o’rtalarida paydo bo;lgan. Dastlab u zohidlik harakari ko’rinishida bo’lib Bog;dod, basra, Kuba, Damashq shaharlarida keng tarqalgan. unda xalqning aqli, tafakkuri, ma’naviy hayoti, hikmatlar o’s ifodasini topgan. Tasavvuf so’zining bir necha ma’nosi bor. U ”So’fiy ” so’zidan yasalgan. So’f deb arablar jundan to’qilgan matoni aytadilar.Dastlab so’fiylik yo’lini tutgan kishilar boshqa oddiy kishilardan ajralib turish uchun jundan tikilganchakman kiyib yurishi odat qilishganlar. So’fiylar boshqa odamlardan o’zining pok va g’ariona turmush kechirishi doimiy ibodatda bo;lishi va faqat ilohiy ruhga ishonishi maqsad qilib qo’yish bilan farq qilgan . So’fiylik insonni o’rganishda avvalo kishining ko’ngliga, diliga tayanadi. ko’ngil dalbni tarbiyalashga ko’ngil kishini voyaga yetkazishga intiladi negaki Olloh faqat insonning poriza qalbidagina jilva qiladi.

Tasavvuf –Olloh payg’ambarlarni va rahnomalarni yaxshi ko’rish bor vujudini ularga bag’ishlash hamdir. Tasavvufda insonparvarlik, odamiylik, insof, sahovat, muhabbat haqidagi g’oyalar mujassamlashgan. Demak, tasavvuf ahli pok va go’zal bo’lishga, haq va haqiqatni bilishga intilganlar.

XIII-XIV asr boshlari tasavvuf tarixida alohida bir mahsuldor davr bo’lgan. Bu davrga kelib tasavvuf ham nazariy-amaliy nuqtai nazardan ham amaliy harakatchilik nuqtai –nazaridan o’zining yuksak cho’qqisiga ko’tarilgan edi. Bu davrda Muhammad Ibnal Abariy, Najmiddin Kubro, singari mutafakkir shayxlar, Fariddin attor, Ahmad Yassaviy, Jaloliddin Rumiy, kabi ulig’ so’fiy shoirlar tasavvuf ilmining doirasini kengaytirdilar, uni falsafa va hikmat bilan boyitdilar.

Tasavvuf nazariy va amaliy oqimga bo’linadi. Nazariy tasavvuf falsafiy qarashlarning majmui sifatida olam haqida fikr yuritib uni yagona borliqdan iborat deb tushuntiradi. Amaliy tasavvuf haqiqatni anglab yetish va uning yordamida ongli yashash fikrini targ’ib qiladi. Shu asosiy maqsad yo’lida ma’rifatga erishish g’oyasini ilgari suradi. Bilim yuksak axloq-odobdan boshlanadi. Axloqiy me’yorlar qoidalarning muayyan tizimi tasavvuafning amaliy qismi mohiyatini ifodalaydi. Demak, tasavvufning nazariy va amaliy jihatlari yagona talqin etiladi.

Tasavvuf islom aqoidi asosida shakllangan va rivojlangan diniy-axloqiy, falsafly ta’limol bo’lib, uning tub mohiyali inson qalbi va ruhiyatini, axloqini poklash, shaxsiy hayotda halol yashash, pok bo’lish, pok qalb va ruh kuchi bilan Alloh visoliga yetishga kishilarni targ’ib-tashviq etishdan iboratdir. Tasavvuf ta’limoti islom olamida XI-XIII asrlarda paydo bo’lgan. Uning mohiyati insonga xizmal qilish, uning manfaailarini yoqlashdir. U insoniy faziladarning hamma jihatlarini o’z ichiga oladi.

Tasavvuf ahli axloq-odob qoidalarini e’lon qilish bi­lan chegaralanib qolmay, ayni vaqtda ulaming mohiyatini har tomonlama bayon etib beradi. Bu qoidalar, odatda, tariqatlar deb atalib, tasavvuf manzilmi tutgan kishi­larni komillikka da’val etadi.

Tasavvufshunoslar fikricha, bunday yo’l (tariqat)lar 20 ga yaqin bo’lib, Markaziy Osiyo hududida shulardan 3 tasi keng larqalgan.

1. Yassaviylik tariqati (asoschisi Xoja Ahmad Yassaviy hazratlari).

2. Xojagon — Naqshbandiylik tariqati (asoschisi Xoja Abdulxoliq G’ijduvoniy (1103-1179) va Bahouddin Naqshband (1318-1389).

3. Kubroviya tariqati (asoschisi Shayx Najmiddin Kubro, 1145-1221).

Tasavvuf X-XI asrlarda Movarounnahr, umuman musulmon mamlakatlari xalqlarining ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy hayotida g’oyaviy oqim sifatida keng yoyildi. Dunyoning shohona boyliklaridan van oz-ne;matlaridan voz kechish, Alloh visoliga yetishmoq uchun pok, o’zining halol mehnati bilan yashash, ixtiyoriy ravishdagi faqirlik tasavvufga xos xususiyat hisoblangan.

3. O’zbekiston fuqarolarning vijdon erkinligi qonun bo’yicha kafolatlangan. O’zbekiston mustaqilligi inson va fuqarolarning ham, u yashayotgan jamiyatning ham ma’naviy jihatdan boyib borishi uchun keng yo’l ochdi. Mamlakatimizda davlat bilan diniy tashkilotlar o’rtasidagi munosabatlar, 1998-yil 1 mayda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida”gi qonun bilan tartibga solinadi. Vijdon erkinligi huquqiy kategoriya sifatida, bir tomondan e’tiqod erkinligini ya’ni har qanday dinni erkin tanlab olish huquqini, ikkinchi tomondan dinyiviy fikr erkinligini hech bir dinga e’tiqod qilmaslik huquqini ijoda etadi.

Vijdon va e’tqod erkinligi kishi ruhini kamol toptirish uni ma’naviy oziqlantirish imkoniyatlarini yaratib beruvchi ulug’ ne’matdir. Bugun O’zbekistonda turli din vakillari hech qanday to’siqlarsiz o’z dinlariga e’tiqod qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Sobiq ittifoq davrida mamlakatimizda bor-yo’g’I 89 ta masjid va 2 ta madrasa faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, bugungi kunda O’zbekiston musulmonlari idorasi boshqaruvi ostida Adliya vazirligidan rasmiy ro’yxatdan o’tgan 1700 dan ortiq masjid va 10 ta madrasa faoliyat ko’rsatib turibdi.

Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan turli millat vakillari o’zlari e’tiqod qilayotgan dinlariga erkin ibodat qilmoqdalar. Lekin afsuski, mana shunday hurfikrlilikni, to’g’ri talqin qila olmagan ba’zi kimsalar o’zlarinig guruh va to’dalarini tuzushib, islomiy davlat qurushni shior qilib, osoyishta hayotni buzushga urundilar. 1990 yillarda mamlakatimiz va qo’shni respublikalarda taraqqiyotimiz osoyishtaligini ko’rolmaydigan “vahobiylik”, “hizbut tahrir”, “akromylar” kabi oqimlarning guruh va to’dalarni paydo bo’la boshladi. Bunday to’dalar o’zlaricha masjidlarda g’avg’o ko’tarib o’tish davri qiyinchiliklardan foydalanib ayrim yoshlar ongini zaharlashga urundilar. Mustaqillik bergan erkinlikni suiste’mol qilib, mamlakatni dynyoviy demokratik yo’ldan olib borish emas, balki islomiy davlat qurishni shior qilib chiqdilar. Bu mutaassib dindorlar o’zlarini “vahhobiy” yoki “dinni tozalovchilar”, “fundamentalistlar” deb yuritsalarda, aslida islomning o’ziga zarba bermoqdalar.

Vahobiylik diniy-siyosiy oqim bo’lib u 18-asrda Markaziy arabistonning Naje vohasida yuzaga kelgan. Vahobiylar harakati sunniy mahzablarning eng kichigi bo’lib, radikal yo’nalish bo’lib hisoblangan hanbaliylikdan kelib chiqqan, dunyoviy qadriyatlarga nisbatan o’ta murosasiz diniy mafkuraviy oqimdir. Ularning maqsadi zo’ravonlik bilan hokimyatni o’z qo’liga olish edi. Bu diniy ekstremistik guruhlar o’z oldiga bir necha yo’nalishda faoliyat olib borishni maqsad qilib qo’ygan edi.



Birinchi yo’nalish: hokimiyatni muhofaza qiluvchi idoralarni kuchsiz qilib ko’rsatib, xalqni qo’rquvga solish maqsadida turli jinoyatlar va terroristik harakatlar sodir etishdan iborat bo’lgan. Buning uchun zamonaviy qurol-aslahalar bilan to’liq ta’minlangan, uyushgan qurolli guruh tashkil qilingan. Bu uyushgan qurolli jinoiy guruh xalq osoyishtaligini buzish, fuqarolar mol-mulkini talon-taroj qilish, aholini o’ldirish bilan shug’ullangan.

Ikkinchi yo’nalish: o’z atrofida imkon qadar ko’proq kuch to’plash maqsadida jinoyat sodir etishga moyil bo’lgan shaxslarni qidirib topish, ularni xorijga yuborish, maxsus tayyorgarlikdan o’tib kelishlari va «Jihod. harakailariga tayyor bo’lib turishlarini ta’minlashdan iborai bo’lgan. Shu maqsadda bir guruh yoshlar xorijiy davlatlarga noqonumy yo’llar bilan yuborilib, bir necha oylab islomiy jangarilar, qo’poruvchilar tayyorlaydigan maxsus harbiy o’quv markazlarida tayyorgarlikdan o’lishgan.

Uchinchi yo’nalish: shahar va qishloqdagi masjidlar, mahallalar, xonadoniar va turli xil marosimlarda aholini «lsiom davlati qurishda, hayotga shariat qonunlarini tatbiq qilishda ishlirok elishga da’vat qilishdan iborat bo’lgan. “lslom davlati” tuzish kerakligini, bunda ishtirok etish farz ekanligmi targ’ib qilishgan. Ana shunga qarshi chiqqan har qanday odamga qarshi, hatto o’z ota-onasi va aka-ukasi bo’lsa ham, jihod. qilishga fatvo berilgan.

Qurolli guruhlar, jinoiy uyushmani mablag’ bilan ta’minlash maqsadida umumiy xazina — “Baytulmol" tashkil qilingan.

Mana shu maqsadiga erishish yo’lida ular asosan yoshlardan foydalanishga harakat qilishgan. 1997 yilda yuz bergan Namangan voqealari, 1999 yil 16-fevralda Toshkent shahrida sodir etilgan terrorchilik harakari, 2000 yildagi Surxandaryo va Toshkent viloati sarhadlarida sodir etilgan voqealar, 2004 yil mart oyida Toshkent va G’ijduvonda, 30 iyulda Toshkentda sodir etilgan qo’poruvchilik harakatlari vahobiylarning asl basharalarini ochib berdi.

Mamlakatimizda bunday ijtimoiy xavfli guruhlarga nisbatan kurashish borasida bir qancha ishlar amalgam oshirilmoqda. Bu borada o’sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol qilib voyaga yetkazish asosiy vazifa qilib belgilab berilgan. Chunki, bugungi kun O’zbekiston xavfsizligiga tahdid solayotgan terrorisrik kuchlarga qarshi yoshlarimizni o’z bilim va salohiyatlarini yanada oshirishni taqoza etmoqda.

Yoshlarimiz bugungi kunda terrorizm va diniy ekstremizm ko’lamining xavfli ravishda kengayishi dunyo hamjamiyatida turli xil tashvishli savollami keltirib chiqarayotganini anglab yetishlari zamr. Terrorizm dunyo davlatlariga, xalqlariga, xususan, O’zbekisionning milliy xavfsizligidir. Binobarin, Prezident Islom Karimov qayta-qayta ta’kidlaganidek, o’z uyimizni o’zimiz asramog’imiz, o’z yurtimizni o’zimiz himoya qiimog’imiz lozim.

Vahobiylar bir yarim ming yillik ilm-fan, madaniyat tarixidan voz kеchish, Imom Buxoriy, Imom qazzoliy, Imom Abu Xanifa, Burxoniddin Marqinoniy, Ahmad al-Farqoniy, Navoiy, Jomiy, Uluqbеk, Bahouddin Naqshband va boshqa o’nlab mutafakkirlar, so’fiylar, olimlar mеrosidan voz kеchish, ularning asarlarini yoqib yuborishni, maqbaralarini buzib tashlashni tavsiya qilmoqdalar. Ular, umuman, inson aqli, inson qalbi bilan yaratilgan jamiki ma’naviy boyliklarni uloqtirib tashlashga da’vat etmoqdalar. Axir bu vahshiylik, nodonlik, johillikning o’ziku. Ma’naviyatli va ma’rifatli kishi, buni mutlaqo qabul qilmaydi.

Vahobiylik bizni orqaga, jaholatga tortadigan, islomni, islom ahlini buzadigan xavfli oqim.  «Dinni tozalash», «sof dinga qaytish» niqobi ostida tashviqotlar olib borib, odamlarni tahlikaga solish, qonli jinoyatlar qilish, otani bolaga, akani ukaga dushman qilib, jamiyatimizni xavf ostiga qo’yayotganlardan milliy qadriyatlarimizni avaylab - asrashimiz lozim.

Diyorimizda din niqobi ostida ish ko’rayotgan ekstrеmistlar, aqidaparastlar mavjud konstitutsiyaviy tuzumga qarshi borib, hokimiyatni egallash va O’zbеkistonda Islom davlati qurish, xalqni qo’rquvga solib, hukumatga ishonchsizlik uyqotish uchun turli jinoyatlar va tеrroristik harakatlar sodir etish yo’li bilan el tinchligini buzishga urinmoqdalar. Ularning asl maqsadi hukumatparastlik, ya’ni davlatni qo’lga olishdan iborat. Mustaqil yurtimizda ularga o’z vaqtida zarba bеrildi va ularning payi qirqildi.

Xalqimiz endi – erkinligini qo’lga kiritgan, o’zligini angalb еtgan bir zamonda allaqanday kimsalarga ergashib yana jaholat va qullik tuzoqiga qaytadimiq Albatta yo’q.Ammo hamma gap har qanday tahdid yoki tahlika oldida vahimaga tushmasdan, ana shu kurash va sinovlarga doimo tayyor turishda, ogoh va sеrgak bo’lishda. Ayniqsa yoshlarimizni ularning zararli ta’siridan asrab qolish hozirgi tarbiya ishimizning asosiy yo’nalishi bo’lib qolishi lozim. Yoshlarimiz doimo va har on ogoh va yana ogoh, sеrgak bo’lishlari zamon talabi. Buning yoshlarimiz ongiga mustaqillik g’oyasini chuqur singdirishimiz lozim. Toki ular milliy ildizlari baquvvat, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon taraqqiyoti bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo’lib еtishsin. Ana shunda johil aqidaparastning «da’vati» ham, axloqni rad etadigan, biz uchun mutlaqo bеgona g’oyalar ham ularga o’z ta’sirini o’tkaza olmaydi.

Muhtaram Prеzidеntimizning «Turkiston-prеss» axborot agеntligi muxbirining savollariga javoblarida ta’kidlaganlaridеk: «Biz o’z dinimiz va e’tiqodimizdan hеch qachon voz kеchmaymiz. Shu bilan birga muqaddas dinimiz sha’niga doq tushirmoqchi bo’lgan kimsalar bilan hеch qachon murosa qilolmaymiz. Mеn O’zbеkiston rahbari sifatida qandaydir yovuz kuchlar islom dinimizni, ota-bobolarimiz e’tiqodini, musulmon fuqarolarimizni tahqirlashiga, jamiyatimizga xavf tuqdirishiga hеch qachon yo’l qo’ymayman».

Prеzidеntimiz aytganidеk, har birimiz hamisha, har soniyada ogoh bo’lishimiz lozim. Bu mustaqil yurt har bir fuqarosining muqaddas burchi bo’lmoqi lozim. «.. muqaddas dinimiz sha’niga dog tushirmoqchi bo’lgan, undan qarazli siyosiy maqsadlarda foydalanishni istaydigan kimsalar va kuchlar bilan hеch qachon murosa qilolmaymiz».

Yurtimizda kеyingi vaqtlarda ro’y bеrayotgan ayrim salbiy hodisalar, nojo’ya xatti-harakatlar, yozuv ishlar, avvalo, mafkuraviy bo’shliq tufayli sodir bo’lmoqda.

Har bir fuqaro shuni anglab еtishi kеrakki, O’zbеkistonning iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotida o’ziga xos va mos yo’li bo’lgani kabi madaniy-ma’naviy rivojlanishida ham o’z yo’li bor. Bu o’ziga xoslikni dinga, diniy qadriyatlarga munosabatimizda, ulardan ma’naviy tarbiyada foydalanishimizda ham ko’rishimiz mumkin. Bu yo’l Prеzidеntimiz asarlarida bayon qilib bеrilgan. Uning mohiyati, mo’’tadil dindorlik, islom ma’rifatini rivojlantirish, ichki-botiniy olamni poklab, Ollohni dilda saqlab, aqlu tafakkur, ilmu irfon bilan kamolot sari borish, o’z mеrosiy qadriyatlarimiz va dunyo ilmini egallab, zamon bilan hamqadam olqa borish.

Xulosa shuki, mustaqillik bеrgan hidoyat yo’lini turli unsurlardan asrash, ularga bеrilmaslik lozim.


Nazorat savollari:


  1. Islom dini qachon va qayerda paydo bo’lgan?

  2. Islom dini ta’limotining asosiy manbalari nimalar?

  3. Qanday islomiy qadriyatlarni bilasiz?

  4. Tasavvuf ta’limoti qachon paydo bo’lgan?

  5. Tasavvuf ta’limoti namoyondalaridan kimlarni bilasiz?


5-mavzu: Bashariyat taraqqiyotida ma’naviyatning o`rni
Reja:


6-mavzu: Xorazm Ma’mun akademiyasi.

Reja:
1. Ma’mun akademiyasining tashkil etilishi va faoliyati.

2. Ma’mun akademiyasi olimlari va ularning ilmiy merosi.

3. Xorazm Ma’mun akademiyasining qayta tiklanishi.

Ma’mun 786-yilda tarsus shahrida tug’ilgan. Abbosiylar sulolasidan bo’lgan xalifa, yirik siyosiy arbob, ilm fan homiysi. Halifa Horun ar-Rashidning o’g’li Ma’mun otasining vaziri Ja’far ibn Yahyo tarbiyasini olib , kamol topgan. Ma’mun Xuroson viloyati noibi akasi al-Amin bilan taxt uchun bo’lgan jangda g’olib chiqib, Bog’dod uning ixtiyoriga o’tadi, ammo Bog’dodga faqat 819-yilda ko’chib o’tgan.Ma’mun Movorounnahr, Xuroson olimlarini o’z saroyida to’play boshlab ularni o’zi bilan Bog’dodga olib ketgan, ular “Bayt ul-Hikmat” (Bilim uyida) o’z ilmiy faoliyatlarini davom ettirganlar. Dunyoning turli burchaklaridan, O’rta Osiyo va Xurosondan Muhammad al-Xorazmiy, Yahyo ibn Abu Mansur, Habash al-Xosib al-Marvaziy, Xolid al-Marvarudiy,Ahmad al-FArg’oniy taklif etilgan allomalar ilmiy mavzularda munozaralar olib borishgan.Misrdagi isyon va Ozarbayjondagi Babak qo’zg’oloniga qarshi kurash olib borishgan. Ma’mun davri ilm-fanning nihoyatda rivojlangani bilan ajralib turadi. Ma’mun riyoziyot, falakiyot, tabobat, kimyo, geografiya, falsafa, mantiq, adabiyot, diniy ilmlar sohasida qator yutuqlarga erishgan , mu’taziliya ta’limoti rivojiga ulkan hissa qo’shgan.

Ma’mun bobosi Mansur, otasi Xorun ar-Rashid tomonidan saroyda to’plangan kitoblar sonini ko’paytirgan. Otasi davrida bu kutubxona “Bayt ul-hikmat” deb nomlana boshlagan, keyinchalik u kutubxonalik doirasidan chiqib, tarjima va ilm markazi yoki o’ziga xos akademiya vazifasini o’tagan.

Abul Abbos xorazmshohlar sulolasining 3-hukmdori Urganchda “Ma’mun akademiyasiga asos slogan.O’rta Osiyo, Sharq mamlakatlarining bir qancha olim, shoir hamda yozuvchilarini o’z atrofida to’plagan. Shu tariqa Ali ibn Ma`mun ( 997-1010), Abul Abbos al- Ma`mun ibn al-Ma`mun (1010-1017), Abul Horiz Muhammad ibn Ali (1017 mart- iyun) hukmronlik qilgan davrlarda Gurganchda “Dorul hikma va maorif”(Majlisi ulamo), ya`ni “Ma`mun akademiya”si tashkil etiladi.

997yil boshida xorazmshoh Ma`mun ibn Muhammad vafot etib, taxtga Abu-al-Hasan Ali ibn Ma`mun (997-1009) o`tirgach, Beruniy Xorazmga qaytib keladi. Lekin Gurganchga kelmay, eski poytaxt Katda to’xtaydi. Yangi xorazshoh bu payt qo’shni mamlakatlar bilan yaxshi aloqalar o’rnatib, Gurganchga olimlar va adiblarni to’play boshlagan edi. Beruniy esa to 1004- yilgacha Kasbiyning janubiy-sharqidagi Gurgon shahrida yashab ijod qiladi.

Bu borada Gurganchdagi Xorazmshoh Ali ibn Ma’mun saroyida olim va adiblarning katta guruhi to’plangan edi. 1005-yili u yerga Buxorodan Abu Ali Ibn Sino keladi. To’plangan olimlar orasida Abu Sahl Ma’sihiy va Beruniylar ustozi Abu Nasr ibn Iroq ham bor edi.

1004-yilni shartli ravishda Xorazmdagi Ma’muniylar ilmiy tugaragining, yoki hozirgi ibora bilan aytganda Ma’mun akademiyasining to’la shakllangan davri deyish mumkin. Ma’mun akademiyasida to’plangan olimlarning to’la ro’yxati bizgacha yetib kelmagan va ularning tarkibi ma’lum emas . Abu Mansur as-Saolibiyning guvohligicha, Gurganchda to’plangan faqat arabiynavis adiblarning o’zi 200ga yaqin bo’lgan.

Xorazmshoh Abu-al-Abbos Ma’mun saroyidagi ilmiy tugarakning akdemiya deyilishiga sabab, bunga o’rta asr mualliflaridan Abu-al-Hasan Bayhaqiy(1005-1069) va Nizomiy Aruziy Samarqandiy o’zining “Chahor maqola” nomli asarida Xorazmshoh saroyida Abu Ali ibn Sino, Abu Sahl Masihiy, Abul Xayr Hammor, Abu Rayhon Beruniy va Abu Nasr ibn Iroq kabi ulamolar to’plangani haqida ma’lumot beradi.

Bu ikki tarixchi “AKADEMIYA” iborasini ishlatmagan bo’lsalar ham xorazmshoh saroyida olimlar guruhining to’planganligi tan olganliklari katta ilmiy ahamiyatga egadir.

20-asrda bir qator olimlar jumladan K.Brokkelmen, S.P.Tolstov, YU.N.Zavodovskiylar xorazmshoh Mamun saroyidagi ilmiy tugarakni “akademiya” deb ataganlar.

Ma’mun akademiyasining etakchi olimlaridan yana biri Abu Sahl Iso ibn Yahyo al-Masihiy al-Jurjoniydir uning qalamiga mansub “Odamni yaratishda Alloh taolo donoliklarning sirini ochish “ , “Tibbiyotga doir yuz masala”, “Umumiy tibbiyot kitobi”,”Chechak haqida risola”,”O’lat haqida kitob”,”Ruh haqida kitob”,”Masihiyning tanlangan asarlari”,”tibbiyot bilimlari haqida kitob” kabi mashhur asarlarida tibbiyot, falsafa.mantiq, pedagogika, psixologiya, biologiya va fiziologiya fanlariga doir muammolarni aks ettiradi.

Abu Rayhon Beruniy(973-1048) Ma’mun akademiyasida olib brogan ilmiy faoliyati jarayonida fanning deyarli barcha yo’nalishlari bo’yicha 152ta ilmiy asarlar yaratilgan. Ulardan faqat 30tasi bizgacha yetib kelgan. Olim o’zining ma’rifiy psixologik qarashlarini asosan “Mineralogiya”, “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”,”Hindiston”,”Kitob as-Saydona”,”Al-Qonun al-Ma’sudiy””Geodiziya”,”Maqollar”,”E’tiqodlar va dinlar haqida”,”Qarorgoh va omonat joy haqida so’z” kabi asarlarida bayon etilgan. Abu Rayhon Beruniy bir qancha tillarni, jumladan, arab, fors, sug’d, yunon va qadimgi yahudiy tillarini mukammal bilgan. Keyinchalik Hindistonda Sanskrit tilini o’rgangan. Abu Rayhon Beruniy qadimgi Xorazm bayramlarini an’anaviy tarzda chuqur bilgan va ularning xo’jalik iqtisodiy munosabatlari bilan bog’liq ekanini asoslab beradi.

Al-Husayn ibn aAbdulloh ibn al-Hasan Ali ibn Sino(980-1037) ning Gurganchga tashrifi Ma’mun akdemiyasining shuhratini yanada oshirib yuboradi. U “Majlisi ulamoda”da ish olib borib, o’zining besh kitobdan iborat “TIB QONUNLARI KITOBI” asarini yaratadi. Ibn Sino nafaqat qomusiy olim va mutafakkir, ayni zamonda u, iste’dodli shoir, adib va tarbiyashunos bo’lgan.

Ma’mun akademiyasi olimlari dunyoqarashining shakllanishiga qadimgi Yunon, Yaqin va O’rta Sharq, Hindiston ilmu fani yutuqlari asos bo’lgan. Bunga shu davrda Gurganchdagi Ibn al-Hammorning yunon va suryoniy tillardan tarjimonlik faoliyati yorqin misol bo’la oladi. Akademiya olimlarining ilmiy faoliyatlari tufayli qadimgi Xorazmning badiiy san’at, adabiyot, astronomiya, matematika, irrigatsiya sohalaridagi yutuqlari jahon sivilizatsiyasiga kirdi va butun inson manfaatlariga xizmat qila boshladi.

Shonli tariximizni milliy ma’naviy qadriyatlarimizni chuqur va atroflicha o’rganish bugungi mustaqil hayotimizning ma;no va mohiyatini, qadru qimmatini anglab yetishga xizmat qiladi. O’tmish ibratlari xalqimizni, ayniqsa yosh avlodni barkamol inson sifatida shakllantirishga bevosita ta’sir ko’rsatadi. O’tmishning ilg’or tajribalari mustaqil O’zbekistonning kelajak taraqqiyotini oqilona belgilashga yordam beradi. 1997 yilda YUNESKO homiyligi ostida Xiva shahrining 2500 Yilligi yubeleyi tantanalari minbaridan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov nutq so’zlab, shunday degan edi:”Bundan ming yil muqaddam odamzod tarixidan ilk akademiyalardan bo’lmish Ma’mun akademiyasi Xorazm zaminida tashkil topgani bilan har qancha faxrlansak arziydi, albatta. O’ylaymanki, biz Ma’mun akademiyasini Xorazm zaminida qayta tashkil etsak, ko’p ulug’ ish bo’lgan bo’lar edi”.

Ushbu taklif asosida 1997-yil 11-noyabr kuni Prezidentimizning “Zorazm Ma’mun Akademiyasini qaytadan tashkil etish to’g’tisida”deb nomlangan Farmoni e’lon qilindi.



Download 0,89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish