Navoiy kon-metallurgiya kombinati navoiy davlat konchilik instituti kimyo-metallurgiya fakulteti


jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga qisqartiriladi



Download 0,78 Mb.
bet41/91
Sana04.03.2022
Hajmi0,78 Mb.
#482019
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   91
Bog'liq
Кулланма док

jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga qisqartiriladi.

  • qamoqqa olish va uy qamog„i tarzidagi ehtiyot choralarini qo‘ llash, shuningdek, Dastlabki tergovning eng ko‘ p muddati 1 yildan 7 oyga qisqartiriladi.

  • pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlab qo‘ yish va eksgumatsiya qilish uchun sanktsiya berish xuquqi sudlarga o‘ tkaziladi.

  • sudlarga qamoqqa olish yoki uy qamog„i tarzidagi extiyot chorasini qo‘ llash rad etilganida muqobil extiyot choralarini qo‘ llash xuquqi beriladi.

  • tergovning to‘liq emasligini sud muxokamasi jarayonida to‘ldirish mexanizmlarini joriy etish orqali sud tomonidan jinoyat ishini qo‘shimcha tergov yuritishga qaytarish instituti bekor qilinadi.

    NAZORAT SAVOLLARI:



    1. Sud hokimiyati ning mustaqilligi prinsipini sudyalarning mustaqilligi bilan bog‘lab tushuntiring.

    2. Sudyalarga g‘ayriqonuniy tarzda ta’sir o‘tkazganlik uchun javobgarlikning mazmunini tushuntirib bering.

    3. Fuqarolarning murojaatlarini xal etishda virtual qabulxonalarning

    o‘rni va axamiyati nimalarda ko‘rinadi?

    1. Jinoiy jazolar va ularni ijro etish tartibini insonparvarlashtirish mazmun- moxiyatini tushuntirib bering



    5-MAVZU. IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH VA LIBERALLASHTIRISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA USTUVOR YO‘NALISHLARI
    Rejasi:
    1.Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish sohasida investitsiyalar va innovatsion g‘oyalar, hamda yangi texnologiyalarni joriy etishni rahbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqarish.
    2.Tadbirkorlikni qo‘llab-quvatlashning zamonaviy mexanizmlari, “Xar bir oila –tadbirkor” tamoyili.
    3. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk xuquqini g‘imoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsion va tarkibiy islohatlar.
    4.Soliq va bojxona siyosatini takomillashtirish va optimallashtirish.Soliq va bojxona ma’muriyatchiligini soddalashtirish.
    1.Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish sohasida investitsiyalar va innovatsion g‘oyalar, hamda yangi texnologiyalarni joriy etishni rahbatlantirish mexanizmlarini ishlab chiqarish.
    Bugun mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar puxta o‘ylangan reja va dasturlar asosida amalga oshirilmoqda. SHu bois ham, har bir rivojlanish dasturi aniq natijaga erishishni ko‘zlab, respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotining barcha muhim jabhalarini qamrab olayotir. Eng muhimi, bu bilan xalqimizning farovon turmushini ta’minlashga muvaffaq bo‘linmoqda. Ushbu oqilona siyosat ko‘plab nufuzli xalqaro tashkilotlar, xorijiy investorlar, yirik moliya muassasalari, hamkor mamlakatlar ekspertlari tomonidan ijobiy baholanayotganligi yangi o‘zaro manfaatli aloqalar yo‘lga qo‘yilishiga zamin yaratadi.
    Ayni paytda qabul qilinayotgan dasturlar ijrosini to‘liq ta’minlash, strategik maqsadlarni yanada aniqlashtirish hamda muammoli masalalarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan yurtimizda izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev mamlakatni jadal sur’atda rivojlantirish borasidagi dolzarb ahamiyatli farmon, qaror va dasturlarni qabul qilib, uning ijrosini ta’minlashga katta e’tibor qaratayotganligi barchamizga ayon.
    Ko‘pchilikning xabari bor, 2017 yil 7 fevralda Davlatimiz rahbarining «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni imzolandi. Ushbu Farmon bilan mamlakatimizni keyingi besh yilda yanada jadalroq rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi tasdiqlandi va u bugun barcha sohalarda dasturilamal vazifasini o‘tamoqda. Dastur davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni rivojlantirish hamda liberallashtirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlikni ta’minlash, shuningdek, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlardan iborat.
    Harakatlar strategiyasi besh bosqichda amalga oshirilib, ularning har biri bo‘yicha yil nomlanishidan kelib chiqqan holda alohida yillik davlat dasturini tasdiqlash nazarda tutilgan. 2017 yil – Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb e’lon qilinganligi va bu borada muhim chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani fikrimiz tasdig‘idir.
    SHuni alohida qayd etish joizki, 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirish Harakatlar strategiyasining besh ustuvor yo‘nalishidan biri iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo‘naltirilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash hamda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo‘yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulkchilikni himoya qilish, uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirish, hududlar, tuman, shaharlarni kompleks va muvozanatli ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari hamda hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etishga erishishdir.17
    Albatta, strategiyaning mohiyati, uning ijrosi va kutilayotgan natijalarni nafaqat soha mutaxassislari, balki, jamiyatimizning har bir fuqarosi atroflicha muhokama qilmoqda. SHuning o‘ziyoq, mazkur strategiya xalq manfaatlari bilan uyg‘un ekanligidan dalolatdir. Zero, strategiya har bir yurtdoshimizni, u qay bir sohada faoliyat yuritmasin, o‘z vazifasini sidqu-dildan bajarib, burchiga vijdonan yondashishga undovchi omil bo‘lmoqda.
    Ma’lumki, ayni paytda strategiya doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritib borilayapti. Xususan, respublika bank-moliya tizimidagi izchil islohotlar va erishilayotgan natijalar, uning metodologik asoslari haqida yurtdoshlarimizga muntazam ma’lumot berib boruvchi «Bozor, pul va kredit» ilmiy-amaliy oylik jurnali tashabbusi bilan kuni kecha strategiyaning uchinchi yo‘nalishi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor masalalari xususida so‘z yuritilgan mazkur tadbirda tahririyat a’zolari hamda iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat yurituvchi mutaxassislar ishtirok etishdi. Ekspertlar mavzu yuzasidan o‘zaro fikr almashib, bu borada jurnal sahifalarida yoritilishi kerak bo‘lgan dolzarb mavzular va ularning mohiyati haqida qimmatli fikr-mulohazalarini bildirdilar.
    Tadbir so‘ngida, ishtirokchilar ana shunday dolzarb ahamiyatli tadbirni har chorakda bir o‘tkazib turish, unda erishilayotgan natijalarni tahlil qilib, jurnal sahifalaridagi «Rivojlanish omillari» rukni orqali bu xususda jurnalxonlarga batafsil ma’lumot berib borishga kelishib oldilar. SHuningdek, davra suhbatida ta’kidlanganidek, Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida bank tizimida olib borilayotgan islohotlar yuzasidan mushtariylar o‘z taklif va fikrlarini bildirish uchun «Bozor, pul va kredit» tahririyatining (71) 232-45-32 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishlari yoki info@bpk.uz elektron manziliga maktub yo‘llashlari mumkin.
    2018 yildan boshlab iqtisodiyotni yangi rivojlanish bosqichi boshlangaligini mamnun bilan takitlasak bo‘ladi chunki, «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» deb e’lon qilingan 2018 yilda mamlakatimizda iqtisodiyot, ijtimoiy soha va davlat boshqaruviga zamonaviy ilm-fan yutuqlari, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi18.
    Strategiyaning «Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish» deb nomlangan uchinchi yo‘nalishida milliy valyuta va narxlar barqarorligini ta’minlash, valyutani tartibga solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, eksportga mo‘ljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, transport-logistika infratuzilmasini, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, soliq ma’murchiligini yaxshilash, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy prinsiplari va mexanizmlarini joriy etish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish hamda turizm industriyasini jadal rivojlantirishga asosiy e’tibor qaratiladi. Ushbu yo‘nalish yana xususiy mulkni, moliya bozorini himoya qilish, qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash, zargarlik sohasini rivojlantirish, ayrim milliy korxonalarning aksiyalarini (IPO) nufuzli xorijiy fond birjalariga dastlabki tarzda joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlarini ham qamrab olgan.
    Ma’lumki, 2017-2021 yil­larda umumiy qiymati 40 mlrd. AQSH dollarilik 649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro‘yobga chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab chiqarish 1,5 baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 foizgacha, qayta ishlash tarmog‘i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi.
    Bu kabi ezgu sa’y-harakatlarni amalga oshirishda, tabiiyki, banklarning alohida o‘rni bor. Va bugungi kunda bank tizimini isloh qilishda banklar depozit bazasining kapitalizatsiyasini chuqurlashtirish, barqarorligini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi hamda ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsion loyihalar, kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlashtirishni yanada kengaytirish kabi vazifalar ijrosiga katta e’tibor qaratish zarur. Bundan tashqari, yangi turdagi sug‘urta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlar hajmini kengaytirish va ularning sifatini oshirish, kapital jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish ham muhim ahamiyat kasb etadi.
    Respublika tijorat banklari oldida xalqaro iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, shu jumladan, etakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, jalb qilingan xorijiy investitsiyalar va kreditlardan samarali foydalanishdek muhim vazifalar turibdi. SHu bois ham, Markaziy bank tomonidan tijorat banklari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan:
    ● bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi talablariga asosan, tijorat banklarining mablag‘lari etarliligi va likvidligi darajasi ko‘rsatkichini qo‘llab-quvvatlash;
    ● boshqaruv va bank tavakkalchiligi tizimi, jumladan, ilg‘or xorijiy amaliyotlar asosida tijorat banklarida menejment tavakkalchiligi samaradorligini yanada oshirish; mamlakat iqtisodiy rivojlanishining zamonaviy talablariga javob bermaydigan hujjatlarni bekor qilish maqsadida bank faoliyatini tartibga solishga oid O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining normativ-huquqiy hujjatlarini inventarizatsiya qilish;
    ● tijorat banklari faoliyatiga, xususan, kredit siyosatiga davlat hokimiyati organlari ma’muriy aralashuvining oldini olish va bunga yo‘l qo‘ymaslik;
    ● tijorat banklarining kapitallashuvini oshirish, kredit portfeli miqdorini doimiy oshirib borish va uning sifatini yaxshilash, investitsion loyihalarni moliyalash hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni kreditlash ko‘lamini yanada kengaytirish;
    ● banklarga xos bo‘lmagan vazifalarni istisno etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishni nazarda tutuvchi Dastur loyihasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.
    Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish va bozor munosabatlarini chuqurlashtirish jarayonida liberallashtirish, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotning barcha jabhalarini demokratlashtirish, milliy xo‘jalikda tarkibiy o‘zgarishlarni jadallashtirish makroiqtisodiy mutanosiblikning asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo‘lib kelayotir. Liberallashtirish tamoyillari tufayli qator yillar mobaynida mamlakatimizda iqtisodiy o‘sish barqaror turibdi. Jumladan, o‘tgan yili yalpi ichki mahsulotning o‘sish sur’atlari 5,3 foizni tashkil etdi.
    O‘zbekistonda iqtisodiyotni liberallashtirish korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish, milliy iqtisodiyotning barcha sohalarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng ko‘lamda rivojlantirish orqali amalga oshirilmoqda. Liberallashtirish uzluksiz, doimiy jarayon sifatida bundan keyin takomillashib boraveradi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, oila tadbirkorligini rivojlantirish, «Har bir oila — tadbirkor» Dasturini izchil amalga oshirish uning kafolati bo‘la oladi. Ayrim davrlarda davlat “charchagan” xususiy va jamoa mulki ob’ektlarini “jonlantirib”, keyin ularni xususiy qo‘llarga sotishi mumkin.
    O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, yalpi ichki mahsulotning 81 foizi nodavlat, 19 foizi esa davlat sektorida ishlab chiqarilmoqda. YAlpi qishloq xo‘jalik mahsulotlari, chakana savdo va umumiy ovqatlanish sohasida nodavlat sektor ulushi 100 foizga yaqinlashib qoldi. Ish bilan band aholining 80 foizdan ziyodi mazkur tizimda mehnat qilayotir.
    O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tishning ilk bosqichida chakana savdo va umumiy ovqatlanish shaxobchalari, uy-joy va maishiy xizmat ob’ektlari xususiy qo‘llarga sotildi, imtiyozli va tekin berildi. Maqsad aholida bozor ko‘nikmalarini hosil qilish va mustahkamlash edi. Ikkinchi va uchinchi bosqichlarda o‘rta va yirik korxonalar davlat tasarrufidan chiqarildi. Natijada aksiyadorlik jamiyatlari, davlat ulushi bo‘lgan kompaniyalar, uyushmalar yuzaga keldi.
    Bozor qanchalik mukammal vosita bo‘lmasin, barcha muammolarni hal etishga qodir emas. U davlat aralashuvisiz iqtisodiy muvozanatni ta’minlay olmaydi. 2007-2008 yillarda boshlangan global moliyaviy iqtisodiy inqiroz saboqlari buni yaqqol ko‘rsatdi. Bozor o‘zicha barchaga barobar foiz stavkasi, baho va daromadlar mexanizmini yarata olmaydi. Iste’mol va jamg‘arish o‘rtasidagi nisbatni saqlash mikrodarajada davlat ishtiroki va nazorati bilangina ta’minlanishi mumkin. Xuddi mana shu ikki narsada ishlab chiqarish va aholi daromadlarini o‘stirishning beqiyos imkoniyati mujassam.
    Bosqichma-bosqich erkinlashtirib borish o‘tish davrining o‘zidayoq o‘zining ijobiy natijalarini bera boshladi. 90-yillar o‘rtalariga kelib yalpi sanoat mahsuloti, keyin esa yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish bozor islohotlaridan oldingi darajada tiklandi. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yillarida ham iqtisodiyotda o‘sish davom etdi. Islohotlarni chuqurlashtirish, tarkibiy qayta qurishlar, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, diversifikatsiyalash, kichik biznesni rivojlantirish, xususiy mulkning ustuvor rolini ta’minlash, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirib borish hisobiga iqtisodiy samaradorlik ta’minlandi.
    Davlatning monopol mavqei uglevodorod xomashyosi, rangli metallar, uran qazib olish, temir va avtomobil yo‘llari, aviatashuvlar, elektr energiyasi ishlab chiqarish, elektr va kommunal tarmoqlarda saqlanib qolishi lozim. Boshqa sohalardagi davlat aktivlarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish davom etadi. Xususiylashtirilgan davlat mulki ob’ektlari chet ellik investorlarga sotilmoqda. Jumladan, yuzlab mulk majmualari tanlov asosida investitsiya kiritish sharti bilan «0» qiymatda yangi mulkdorlarga sotildi. Ular esa investitsiya kiritish, minglab ishchi o‘rinlarini yaratish majburiyatini oldi.
    Iqtisodiyotni liberallashtirish jarayoni pirovard maqsad bo‘lmasligi kerak. Agar erkinlashtirish sur’atlari, iqtisodiyotning o‘sish sifat ko‘rsatkichlari, aholi turmush darajasi barobarida kechsa yanada yaxshi bo‘ladi. O‘zbekiston iqtisodiy o‘sish prognozlariga ko‘ra, dunyodagi tez rivojlanayotgan mamlakatlar qatoridan joy oldi. Ming yillik rivojlanish maqsadlariga erishgani uchun oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash borasida ham oldingi o‘rinlarga chiqdi. Ushbu ko‘rsatkichlar hozirgi sharoitda ancha yuqori hisoblanadi. CHunki jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hali to‘la barham topgani yo‘q, davlatlarning bir-biriga sanksiya va embargolar qo‘llashi avj olmoqda. Qolaversa, muhim tovarlarga tashqi talab kamayib, narxlar pasayib bormoqda, talabga nisbatan taklif ustunroq. Bu kabi tashqi iqtisodiy va siyosiy beqarorlik milliy iqtisodiyotga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi, albatta.
    Davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish uchun davlat mulkini xususiylashtirish bo‘yicha Dasturida to‘la quvvat bilan ishlamayotgan davlat korxonalarini tugatish va ochiq savdolar orqali yangi xususiy mulkdorlar ixtiyoriga o‘tkazish, strategik ahamiyatga ega bo‘lmagan va foydalanilmayotgan davlat ulushini to‘la sotish, qator korxonalardagi davlat ulushi aksiyalarini fond bozorida sotish orqali 51 foizgacha tushirish va boshqa chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan. SHu bilan birga, bu tadbirlarni o‘tkazish mexanizmlari ham takomillashtirildi. Jumladan, davlat aktivlarini sotish muddatlari qisqartirildi, savdolardagi davlat aktivlariga ikki oy muddatda talab tushmagan taqdirda, ularning bahosini 50 foizgacha, har 15 kunda esa 10 foizga pasaytirish, shunda ham sotilmasa investitsiya kiritish va yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan «0» qiymatda sotish, Markaziy bankning qayta moliyalash yillik stavkasi miqdorida chegirma berish, davlat ob’ektlarini qismlarga bo‘lib sotish, xarid to‘lovlariga imtiyoz berish, davlat ob’ektlarini ijarachilarga sotilishga ustunlik berish, xo‘jalik organlarining ustav kapitalidagi davlat ulushlarini sotishdan tushgan mablag‘lar korxonalarni modernizatsiya qilishga yo‘naltirilishi mumkinligi va boshqalar belgilab qo‘yildi.
    Valyuta va tashqi savdo bozorini erkinlashtirish iqtisodiyotni liberallashtirishning muhim bo‘g‘inlaridan biri bo‘lib, davlat pul-kredit siyosatiga jiddiy o‘zgarishlar kiritishni talab qiladi. Monetar siyosat davlat yoki uning Markaziy banki tomonidan makroiqtisodiy vaziyatga ta’sir ko‘rsatish maqsadida muomaladagi pul massasini oshirish yoki pasaytirish orqali amalga oshiriladigan vositadir. Bu siyosat foiz stavkasi va ayirboshlash kursi, to‘lov balansi, ustidan nazorat, inflyasiyani jilovlash, umumiy bandlikni oshirish, baholar darajasini me’yorlash va boshqa tadbirlarni ham o‘z ichiga oladi. Monetar siyosat bir amerikalik tili bilan aytganda, “bir tanga ustida umbaloq oshish”dir.
    Harakatlar strategiyasiga muvofiq, 2017 yil 2 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Valyuta siyosatini erkinlashtirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Undan asosiy maqsad, barcha bozor ishtirokchilari uchun bir xil sharoit yaratish bo‘lib, bozordagi turli-tuman valyuta kurslari o‘rniga yagona rasmiy kurs bir dollarga 8100 so‘m miqdorida belgilandi. Korxona va aholida chet el valyutasini erkin sotib olish imkoni paydo bo‘ldi. Bu qadar radikal yondashuv hatto ancha bilimdon bo‘lgan iqtisodchilarni ham xavotirga solib: endi nima bo‘ladi, milliy valyuta kursining roppa-rosa ikki baravarga pasaytirilishi inflyasiyaning yangi xalqasini keltirib chiqarmaydimi, degan mulohazalarni tug‘dirgan edi. Lekin fevralda bir dollar 8188,33 so‘mga ko‘tarilgan bo‘lsa, keyin asta-sekin so‘m mustahkamlana boshladi va iyun oxiriga kelib, bir dollar 7813 so‘mga tushdi. Endilikda aholida «dollarlashtirishdan» birmuncha qaytish tendensiyasi, pul o‘tkazmalarini milliy valyutada olishni afzal ko‘rayotgani kuzatila boshladi.19
    Bu tendensiya bundan keyin ham davom etishi, so‘m o‘z qadrini ko‘tarib borishi mumkin. Xo‘sh, nima uchun so‘m bugun o‘z pozitsiyasini mustahkamlayapti, giperinflyasiya yo‘q. CHunki, birinchidan, dollar kursi pasayishida Markaziy bankning valyuta birjasidagi intervensiyasining ham roli bor. Bu vosita ham ko‘pchilik mamlakatlar amaliyotida uchrab turadigan valyuta ayirboshlash kursiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatishdir. Bu holat “betaraf” xarakterga ega bo‘lib, mamlakat oltin-valyuta zahiralarining keskin kamayib ketishiga olib kelmaydi. Ikkinchidan, asosiysi, valyuta bozoridagi noaniqlik, nufuzli valyuta kurslarining har kuni, har soatda o‘ynab turishi aholida ajiotaj, ya’ni shov-shuv talabni kuchaytirayotgan edi. Endi esa Prezident va Markaziy bank kafolati ostida valyuta bozoriga aniqlik va shaffoflik kiritildi. Bugun o‘zbekistonlik turist, biznesmen, talaba yoki davolanuvchi chet elda turib konversion kartasidagi valyutani bankomatdan xohlagan miqdorda naqd mablag‘ sifatida echib olishi mumkin. Ikki yil oldin buni faqat orzu qilish mumkin edi.
    Uchinchidan, liberallashtirish iqtisodiyotning qaysi sohasida kechmasin, kompleks xarakterga ega bo‘lib, ma’lum shart-sharoitlarni taqozo etadi. Ayni paytda mamlakatda makroiqtisodiy barqarorlik va investitsion faollik saqlanib turibdi, iqtisodiy o‘sish bo‘yicha davlat dasturlarini ro‘yobga chiqarish jadal bormoqda. Soliq va bank tizimi islohotlari ketmoqda, biznesni yuritish va eksport sohasidagi ma’muriy to‘siqlar olib tashlanmoqda. Bular hammasi pul-kredit tizimini takomillashtirish, sohani liberallashtirishga xizmat qiladi.
    Valyuta bozori liberallashuvi tashqi savdoga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu sohada raqobatbardoshlikni oshirish, eksport korxonalarini qo‘llab-quvvatlash, fermer xo‘jaliklari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksport faoliyatini rag‘batlantirish, ularga imtiyozlar tizimini takomillashtirish, bojxona tartib-qoidalarini soddalashtirish va tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish muddatlarini keskin qisqartirish, tashqi savdo tariflarini pasaytirishga oid hujjatlarni rasmiylashtirishlarning elektron shakliga o‘tish va boshqa chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
    Rasmiy valyuta kursi qiymatini yuqori darajada ma’muriy yo‘l bilan sun’iy ushlab turilishi milliy tovar va xizmatlar eksporti rivojining asosiy to‘siqlaridan biri edi. Boshqacha aytganda, valyuta bozori erkinlashmagani milliy tovar va xizmatlarning tashqi bozordagi raqobatbardoshligini pasaytirar, eksportda xomashyo hissasi yuqori qolishiga olib kelardi. Endi esa mamlakat eksporti tarkibida noxomashyo tovarlari hissasi oshirish, sohada institutsional qayta qurishlar, oxir-oqibatda import o‘rnini bosadigan modeldan eksportga yo‘naltirilgan tashqi iqtisodiy modelga o‘tilmoqda. Tinch okeani havzasidagi Osiyo yangi industrial mamlakatlari rivojlanish tajribasi xuddi shunday. Ammo eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish raqobatbardosh mahsulotlarni taqozo qiladi. Bu esa chetdan mashina va asbob uskunalar, yangi texnika va texnologiya kiritishni talab qiladi. Tashqaridan kirmasa, tashqariga chiqarib ham bo‘lmaydi. Bozor iqtisodiyoti tartibi shunday. Milliy iqtisodiyot go‘yo ikki tomonlama qatnovli katta magistral yo‘lga o‘xshaydi.
    2017 yil 29 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini tartibga solish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Qarorda tashqaridan kiritiladigan tovarlarga boj to‘lovlari o‘rtacha 14,5 foizdan 6,5 foizgacha tushirish ko‘zda tutilgan. Ma’lumki, tashqi savdoni keyingi erkinlashtirgunga qadar O‘zbekistonda noqishloq xo‘jalik mahsulotlariga import stavkalari eng yuqori edi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlariga esa yaqingacha import bojlari boshqa hamkor mamlakatlarga nisbatan aksincha past edi. O‘tgan yil oktyabr oyidan boshlab barcha tovarlarga bojxona import bojlari o‘rtacha 2,5 martaga pasaytirildi. Tashqi savdoning liberallashuvi eksport-import operatsiyalari kuchayishiga, milliy iqtisodiyotning dunyo bozoridan o‘rin olishini osonlashtirishga, asosiysi mamlakatimizning qo‘shimcha qiymat global zanjiriga integratsiyalashuviga xizmat qilishi shubhasiz.
    Iqtisodiy hayotning barcha jabhalarini, jumladan, valyuta bozorini liberallashtirish, davlatning xalqaro imiji bilan bog‘liq katta voqea. Lekin ular ustidan, shuningdek, emissiya, chet eldan pul ko‘chirmalari ustidan qat’iy nazorat o‘rnatilmasa, iqtisodiyotning real o‘sishi va muomaladagi pul miqdori o‘sish sur’atlari o‘rtasidagi farq sifatida doimo paydo bo‘ladigan inflyasiyani keltirib chiqarishi hech gap emas. Monetar siyosat bilan fiskal siyosatni qo‘shib olib borish bunday holatlarning oldini olish imkonini beradi.
    Umuman olganda, barcha xavflarni bartaraf etadigan yagona yo‘l iqtisodiy o‘sish sur’atlarini tezlashtirish, ishlab chiqarish hajmini oshirishdir.



    Download 0,78 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   91




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish