uchinchidan, ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, bozor munosabatlari asoslariga muvofiq kelmaydigan hamda tadbirkorlikning rivojlanishini va iqtisodiy aylanmani to‘xtatib turuvchi ayrim iqtisodiy jinoyatlar uchun javobgarlikni bekor qilish ham ushbu loyixada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarning mantiqiy davomi bo‘ladi. Ushbu yo‘nalishda iqtisodiyot sohasidagi, jumladan, xo‘jalik faoliyati sohasidagi ayrim ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyatlarni O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksidan batamom chiqarib tashlash, buning evaziga mazkur sohada birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxslar to‘g‘ri yo‘lga qaytsa, ularning qonun buzish xolatlari va uning natijasida yetkazilgan zarar bartaraf etilsa hamda ular tadbirkorlik faoliyatini qonuniy amalga oshirishni boshlasa, bunday toifadagi shaxslar jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi;
to‘rtinchidan, voyaga yetmaganlar uchun nazarda tutilgan jinoiy jazolarni liberallashtirish, protsessual Harakatlarni o‘tkazishda ularning xuquqiy himoyasini kuchaytirishga doir bir qator o‘zgartirishlar kiritish belgilangan. Bunda diqqat- etibor voyaga yetmagan shaxslarni o‘qish va ishdan, eng asosiysi, ularni oilasidan ajratmagan xolda ularning ta’lim-tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiluvchi, xorijiy mamlakatlarda o‘zini ijobiy tomondan oqlagan jazo va majburlov choralarini kengroq qo‘llashga qaratiladi. Shuningdek, nafaqat voyaga yetmagan ayblanuvchi va sudlanuvchi shaxslarni, balki jinoyatlardan jabr ko‘rgan va u yoki bu jinoyatning guvoxi bo‘lgan voyaga yetmaganlarning xuquq manfaatlarini himoya qilish kabi muxim o‘zgartirishlar kiritilishi belgilangan. Bunda voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan tergov Harakatlarini amalga oshirishda ularni advokat, ota- onalari yoki yaqin qarindoshlari bilan ishtirokini ta’minlash, ushbu jarayonlarni muddatlarini qisqartirish va boshqa shu kabi o‘zgartirishlar nazarda tutiladi;
beshinchidan, qilmishning jinoiyligini istisno etadigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning axvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonunni qo‘llash tartibini belgilash nazarda tutilgan. Bunda qilmishning jinoiyligini istisno etadigan xolatlarni kengaytirish, jinoyat sodir etilishi natijasida keltirilgan zarar qoplangan taqdirda, shaxsning jinoiy javobgarlikdan ozod etilishini nazarda tutuvchi aloxida rag‘batlantiruvchi normalar kiritilishi belgilangan. Shuningdek, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning axvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonunni qo‘llash tartibi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumini tegishli qarorini qabul qilish va unda shaxsning xuquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga karatilgan, yetkazilgan zararni qoplagan, chin ko‘ngildan amalda pushaymon bo‘lgan shaxslarga nisbatan jinoyat qonuni normalarini to‘g‘ri va bir xil qo‘llashga oid tushuntirishlar berishga aloxida etibor qaratiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |